Otalar çoyxonasi… Bu sözni eşitganimizda, köz oldimizga uç-tört nafar nuroniy özaro yiğilib, gurunglaşib ötiradigan joy emas, balki xalqimizga xos qadriyatlardan biri, öziga xos maʼnaviyat va tarbiya maskani keladi.
Mamlakatimizda nuroniylarni qöllab-quvvatlaş, ularning ijtimoiy faolligini oşirişga muhim eʼtibor qaratilayotgan, ayni yönalişda tizimli işlar olib borilayotgan bugungi kunda “Otalar çoyxonasi”ning yanada faollaşib, öziga xos tarbiya, maʼnaviyat va maʼrifat, kamolot öçoğiga aylanib borayotganligiga yaqqol guvoh bölmoqdamiz.
Hozirda yurtimizning olis va çekka hududlarida ham uşbu anʼananing qizğin davom etayotganligi yoş avlodni şarqona odob-axloq, köhna qadriyatlar ruhida tarbiyalaşda asosiy omillardan bölmoqda. Şubhasiz, “Otalar çoyxonasi” tadbirlarida iştirok etayotgan yoşlarimiz piru badavlat nuroniylarimizning aqlu zakosi, tajribasi-yu donoligidan kuç olib, öz maqsad-vazifalarini amalga oşiriş uçun yanada qatʼiy fikrga kelmoqdalar. Vatan va xalq uçun munosib farzandlar bölib ulğayiş yölida bor imkoniyatlarini safarbar etmoqdalar.
“Nuroniy” jamğarmasi Jizzax viloyati Baxmal tumani bölimi tomonidan taşkil etilgan “Otalar çoyxonasi” tadbiri ham ana şunday taşabbuslardan biri böldi. Unda faol nuroniylar, oqsoqollar va mehnat faxriylari, yoş avlod vakillari bir davrada jam böldilar. Tadbir davomida yurtimizda inson qadrini uluğlaş, oilalar mustahkamligini taʼminlaş hamda yoş avlodni barkamol etib tarbiyalaş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan samimiy suhbatlar olib borildi.
Muloqotlarda ota-onaning farzand tarbiyasidagi masʼuliyati, oiladagi özaro hurmat, mehr-oqibat muhiti, mahallalarda nuroniylarning örni hamda yoşlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida voyaga yetkaziş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Oqsoqollar özlarining boy hayotiy tajribalari bilan örtoqlaşib, yoşlarni halol mehnat, vatanparvarlik va odob-axloq ruhida tarbiyalaş böyiça qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Bu kabi ğoyat samimiy va mazmunli keçadigan muloqotlar avlodlar örtasidagi maʼnaviy boğliqlikni mustahkamlaş, oilaviy qadriyatlarni asraş bilan bir qatorda, nuroniylarning jamiyatdagi faolligini oşirişga xizmat qilişi bilan yanada ahamiyatlidir.
B.Valiyev.