Avval xabar berganimizdek, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatçilari hamda işlab çiqariş va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi Prezidentimiz farmoniga binoan mukofotlangan edi.
Ular qatorida 100 yoşdan oşgan 14 nafar keksa nuroniylarimizning “Şuhrat” medali bilan taqdirlanganligi barçamizni baxtiyor etdi.
Jumladan, Navoiy viloyati Xatirçi tumanidagi “Samarqand” mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi 102 yoşli Hakim bobo Rajabovning mukofotlanganliklarini eşitgan kattayu kiçik birdek mamnun böldi.
Uzoq yillar davomida tuman sanitariya va epidemiologiya stansiyasi bölimi, Oqdaryo va Qoradaryo suvi sathini nazorat qiliş idorasi hamda “Xatirçi pilla” işlab çiqariş korxonasida oddiy işçi sifatida mehnat qilgan otaxonimizga davlat mukofotini Navoiy viloyati hokimi, senator Normat Tursunov tantanali topşirdi.
Hakim boboga mahalladoşlari, jamoatçilik vakillari öz dil izhorlarini bildirib, hamişa soğ-omon, yurtimiz ahlini duo qilişda bardavom bölişlarini tiladilar.
Öz navbatida, tabarruk otaxon ham qöllarini duoga oçarkanlar, yurtimizdagi tinçlik-farovonlikni abadiy bölişini Yaratgandan söradi.
— Hakim bobodek otaxonlar yurtimiz, xalqimiz xazinasi. Ularning ulkan hayotiy tajribalari, bosib ötgan şonli yöllari barçamiz uçun örnak. Bu kabi nuroniylarimizning har biri hikmatga aylangan sözlaridan, bosib ötgan yöllaridan biz faqat va faqat ibrat, özimiz uçun munosib möljal olamiz, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Navoiy viloyati bölimi raisi Şabon Nabiyev.
Darhaqiqat, yurtimizda yuz yoş bilan diydorlaşgan, yuzlaridan nur tomgan, duogöy piru badavlatlarimiz bor ekan, kunlarimiz yanada çaroğon, işlarimiz serunum bölaveradi, albatta.
Xudoyberdi Navröz,
“Nuroniy” muxbiri.