Jizzax şahridagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida bölib ötgan bayramona tadbirda ğamxörlik namunasi yaqqol namoyon böldi. Viloyatning barça şahar va tumanlaridan taklif etilgan 400 nafardan ziyod nuroniylar, keng jamoatçilik vakillari hamda soha faxriylari jam bölgan uşbu anjuman çinkam mehnat va eʼtibor bayramiga aylandi.
Marosimda Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev hamda Jizzax viloyati hokimining örinbosari Sahobiddin Boliyev iştirok etdi. Sözga çiqqanlar mamlakatimizda keksa avlod vakillariga körsatilayotgan davlat ğamxörligi, ularning jamiyatda tutgan örni va yoşlar tarbiyasidagi beqiyos hissasini alohida eʼtirof etdilar.
Şundan söng köp yillik samarali va fidokorona mehnati bilan el-yurt hurmatini qozongan 55 nafar jizzaxlik faxriylarga I, II va III darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari hamda pul mukofotlari topşirildi. Mukofotlanganlar orasida viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida öçmas iz qoldirgan fidoyilar köp.
Zero, bu eʼtirof yoşlarga ilm-fan va maʼrifat ulaşgan, taʼlim tizimi rivojiga munosib hissa qöşgan vakillarga, Mirzaçölu Zomin bağrida, fidokorona mehnati bilan rizq-rözimizni yaratgan, soha rivojiga umrini bağişlagan mehnatkaşlarga, salomatligini muhofaza qilişda tunu kun xizmat körsatgan şifokorlar hamda davlat va mahalla tizimida samarali faoliyat yuritgan mutaxassislarga, yurt tinçligi va osoyiştaligi yölida sidqidildan xizmat qilgan posbonlarga, mahallalarda soğlom maʼnaviy muhitni qaror toptiriş, xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oilalar mustahkamligini taʼminlaşda ibrat bölayotgan tabarruk onalarimizga topşirilgani bilan yanada ahamiyatli.
Yillar davomida şakllangan bu kabi eʼzoz va eʼtibor faxriylarimiz qalbiga çeksiz quvonç bağişladi. Tantanali tadbir davomida yozilgan dasturxon va yangragan kuy-qöşiqlar yiğilganlarga xuş kayfiyat ulaşdi.
Beknazar EŞALIYEV.