Sodiqjon TURDIYEV, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, senator, Özbekiston Qahramoni.

Yangi Özbekistonimizning har bir göşasida “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” boş ğoyasi asosida keng nişonlanayotgan mustaqilligimizning 35 yilligi har birimizning qalbimizga özgaça surur, şukronalik baxş etmoqda. Eng muhimi, inson qadri va xalq manfaati davlat siyosatining ustuvor mezoniga aylangan yurtimiz tinçligi barqaror ekani, mahallalarimizning kundan-kunga obod bölib borayotgani ulkan saodatdir.

Ötgan 35 yil, ayniqsa, sönggi ön yilda Özbekiston siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda ulkan taraqqiyot yölini bosib ötdi. Yangi şahar va qişloqlar, xalqimiz uçun yangi turar joylar, yangi uylar bunyod etildi. Ilm-fan, taʼlim, madaniyat, tadbirkorlik sohalari keng rivojlanişi natijasida xalqimizning hayotiga obodlik va farovonlik kirib keldi. Hamyurtlarimizning hayoti, orzu-istaklarida ham ulkan yangilanişlarga guvoh bölib turibmiz.

Biz, keksa avlod vakillari bugungi saodatli kunlarga yetib keliş yöli oson keçmaganini yaxşi bilamiz. Tarixdan maʼlum- ki, mamlakatlar hayotida röy beradigan katta ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va yangila- nişlar davri, odatda, davlat rahbarlarining juda kuçli siyosiy irodasi va yetakçilik salohiyati bilan belgilanadi. Şu maʼnoda, bugun yurtimizda erişilayotgan yutuqlar zamirida xalqimizning fidoyi mehnati bilan birga, Prezidentimizning oqilona içki va taşqi siyosati, yuksak bilimi va salohiyati, xalqimizga çeksiz mehri va sadoqati mujassam ekanini unutmasligimiz kerak.

Biz hozir ota-bobolarimiz asrlar davomida orzu qilgan saodatli kunlarda yaşayapmiz. Yangi Özbekiston taraqqiyoti faqat raqamlarda emas, farzandlarimizning közidagi işonç va qatʼiyatda, mehnati qadrlanayotgan öqituvçi, dehqonu boğbonlar, kundan-kunga xonadoni obod bölayotgan oilalar, zamonaviy tibbiyot yutuqlaridan foydalanib oyoqqa turayotgan bemorlarning hayotidagi yangilanişlarda, mamlakatimiz va dunyo böylab sayohat qilayotgan hamyurtlarimizning qalbidagi quvonçda aks etmoqda.

Bugungi saodatli kunlarga osonlik bilan yetib kelmadik. Oğir sinovli yillar, xalqimizni rozi qiliş uçun çora izlab ötkazilgan uyqusiz tunlar va maşaqqatli mehnatlar evaziga yetdik. Fidoyilik, mehnat va maşaqqatga töla bu yölning pastu baland sinovlarini yoşlarga anglatişimiz kerak. Bu işda, albatta, köpni körgan nuroniylar, bobo va buvilarning örni juda muhim. Çunki katta avlod vakillari yurtimizning keçagi kunini, xalqimiz boşdan ötkazgan maşaqqat va sinovlarni yaxşi eslaydi.

Uzoqqa bormaylik: sobiq ittifoq davrida hamda mustaqilligimizning dastlabki yillarida ham juda oğir va maşaqqatli yöl bosdik. Umrining mazmunini paxta yetiştiriş bilan boğlagan xalqimiz boşiga “Paxta işi”, “Özbeklar işi” degan malomatlar yoğildi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida esa odamlar va davlat idoralari örtasidagi sunʼiy tösiqlar, tadbirkorlikni yölga qöyiş, tibbiy körikdan ötiş, pensiyaga çiqişdagi juda uzoq davom etgan byurokratik jarayonlar, ortiqça ovoragarçiliklar, doimiy va vaqtinça yaşaş joyi böyiça röyxatga olişning qiyinlaştirilgan tartibi hamyurtlarimizning sillasini quritgan edi. Uy-joyi böla turib, yaşaş joyida doimiy röyxatdan ötolmayotgan yurtdoşlarimizni, plastik kartaga tuşgan pensiya pulini yeçib oliş uçun ham kimlargadir sarğayib yalinayotgan keksalarni deyarli har kuni uçratardik. Bunday holatda odamlarning ertangi kunga işonçi haqida gap bölişi ham mumkin emasdi.

2016 yilda Prezidentimiz endigina işga kirişganida, eng avvalo, keksa avlod vakillari, olimlar va ziyolilar, yoşlar hamda oğir şaroitda qiynalib yaşayotgan yurtdoşlarimizning muammolarini hal etişga alohida eʼtibor qaratdi. Yangi Özbekiston taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yölida hayotimizga şiddatli islohotlar kirib keldi. Mamlakatimiz hamda yurtdoşlarimiz hayotida tub buriliş, keng kölamli yangilanişlar davri boşlandi.

Bugun yurtimiz nuroniylari, yoşlari, olim va ziyolilari, tadbirkor, dehqon va boğbonlarining qaddi tik, qadami şaxdam, orzu-niyatlari yuksak.

Aslini olganda, xalqning orzu-niyatlari yuksalişi uçun davlat darajasidagi eʼtibor qançalik muhim ekanini sönggi ön yillikdagi islohotlar misolida köriş mumkin. Bugun öz oldiga katta-katta orzu-maqsadlarni qöyayotgan yoşlarimizga qarab turib, taʼlim sohasidagi yangilanişlar köz oldimizga keladi. Zero, sönggi ön yilda xalqimiz qalbiga taskin va şukronalik solgan omillardan biri ham mamlakatimizda öqitiş sifatining yaxşilangani, öğil-qizlarimiz kelajagi kafolatlangani böldi. Taʼlim tizimidagi yangilanişlar va yoşlarimizning yutuqlari haqida gap ketganda, biz, katta avlod vakillari öz bolaligimizni eslaymiz…

Milliy taʼlim: majburiy mehnatdan — olamşumul yutuqlargaça

Özim qişloqda katta bölganman. Bolaligimiz sobiq ittifoq davrida, maşaqqatli va majburiy mehnat içida ötgan. Öşa davrda, ayniqsa, qişloq maktablarida öqiş va taʼlim oliş şaroiti nihoyatda oğir edi. Öquvçilar boşlanğiç sinflardan — 9-10 yoşidan boşlab paxta dalasiga yaganaga çiqar, çekanka, paxta terimi va boşqa mavsumiy qişloq xöjaligi işlariga jalb etilar, öquv yilining asosiy qismi dalada ötardi. Böyimiz çözilib, yuqori sinfga qadam qöyganimiz sayin mehnatimiz ham oğirlaşib boraverardi.

U paytlari paxta terimi davrida dars qiliş haqida öylaşning imkoni ham yöq edi. Keçqurun horib-çarçab uyga qaytib, ota-onamizga yordam beriş, ertalab esa yana dalaga çiqiş odatiy holga aylangandi. Hatto öqituvçilarimiz ham biz bilan birga paxta dalalarida kun ötkazardi. Baʼzan noyabr, dekabrning qirovli kunlarida ham kaftimiz yorilib paxta terardik, kösak çuvirdik.

Qişning izğirin kunlarida esa öquvçilar zimmasiga metallolom yiğiş vazifasi qöyilardi. Öşa davrlarda maktablarga şunday majburiyatlar yuklanar, buni, albatta, öquvçilar bajarişi kerak edi. 8-9 yoşli bolalar yuqori sinfdagi akalari qatori sovuqdan qöli yorilsa-da, maktabga metallolom kötarib kelardi.

Bunday şaroitda taʼlim sifati, öquvçining qobiliyati va iqtidorini rivojlantiriş masalalari ikkinçi darajaga tuşib ketardi. Qişloq maktablarining moddiy-texnik bazasi ham talab darajasida emas, ayrim maktablarda devorlar eskirgan, derazalardan sovuq şamol kirib turar, qiş kunlari sinfxonani isitiş uçun kiçik peçkalardan foydalanilardi. Ötinni ham köp hollarda öquvçilarning özi olib kelardi.

Fan olimpiadalariga borardik, biroq şaharlik öquvçilar bilan yuzlaşganimizda, saviyamizdagi tafovut bilinib qolar, bilimimiz yetmaganidan munğayib yana qişloqqa qaytardik, yana dalaga yöl olardik. Bahor oylarida esa har bir xonadonda ipak qurti boqilar, pilla teriş mavsumi ham öquvçilarning yordamisiz ötmasdi. Katta avlod vakillari bu manzaralarni yaxşi eslaydi.

Mustaqillikka erişganimizdan keyin bu jarayon barham topadi, degan umid qalbimizga taskin berdi. Biroq qişloq öquvçilari hamda mamlakatimizdagi barça oliygoh talabalari zimmasidan “majburiy mehnat” degan yuk olib taşlanmadi. Aksinça, öqituvçilik kasbiga hurmat yöqoldi, pedagoglarning mehnati munosib qadrlanmadi. Ijtimoiy va moddiy ahvoli yetarliça qöllab-quvvatlanmadi.

Eng oğir işlarga jalb etilişi, obodonlaştiriş, asosiy köçalarni tozalaş ham öqituvçining zimmasiga yuklatilişi natijasida jamiyatda bu kasb egalarining obrösi nihoyatda tuşib ketgandi. Maktablarda deyarli erkak muallim qolmagan, oilasini boqiş, farzandlarini öqitiş va rözğorini taʼminlaş uçun köplab ustozlar boşqa kasb-kor izlaşga majbur edi.

Öşa yillari taʼlim sifati pasayib ketişi natijasida yoşlarning bilimga intilişi susayganiga, ota-onalarda maktab taʼlimiga işonç yöqolib, ularning köpi farzandini taʼlim muassasalariga yubormay qöyganiga guvohmiz. Öşa paytda davomat eng katta muammoga aylandi. Öqituvçilardan taʼlim sifati emas, öquvçilarning davomati haqida hisobotlar talab qilina boşlandi. Natijada kelajagimiz egalari — farzandlarimizning orzu-istaklari yer bağirlab qoldi.

Bunday holatning oqibati esa butun jamiyatga salbiy taʼsir qildi: yoşlar örtasida huquqbuzarlik avj olib, bilim olişga iştiyoq susaydi. Kasb-hunarsiz yigit-qizlar köpaydi.

Ana şunday şaroitda Prezidentimiz yoşlar taʼlim-tarbiyasi yölida şiddatli islohotlarni boşlab berdi. Öşa davrda öquvçilar, talabalar, öqituvçilar va jamiyatdagi barça soha vakillari zimmasidagi majburiy mehnatni olib taşlaş uçun juda katta siyosiy iroda talab etilardi. Davlatimiz rahbari ana şunday ezgu va savobli işni boşladi.

Tizimli saʼy-harakatlar tufayli öğil-qizlarimizning sifatli taʼlim olişi davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylandi.

Yoşlarning xorijiy tillar, zamonaviy axborot texnologiyalari, kasb-hunar örganişi, salohiyatini yuzaga çiqarişi uçun, umuman, baxtli-saodatli kelajagini taʼminlaş yölida mutlaqo yangi tizim yaratildi. Bugun mamlakatimizning barça hududida faoliyat yuritayotgan yangi va zamonaviy taʼlim muassasalari, Prezident va ixtisoslaştirilgan maktablarda farzandlarimiz faqat öqiş, ilm oliş, öz iqtidorini namoyiş etiş bilan şuğullanyapti. Xorijiy tillar, aniq fanlar, axborot texnologiyalari va boşqa zamonaviy yönalişlarni çuqur örganyapti.

Keçagi maktab öquvçisi paxta dalasida kun ötkazgan bölsa, bugungi öquvçi xalqaro olimpiadalar, nufuzli tanlovlar, xorijiy universitetlar imtihonlarida Özbekiston nomini munosib himoya qilyapti. Bugun dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan, katta grantlarni qölga kiritayotgan, oliy taʼlimni tamomlab, obröli xalqaro taşkilotlarning yetakçi kadrlari safida mehnat qilayotgan yoşlarimiz soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ular nafaqat öz oilasi, balki butun mamlakat uçun faxr va iftixorga aylanmoqda. Bu imkoniyatlar yoşlarimiz uçun eng katta baxt emasmi?!

Davlatimiz rahbari yoşlar bilan uçraşuvlarda global raqobat şaroitida mamlakatlarning ustunligi, avvalo, bilim, texnologiya va inson kapitali bilan belgilanayotganini alohida taʼkidlab, ularni buyuk ajdodlarimizga munosib voris böliş, Yangi Özbekistonda Uçinçi Renessans poydevorini yaratişga daʼvat etmoqda. Bu — yuksak işonç! Axir, qaysi davrda mamlakat yetakçisi yoşlarga bu qadar keng imkoniyatlar yaratgan?!

Bugun yoşlarga oid davlat siyosati natijasida taşabbuslari qöllab-quvvatlanayotgan, zamonaviy kasb-hunar egallab işlayotgan, tadbirkorlik bilan şuğullanib, xalqaro biznes loyihalarni taqdim etayotgan yoşlarning ğayrati, şiddati va öziga işonçi ortida Prezidentimiz va davlatimizning ularga çeksiz mehri mujassam ekanini unutmasligimiz zarur.

Inson qadri — islohotlarning boş mezoni

Özbekistondagi eng muhim özgarişlardan biri davlat va xalq örtasidagi munosabatlarning yangiça mazmun kasb etganidir. Şu örinda inson qadrini tiklaş, huquq va manfaatlarini himoya qiliş degan tuşunça ortida qançalik oğir yuk, keng mulohaza va katta siyosiy iroda mujassam ekanini anglaş qiyin emas. Ilgari oddiy fuqaroning vazir yoki yuqori lavozimdagi rahbarga murojaat qilişi, öz muammosini töğridan töğri aytişi juda qiyin masala edi.

Davlatimiz rahbari Prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridanoq “davlat idoralari xalqqa xizmat qilişi kerak” degan tamoyilni ilgari surdi va bu tamoyil davlat boşqaruvining muhim mezoniga aylandi. Xalqning dardini eşitiş, murojaatini örganiş, muammolarni joyiga çiqib hal qiliş maqsadida davlat boşqaruvi vakillari odamlar orasiga tuşdi. Muammolar esa şu qadar köp edi, xuddi örgimçak töri kabi yurtimizdagi har bir oilani, har bir sohani qamrab olgandek edi. Öşa davrda aççiq bir haqiqat ayon böldi: xalqimiz allaqaçon davlat idoralariga işonmay qöygan, ularga heç kim öz muammosini aytişni istamas, “aytişning foydasi yöq” degan ifoda yuz-közlarda qotib qolgandi. Şu bois, dastlab xalq bilan muloqot jarayoni oson keçmadi.

Bundan 9-10 yil avval Oqqörğon tumanida xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolarini örganiş jarayonida bir kiçik kulbada yaşayotgan ayolga duç keldik. U muammolar girdobida qolgan, yuzida alamzadalik, işonçsizlik ifodasi muhrlangan edi. Oiladagi yetişmovçilik tufayli qarzdor bölib, xonadonning gazi tarmoqdan uzilgan ekan. Muammo tez hal qilinib, gaz qayta ulandi. Şunda ayolning bizga işonçi ortdi va özining eng katta dardini aytdi: uning ikki buyragi ham işlamayotgan, operatsiya qilinmasa, hayoti xavf ostida ekan.

Masala mutasaddilarga yetkazilib, ayol şu kunning özida tibbiy muassasaga yotqizilib, ertasi kuni operatsiya qilindi. Oradan bir neça kun ötib, uning holidan xabar oliş uçun borganimizda, kayfiyati juda yaxşi, davlat körsatgan eʼtibordan mamnun edi.

Qöşni xonadonda yana bir bemor ayol bor edi. Uning közi ojiz, turmuş örtoği esa yaxşi eşitmasdi. Ularning ham muammosi eʼtibordan çetda qolmadi: közi ojiz inson uçun zarur sanatoriy masalasi hal etildi, eşitişda qiynalayotgan kişiga moslama topib berildi.

2016-2017 yillarda Prezidentimiz taşabbusi bilan aholi muammolarini “xonadonbay” örganişga kirişilgani natijasida minglab, millionlab şunday taqdir egalarining yelkasiga oftob tegdi, muammolari hal etildi. Bu kabi misollar sönggi ön yillikda mamlakatimizdagi islohotlarning xalqimiz hayotidagi ifodasini körsatadi.

Vazirlik va idoralar vakillarining xalq bilan muloqoti kuçayib bordi hamda davlat bilan xalq örtasida mustahkam va uzilmas köprik barpo etildi. Eng muhimi, bu köprik faqat murojaatlarni qabul qiliş uçun emas, odamlarning hayotini özgartiriş uçun xizmat qila boşladi. Yillar davomida yozda tuproq, qişda loyga botib yotgan yöllar taʼmirlandi, köçalar obod qilindi, mahallalar infratuzilmasi yaxşilandi. “Obod mahalla”, “Obod köça”, “Obod xonadon” kabi loyihalar hayoti- mizdan tobora keng örin egalladi.

Rahbarlar, vazirlik va idoralar mutasaddilari xonadonlarga borib, odamlarning muammolarini eşitişi, mahallalarda uyma-uy yurib, aholining dardini örganişi natijasida şahar va qişloqlarimizda uzoq yillar davomida yiğilib qolgan ijtimoiy, maişiy muammolarga yeçim topildi. Odamlarning ertangi kunga va davlatga işonçi mustahkamlandi.

Davlatimiz rahbari inson qadrini uluğlaşni islohotlarning boş mezoniga aylantirib, xalqimizning qadri va qaddini kötardi. Eng muhimi, bu jarayonda yurtdoşlarimiz özining qadrini çuqurroq his eta boşladi. Odamlarning öziga işonçi yuksaldi.

Joylardagi bunyodkorlik, obodlik bilan bir qatorda, insonlar köngli obod etildi, oilalarning muammolari yeçim topdi. Inson qadri bilan birga, yurtdoşlarimizning orzu-niyatlari ham yuksaldi.

Şu örinda xalqimizni uzoq yillar qiynab kelgan bir muammoni eslamasak bölmaydi. Köpçilik yaxşi biladi, mustaqilligimizning dastlabki yillarida elektr taʼminoti bilan boğliq juda katta muammolar yuzaga kelgan edi. Qişning qirovli kunlarida qişloqlar va hatto tuman markazlarida ham kuniga bir soat elektr yoqilgan davrlar böldi. Eski simyoğoçlar, eski elektr tarmoqlari, xonadonlarga ötkazilgan simlar — keçagi hayotning oddiy manzaralari edi. Simyoğoçlar eskirib, çirib ketganidan uzundan-uzun simlarga osilib turardi.

Elektr taʼminoti yetarli emasligi tufayli xonadonlarda yaşaş şaroiti va turmuş tarzi ham şunga yaraşa, yurtdoşlarimizning maişiy texnika jihozlari, yoşlarning kompyuter texnologiyalaridan foydalanişi, zamonaviy texnika vositalaridan bahramand bölişi haqida gap ham bölişi mumkin emasdi.

Bugun esa vaziyat butunlay boşqaça. Prezidentimiz rahbarligida Yangi Özbekistonda amalga oşirilgan islohotlar natijasida elektr energiyasi taʼminoti sohasiga ham juda katta yangilanişlar kirib keldi. Yangi elektr işlab çiqariş tarmoqlari soni kundan-kunga köpaymoqda. Bu boradagi yangi taşabbuslar qöllab-quvvatlanmoqda.

Aslini olganda, bugun mamlakatimizda aholi va oilalar soni ortib bormoqda. Yangi uy-joylar, mahallalar, şaharçalar, zavod-fabrikalar, tadbirkorlik subʼyektlari barpo etilmoqda. Şunga yaraşa elektr energiyasiga talab ham tobora ortmoqda. Eʼtiborlisi, sohaga yönaltirilgan tizimli islohotlar, elektr energiyasini işlab çiqarişda quyoş, şamol va suv kabi qayta tiklanuvçi manbalardan foydalaniş imkoniyatlari kengaygani natijasida yangidan-yangi işlab çiqariş quvvatlariga ega bölyapmiz. Xalqimiz hayotiga farovonlik kirib kelayotgani tufayli elektr energiyasidan foydalaniş miqdori ham oşmoqda.

Esimda, bolalik yillarimizda butun boşli qişloqda bir neçta xonadondagina televizor bölardi. Bugun esa har bir xonadonga 3,5 tadan televizor töğri kelar ekan. Qöl telefoni, internetdan foydalaniş imkoniyatlari, oilalardagi maişiy texnika vositalari haqida aytmay qöya qolaylik. Kir yuviş maşinalari, çangyutkiçlar, muzlatkiçlar va hayotimizni yengillatişi mumkin bölgan deyarli barça texnika vositalariga egamiz.

Buni nega aytyapman? Çunki bu misol ortida katta ijtimoiy özgarişlar közga yaqqol taşlanadi. Bor-yöği 9-10 yilda yurtdoşlarimizning daromadi, isteʼmol imkoniyati, uy-joy şaroiti, texnika va axborotdan foydalaniş şaroiti kengaydi. Bularning barçasi xalqimizni rozi qiliş, turmuşini yaxşilaş yölidagi tizimli islohotlar natijasi emasmi?

Inson qadri haqida gap borganida yana bir muhim jihatni eslab ötişimiz joiz. Odam soğlom bölmasa, unga heç narsa tatimaydi. Şu maʼnoda, bugun xalqimiz salomatligi muhofazasi yölidagi yutuqlar ham davlatimiz rahbari taşabbusi bilan sohada amalga oşirilgan islohotlar natijasidir.

Keçagi tibbiyotning oğriqli manzaralari hali ham köpçilikning xotirasida. Ilgari oğir va murakkab operatsiyalar xorijda bajarilar, ahvoli oğir bemorlar ham baʼzan oylab navbat kutardi. Mablaği va navbati yetguniça ayrim hamyurtlarimiz hatto yaqinlaridan ayrilib qolardi. Bunday voqealarni şaxsiy xotiralar bilan eslaş yanada oğir. Ota-bobolarimiz, yaqinlarimiz orasida tibbiy yordam öz vaqtida körsatilmagani sababli hayotdan köz yumganlar qança…

Baʼzan inson hayotini saqlab qoliş uçun juda katta mablağ ham talab qilinmasdi. Oddiy bir tibbiy apparat yetişmasligi tufayli qançadan-qança insonlar öz yaqinini yöqotgan. Buning qançalik alamli ekanini ana şunday oğir vaziyatda çorasiz qolgan, yaqinlarini yöqotganlar yaxşi biladi.

Bugun esa eng murakkab jarrohlik operatsiyalari ham özimizda, poytaxtimiz va viloyat markazlaridagi tibbiyot muassasalarida bajarilmoqda. Sanatoriylarda dam olayotgan, soğliğini tiklayotgan yurtdoşlarimiz safi kundan-kunga kengayib bormoqda. Şunga yaraşa sanatoriylar va davolaniş maskanlari soni ham köpaymoqda. Bularning barçasi yurtimizda inson qadrini yuksaltiriş, salomatligini asraş, xalqimizni rozi qiliş yölidagi hayotbaxş islohotlar samarasidir.

Bir paytlar umrining mazmuni paxta bilan boğliq bölgan, keyinçalik mustaqillikning dastlabki yillarida ham “paxta yetiştiriş” degan oğir yumuşdan boşi çiqmagan odamlar salomatligini öylay olarmidi? Yöq, albatta.

Keçagi Özbekistonni eslasak, mamlakat hayotining deyarli barça sohasi paxta bilan boğliq edi. Mutaxassisligidan qatʼi nazar, talaba ham, öqituvçi ham, zavod işçisi ham, turli muassasa xodimi ham paxta terimiga jalb etilar, eng oğiri — paxta odam taqdiridan ustun qöyilardi. Yöllarga tösiqlar qöyilib, yölovçilarni avtobusdan tuşirib paxta terdirilgan davrlarni kördik. Bu öşa paytda inson mehnati va qadriga munosabatni körsatadigan aççiq haqiqatdir.

Dehqon paxta yetiştirsa-da, öz mehnatining haqiqiy samarasini körmasdi. Qöli qadoq, peşonasi terga botgan oddiy dehqonning xonadonida yetarli oziq-ovqat bölmasdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida iş haqi örniga buğdoy, yoğ, guruç kabi mahsulotlar berilganining guvohi bölganmiz. Öşa kezlarda qişloqlarda yaşaş nihoyatda oğir edi.

Bir umr qişloq xöjaligida işlab kelgan odamlarning qora qozoni arang qaynar, buğdoy örimi davrida kombaynlar dalaga kirib, buğdoyni örib ketgaç, odamlar buğdoy boşoqlarini terib oliş uçun dalaga yopirilib kirardi. Çunki ularning boşqa iloji yöq edi. Tirikçiligi oğir, dasturxonida yeyişga noni bölmagan, rahbarlarning eʼtiboridan çetda qolgan odam yana qanday yöl tutardi? Xalqimiz ana şunday qiyin va sinovli kunlardan ötdi.

Bugun bu gaplarni aytsangiz, birovning işongisi kelmaydi. Çunki sönggi ön yillikda qişloq xöjaligiga munosabat butunlay özgardi. Davlatimiz rahbari sohaga juda katta özgariş olib kirdi. Klaster tizimi joriy etildi. U qişloq xöjaligida yangi iqtisodiy munosabatlarni şakllantirdi. Yerga, mehnatga va yetiştirilgan mahsulotga manfaat nuqtai nazaridan qaraş kuçaydi.

Klaster tizimi bilan birga, qişloq xöjaligiga ilm va texnologiya kirib keldi. Ilgari 25-30 sentner paxta hosili katta natija sifatida baholangan bölsa, bugun bu körsatkiç 80-85 sentnerni taşkil etyapti. Yuqori hosildorlikka erişiş uçun yangi navlar, zamonaviy agrotexnologiyalar, texnika va ilm-fan yutuqlaridan foydalanilmoqda. Paxta dalasida odamlarning qöl mehnati örnini zamonaviy texnika egalladi.

Bugun mamlakatimiz qişloq xöjaligi faqat xomaşyo yetiştiriş sohasi emas. Paxta tolasi qayta işlanib, ipga, matoga, tayyor mahsulotga aylantirilmoqda. Qişloq xöjaligi va sanoat örtasidagi zanjir mustahkamlandi. Keçagi Özbekiston paxta yetiştirib, xomaşyo sotgan bölsa, bugun qiymati yuqori tayyor mahsulot işlab çiqariş yölga qöyilmoqda va eksport hajmi ortmoqda. Bularning barçasi qişloq xöjaligiga zamonaviy bilimlar, texnologiyalarning joriy etilgani natijasidir.

Bu fikrlar şunçaki eʼtirofdek eşitilayotgandir, ammo davlatimiz rahbari yetakçiligida qişloq xöjaligini eng qoloq holatdan bugungi serdaromad, rivojlangan darajaga olib çiqiş, hayoti qişloq xöjaligi va tomorqa bilan boğliq millionlab oilalarni bu sohada tadbirkorlik darajasiga yetkaziş jarayonida qança mehnat, maşaqqat çekilganini biz, keksa avlod vakillari yaxşi bilamiz.

Inson qadrini uluğlaş tamoyili asosidagi islohotlar bugun har bir inson hayotiga, orzu-maqsadlariga katta yangilanişlar olib kirganini özimiz, qöni-qöşnilarimiz, yaqinlarimiz misolida körib turibmiz. Mana şu oddiy insonlarning hayotidagi özgarişlar va yangilanişlar Yangi Özbekistonimizda sönggi ön yildagi islohotlarning haqiqiy mazmunini belgilamoqda.

Keçagi qişloq bolasi bugun zamonaviy taʼlim oliş, dunyoni köriş, xorijiy til örganiş, zamonaviy kasb egallaş va öz orzulariga erişiş imkoniyatiga ega.

Bugungi tinç va farovon kunlarni asraş, qadriga yetiş, farzandlarimizga yetkaziş va kelajak avlodga yanada obod Özbekistonni qoldiriş — barçamizning muqaddas burçimiz. Zero, biz bugun ota-bobolarimiz asrlar davomida orzu qilgan kunlarda yaşayapmiz. Farzandlarimizni erkin öqityapmiz. Dunyoni köriş, jahon bilan hamkorlik qiliş, ilm oliş, tadbirkorlik qiliş, öz iqtidorimizni namoyon etiş imkoniyatlariga egamiz.

Hozir oddiy fuqaro ham nufuzli davlat idoralari rahbarlari bilan yuzma-yuz tura oladigan darajada qadrga erişdi. Ota-onalar va bobo-buvilarning qalbida esa öğil-qizlari, nabiralarini katta-katta orzu-maqsadlar sari yöllay oladigan darajada işonç uyğondi.

Albatta, hali oldimizda ulkan vazifalar bor. Hali hal etilişi lozim bölgan muammolar, rivojlantirilişi kerak bölgan sohalar köp. Biroq bosib ötilgan yölning özi bizga katta işonç beradi. Bu işonç bizga nafaqat öz taqdirimizni özimiz belgilaş imkonini berdi, balki özgarişlarga intiliş, dunyo bilan böylaşiş, farzandlarimiz uçun keçagidan yaxşiroq hayot quriş masʼuliyatini ham yuklaydi.

Ammo bugun baʼzi yoşlar hayotda uçrab turadigan ayrim qiyinçiliklardan, yengil-yelpi sinovlardan norozi bölayotganini ham köryapmiz. Şuning uçun ham bugun yoşlar bilan uçraşuvlarda nuroniylarimiz keçagi kun qanday bölganini, ota-bobolarimiz qanday oğir sinovlardan, maşaqqatlardan ötganini tuşuntirmoqda. Bugungi saodatli kunlarning qadriga yetiş uçun, albatta, keçagi kunni unut- masligimiz zarur.

Bugun biz, nuroniylar mahallalardagi “Keksalar maslahati”, “Buvijonlar maktabi” guruhlari faollari, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosida yoş avlod tarbiyasi bilan şuğullanayotgan otaxon va onaxonlarimiz, viloyat va tumanlarda faoliyat yuritayotgan “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi aʼzolari iştirokida yoşlarni şukronalikka örgatiş, ularni vatanparvarlik ruhida kasb-hunarli, bilimli va salohiyatli qilib tarbiyalaş yölida keng tarğibot-tuşuntiriş işlarini olib boryapmiz. “Uç avlod uçraşuvlari”da Vatanimizning bugungi saodatli kunlarigaça bosib ötilgan uluğ va maşaqqatli, sinovli yöl haqida maʼrifiy suhbatlar ötkazyapmiz. Toki farzandlarimiz Yangi Özbekistonimizning obodligi, tinçligi va farovon hayotini qadrlasin.

Zero, bugungi saodatli kunlar uçun şukr qiliş va bu kunlarga yetişimiz yölidagi fidoyilikni qadrlaş biz uçun yangi yutuqlar sari yöl oçadi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan