Qibray tumanida bir guruh nuroniylarga “Mehnat faxriysi” kökrak

nişoni tantanali topşirildi

Toşkent viloyati Qibray tumanidagi “Nuroniylar maskani”da “Mehnat faxriysi” kökrak nişoniga sazovor bölgan bir guruh faxriylarga mazkur mukofotlarni topşirişga bağişlangan tantanali tadbir bölib ötdi.

Unda Toşkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, senator, Özbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev, jamğarma raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev iştirok etdilar.

Maʼlumki, mazkur kökrak nişoni Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 iyuldagi tegişli qarori asosida mamlakatimiz iqtisodiyoti, işlab çiqariş, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, soğliqni saqlaş, yurisprudensiya va boşqa sohalarda köp yillar davomida halol, fidokorona va samarali mehnat qilib, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qöşgan, oilada yuksak maʼnaviy muhitni qaror toptirgan, farzandlarini Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalagan tabarruk otaxonu onalarimizni munosib rağbatlantiriş maqsadida taʼsis etilgan.

— Bu yil Toşkent viloyatining faol faxriylaridan 70 ga yaqin kişiga “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari topşirildi. Bu mukofotni olgan faxriylarning xonadoni eşigiga “Bu uyda “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi … yaşaydi” degan temir lavh örnatiladi. Bu esa ularga  özgaça faxru iftixor bağişlaydi. Heç mubolağasiz aytiş mumkinki, bugunning faxriylari — eng baxtli faxriylar. Çunki ular muhtaram Yurtboşimizning eʼtiborlari va ğamxörliklari ostida, — deydi Şarof Ubaydullayev.

— Yuksak mukofotga mening ham nomzodim munosib körilganidan hursandman, — deydi “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi Farida Yöldoşeva. — Muhtaram Prezidentimizga buning uçun ulkan minnatdorlik bildiraman. Haqiqatan ham, madaniyat va maʼnaviyat barqaror joyda inson qadri uluğ böladi. Özim taʼlim sohasida 40 yillik tajribaga ega öqituvçiman. Bugun biz, buvijonlar, nuroniylar bunday ehtiromdan ğoyat baxtlimiz. Şunga javoban öz işimizda yoşlar bilan yaqin hamkorlikda işlab, ularga saodatli oila sirlarini örgatib bormoqdamiz.

Tadbir davomida nuroniylar bir dasturxon atrofida şirin suhbat qurib, sanʼatkorlar tomonidan taşkillaştirilgan badiiy dastur, dilrabo kuy-qöşiqlardan bahramand böldilar.

Maysara Nazarova,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan