Mamlakatimizda davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi tantanalari şukuhi davom etmoqda. Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi tizimida ham “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan boş ğoyani özida mujassam etgan bayram tadbirlari, maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuvlar, davra suhbatlarida mustaqillikning 35 yilligi davrida, ayniqsa, sönggi ön yilda Yangi Özbekistonni barpo etiş jarayonida qölga kiritilayotgan tarixiy yutuqlar, mamlakatimiz hayotida yuz bergan yangilanişlar obodlik va farovonlik alohida eʼtirof etilmoqda.
Bayram tantanalari arafasida “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi jamoasining qadimiy va navqiron Samarqand zaminiga sayohati taşkil etilgani tarix, maʼnaviyat va bugungi bunyodkorlikni yana bir bor his etiş imkonini berdi.
Samarqand — tarix bilan bugun, uluğ ajdodlar merosi bilan zamonaviy taraqqiyot uyğunlaşgan betakror şahar. Bu zaminga qadam qöygan kişi, avvalo, uning tarixiy nafasini his qiladi. Registon, Şohi Zinda, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Uluğbek rasadxonasi singari obidalar xalqimizning buyuk davlatçilik, ilm-fan va madaniyat tarixidan sözlaydi. Biroq bugun Samarqand faqat ötmişning yodgorliklari bilan emas, zamonaviy qiyofasi, keng kölamli bunyodkorlik işlari, yangi infratuzilmasi bilan ham dunyo eʼtiborini tortmoqda.
Sayohatning eng taʼsirli manzillaridan biri, şubhasiz, buyuk muhaddis Imom Buxoriy hazratlari nomi bilan boğliq muqaddas qadamjo böldi. Jamoa vakillari butunlay yangiça qiyofada qad rostlagan Imom Buxoriy majmuasida bölib, uluğ allomaning ruhlarini yod etdilar, Qurʼon tilovat qilib, yurtimiz tinçligi va xalqimiz farovonligi bardavom bölişini sörab duolar qildilar.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan qayta bunyod etilgan maskan bugun allomaning yuksak maqomiga munosib zamonaviy ziyoratgohga aylangan. Bunday muhtaşam majmuaning barpo etilişi xalqimizning buyuk ajdodlar merosiga bölgan ehtiromining yorqin ifodasidir.
Kunning ikkinçi yarmida Samarqand şahrida “Uç avlod uçraşuvi” taşkil qilinib, unda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi örinbosari Şuhrat Usmonov, jamğarmaning Samarqand viloyati bölimi raisi Şuhrat Negmatov iştirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda faxriylar faoliyatiga qaratilayotgan eʼtibor va ularning öziga xos samaralarini eʼtirof etgan holda, barçani bayram munosabati bilan muborakbod etdilar.
Tadbir davomida bir guruh nuroniylar, yoş avlod vakillari, jamğarma vakillari sözga çiqib, öz dil izhorlarini bayon etdilar.
Ertasi kuni mehmonlar Registon maydoni, Amir Temur va Mirzo Uluğbek bilan boğliq tarixiy yodgorliklar, “Xöja Doniyor” ziyoratgohi, “Boqiy şahar” hamda Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildilar. Samarqand şahrining tarixiy obidalari, zamonaviy qiyofasi, obod va fayzli maskanlarini tomoşa qilib, bir-birlari bilan samimiy muloqot qildilar.
Samarqand safari yakunlanar ekan, har bir iştirokçi qalbida turfa taassurotlar bilan birga, yana bir ezgu tuyğuni — Vatan bilan faxrlaniş tuyğusini olib qaytdi.
Bahodir Valiyev.