Peşona teri bilan yerni yaşnatgan, ilm-maʼrifat bilan çiroq yoqqan, umuman, qaysi sohada bölmasin, vijdon amri, halol mehnati va fidoyiligi bilan jamiyat ustuniga aylangan insonlar, şukrki, oramizda bisyor va ular fayzimiz, xonadonlarimiz körkidir. Bot-bot takrorlansa-da, bugungi kunning haqiqati şu: bu tabarruk insonlar bosib ötgan yöl — yoşlar uçun örnak, hayotiy tajribaning bebaho manbai. Keksa avlod vakillarini eʼzozlaş, ularning fidokorona mehnatini munosib rağbatlantiriş — nafaqat asriy şarqona qadriyatlarimizning özagi, balki mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining ham ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan.
Buxoro şahridagi muhtaşam “Zarafshan Hall” marosimlar zalida keng jamoatçilik vakillari, nuroniylar hamda ularning yaqinlari iştirokida bölib ötgan “Mehnat faxriysi” kökrak nişonini topşiriş tantanasida aynan şu haqda söz bordi.
Maʼlumki, mazkur kökrak nişon Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 iyuldagi tegişli qarori asosida mamlakatimiz iqtisodiyoti, işlab çiqariş, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, soğliqni saqlaş, yurisprudensiya va boşqa sohalarda köp yillar davomida halol, fidokorona va samarali mehnat qilib, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qöşgan fuqarolarni munosib rağbatlantiriş maqsadida taʼsis etilgan.
Eʼtiborlisi, şarafli eʼtirof nafaqat mehnatda toblangan faxriylar, balki oilada yuksak maʼnaviy muhitni qaror toptirgan, farzandlarini Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalagan tabarruk otaxon-onalarimizga ham topşirilmoqda.
Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi Vasiylik kengaşining tegişli qaroriga muvofiq, joriy yilda köhna va navozişkor Buxoro viloyatidan 56 nafar nuroniy uşbu yuksak mukofotga loyiq körildi.
Anjumanda viloyat hokimi Botir Zaripov iştirok etib, I, II va III darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari hamda pul mukofotlarini öz egalariga tantanali ravişda topşirdi. Viloyat rahbari taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etar ekan, ularning köp yillik fidoyi mehnati, boy hayotiy tajribasi va bugungi kunda ham jamiyat hayotidagi faol iştiroki bebaho ekanini alohida taʼkidladi.
Bayramona yozilgan dasturxon atrofida viloyatning taniqli xuşovoz sanʼatkorlari tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qöşiqlar tadbirga yanada kötarinki va samimiy kayfiyat bağişladi. Eʼtibor va ğamxörlikdan qalblari quvonçga, közlari mamnunlikka tölgan nuroniylarimiz körsatilayotgan yuksak ehtiromdan mamnun bölişdi.
Zebuzar Mirzayeva.