uzoq yillik rejalar va amaliy yondaşuvlar natijasida aholining turmuş farovonligi yuksalmoqda

Qadim Turon, Turkiston, Movarounnahr — mazkur atamalar taraqqiyot, uyğoniş, sivilizatsiya tuşunçalari bilan birga işlatiladi. Sababi, ilm-fan, madaniyat rivoji ayni şu tuproqlarda şakllandi, rivoj topdi. Bu manzillar bejizga  ilm-fan va tamaddun beşigi sifatida eʼtirof etilmaydi. Abu ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Farobiy, Imom at Termiziy, Imom al Buxoriy, Amir Temur, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhamad Boburlar şaxsi nafaqat mazkur ölka, balki jahon sivilizatsiyasiga munosib uluş qöşgan allomalar, sarkardalar sifatida katta ahamiyat kasb etadi.

Bugun Yangi Özbekiston özining ana şu qadim ildizlaridan maʼnaviy quvvat olib, dunyo hamjamiyatida özini töla namoyon etmoqda va taraqqiyotning yangi bosqiçlari sari dadil odimlab bormoqda. Bu yangilanişlar jarayonida davr har bir özbekistonlik oldiga muhim vazifalarni qöymoqda. Avvalo, har bir şaxs — kasb-kori, yoşi, ijtimoiy holatidan qatʼi nazar, yangilanişlar jarayonining faol iştirokçisiga aylanişi, ona Vatan oldida daxldorlik hissi va fuqarolik pozitsiyasini puxta anglaşi lozim.

Uşbu rivojlaniş bosqiçida mamlakatimizdagi har bir sohaning kamçiliklarini tahlil etilib, sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislardan işga sidqidildan, adolatli yondaşuv talab qilinmoqda hamda sohalar xodimlarining maqbul taklif va ğoyalari qöllab-quvvatlanmoqda.

Xususan, “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturi asosida butun mamlakat böylab yangi davr nafasini har bir xonadonga olib kiriş, kambağal aholining bandligini taʼminlaş va ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş joylarda tizimli taşkil etilmoqda. Keksa nuroniylar va “mahalla yettiligi” hamkorligida hududlarda “mahallabay” iş olib borilmoqda. Bu boradagi islohotlar natijasida Özbekistonda kambağallik darajasi qisqa davr içida 35 foizdan 5,8 foizga tuşdi.

Iqtisodiyot — mamlakatning asosiy tayanç ustunlaridan biri. Mazkur sohada olib borilayotgan islohotlar nafaqat aholining iqtisodiy barqarorligi, balki mamlakatning xalqaro hamjamiyatdagi imijiga ham bevosita taʼsir körsatadi.

Joriy yil mamlakatimiz nufuzli “Iqtisodiy erkinlik indeksi”da 14 poğona yuqorilab, ilk bor “iqtisodiyoti möʼtadil erkin” davlatlar qatoridan joy oldi. Bu nafaqat reyting körsatkiçi, balki mamlakatimizning xorijiy investitsiyalar uçun jozibadorligi, tadbirkorlik muhiti oçiqligi va huquqiy tizim barqarorligining xalqaro tan olinişini bildiradi.

Özbekiston tuproği unumdor bölganidan, qir-adirlar katta maydonlarni taşkil etganidan qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, çorva mollarini köpaytiriş hamda naslçilikni rivojlantirişga keng imkoniyat mavjud. Bu borada samaradorlikka erişiş nafaqat xalqaro savdo maydoniga integratsiyani kuçaytiradi, balki aholi uçun xavfsiz oziq-ovqat manbaini ham taʼminlaydi. Bu, davlat va tadbirkorlar — işbilarmon aholi hamkorligida keçadigan jarayon bölib, yurtimizning tadbirkorlik va işbilarmonlik salohiyatini yuksaltirişga xizmat qiladi. Bu, öz navbatida, oilalar farovonligini oşiriş, kambağallikni qisqartiriş maqsadida körilayotgan çora-tadbirlar doirasida bu toifadagi aholini çorvaçilik va qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişga yönaltiriş belgilab olingan bölib, bir neça yillik tajribada buning ijobiy natija bergani kuzatilmoqda.

Yana şuni ham alohida taʼkidlaş kerakki, mamlakatimizda “mahallabay” işlaş tizimining yölga qöyilgani islohotlarning hayotiyligi va natijadorligiga sabab bölmoqda. Aholining turmuş farovonligi yaxşilanib, mahallalarda obodlik, hamjihatlik muhiti taʼminlanmoqda. Şu maʼnoda, bugun ijtimoiy özgarişlarning faollari doirasida, şubhasiz, keksa nuroniylar ham bor va ularning faoliyati maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bilangina çeklanib qolmay, yangilanişlarning ijroçilariga aylanib borayotgani quvonarli, aslida.

Bu yurt manfaatlariga xizmat qiliş bilan birga, hayotdan rozi bölib yaşaş va faol turmuş keçirişga asos vazifasini ötamoqda.

Suğdiyona SOBIROVA.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan