Bugungi kunda joylarda “Rahbar va yoşlar” loyihasi doirasida ötkazilayotgan tadbirlar yoşlarning orzu-maqsadlari, isteʼdod va imkoniyatlarini töla qöllab-quvvatlaş, ularni röyobga çiqarişda öziga xos rağbat va tarbiya maktabini ötamoqda.
Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahridagi Madaniyat va sanʼat saroyida ana şunday tadbirlardan biri bölib ötdi. Unda Şahrisabz şahar hokimi Şerzod Böriyev, şahar prokurori Obidjon Qöldoşev, “Nuroniy” jamğarmasi Qaşqadaryo viloyati bölimi boş mutaxassisi Orif Yoqubov, faol nuroniylar, “Temurbeklar maktabi” öquvçilari, “Buvijonlar maktabi” aʼzolari, keng jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.
— Maʼlumki, haftaning har payşanba kuni yurtimiz miqyosida rahbarlar iştirokida yoşlar faoliyati bilan boğliq turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar ötkazib kelinmoqda, — dedi Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, “El-yurt hurmati”, “Fidokorona xizmatlari uçun” ordenlari sohibi, madaniyat va sanʼat fidoyisi, faol nuroniy Elmurod Boymurodov. — Tadbirda öz sanʼatlarini namoyiş etgan maqom jamoasining çiqişlarini nafaqat men, balki tadbir iştirokçilari ham katta qiziqiş bilan kutib oldilar. Bu esa milliy maqom sanʼatini rivojlantiribgina qolmay, aholi örtasida keng tarğib qilişga xizmat qiladi.
Tadbir davomida şahar hokimi, faol nuroniylar va yoş avlod vakillari örtasida keçgan samimiy hamda oçiq muloqot barçada katta taassurot qoldirib, yoşlarning kelajakka bölgan işonçini yanada oşirdi.
Işonç bilan aytiş mumkinki, faol nuroniylar bundan keyin ham öz kuç-quvvatlarini yoşlar tarbiyasi va taʼlimi, aholi farovonligini taʼminlaş yölida safarbar etadilar.
Uçraşuv yakunida faol nuroniylar va yoşlarga “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi hamda Şahrisabz şahar hokimligining “Taşakkurnoma”lari va esdalik sovğalari topşirildi.
Şavkat SULTONOV,
“Nuroniy” muxbiri.