Inson yoşi ulğaygani sari tajribasi va bilimi ortib boradi. Özi esa, magarki, ezgu yölda bölsa, çin dildan, halol mehnat qilsa, el aro aziz va tabarruk bölib boraveradi. Mekkam momo Xoliyorova ana şunday insonlardan biri. Onaxon 1920 yil 20 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Şörçi tumanida tuğilgan. Otasi Şerqobilov Xoliyor bobo  çorvador, onasi Rahmonova Kumuş momo uy bekasi bölgan. Mekkam momo oilada katta yolğiz qiz farzand bölgan.

Mekkam momoning yoşligi Ikkinçi jahon uruşi yillariga töğri keldi. Otasi Xoliyor bobo bilan birgalikda Bobotoğ yaaylovlarida çorvaçilik bilan şuğullanib, çorva fermasida mudir bölib işlagan. Mekkam momo boşçiligida atrofdagi ayollarni töplab, brigada tuzgan holda, qöy va eçki junidan jangçilar uçun junpaypoq, paytava va çakmonlar töqib, tikib, ğalabaga munosib hissa qöşganlar. Bundan taşqari, göşt va qatiqdan oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlab, doimiy ravişda frontga jönatib turganlar.

Momo uruş yillarini şunday eslaydilar:

— Özimiz sovuqda oç, ustimiz yupun bölsak-da, front uçun borimizni berardik. Uruşning oti öçsin, bolam, qança yoşu qarini hayotdan olib ketdi. Oçlik xalqning tinkasini quritdi…

Mekkam momo uruşdan keyin 1945-1946 yillarda Şörçi tumani sobiq Karl Marks nomli kolxozidagi Mirşodi qişloğida yaşovçi uruş qatnaşçisi, I guruh nogironi Jummayev Ergaş boboga turmuşga çiqib, şu qişloqqa köçib kelişadi. Onaxon bu yerda asli Qozoğistondan bölgan Ipak momoga şogird tuşib, u kişidan ötov töqiş, tuziş, jundan oy gilam, gajak gilam, töda gul gilam, şaroqot gilam töqiş, tikuvçilik sirlarini örganadi. Birgalikda maktab oçişib, yoşlarga ham örgatadilar. Köplab şogidrlar  çiqaradilar. Uruş asoratlarini bartaraf etişda ötov quriş işlariga asos soladi, gilam töqiş işiga ulkan hissa qöşadi. Mekkam momo qaynotasi Donayev Jummo bobo, qaynonasi Qorayeva Zulfin momolarning xizmatlarini astoydil ado etadi. Turmuş örtoği Ergaş bobo bilan birga, ön nafar farzanddan 5 nafarini voyaga yetkazadilar.

Turmuş örtoği 2005 yil 85 yoşida vafot etgan.

Bugungi kunda Mekkam momo Oltinsoy tumanidagi “Alpomiş” MFY Mirşodi qişloğida 40 nafardan oşiq nevara, 50 nafardan oşiq çevara, 10 nafardan oşiq evara, 10 nafardan ortiq dubaralar davrasida baxtli umr keçirib kelmoqda.

Farzandlari, nevarayu çevaralari hozirda jamiyatimizning turli jabhalarida sidqidildan mehnat qilib kelmoqdalar. Bunda Mekkam momoning roli hamda tarbiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Momoning samarali mehnatlari hisobga olinib, ular “Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nişoni bilan taqdirlandilar. Mukofotni topşiriş tantanasida tuman hokimi Otabek Mavlonov, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Yusufxon Hakimov va yana bir guruh nuroniylar iştirok etib, momoning ibratga töla hayotini eʼtirof etdilar. Ulkan ehtirom ramzi sifatida esdalik nişoni va qimmatbaho sovğalarni topşirdilar.

Mustaqilligimizning 35 yilligi oltinsoyliklarga özgaça ğurur va iftixor bağişladi. Hozirda nuroniylarning ijtimoiy faolligiga muhim eʼtibor qaratilayotganligi, xalqimiz farovonligini oşiriş, yoş avlodni tarbiyalaşda ularning yuksak hayotiy tajribalaridan samarali foydalanilayotganligi ayni muddao bölmoqda.

— Bunday adolatli, tinç, ozod va obod Vatanda qança mehnat qilib yaşasang, şunça kam, — deydilar momo.

Mustaqillik va tinçlikning qadriga yetiş, ularning oliy neʼmat ekanligini yoşlarimiz ongiyu qalbiga singdiriş keçiktirib bölmaydigan vazifalardan biri ekanligini aytadilar tabarruk aya. Baxtimizga 100 yoşdan oşib, 106 yoşda tabarruk bölib, barça-barçasi uçun şukrona aytib, butun xalqimiz va yoşlarimizni ezgulik sari çorlab kelayotgan buvijonimizga qarata: “Hamişa soğ va omon böling, Mekkam momo!” deb qolamiz.

Omonturdi Esonov,

Oltinsoy tumani

faol nuroniysi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan