Milliy qadriyatlar millatni millat, xalqni xalq sifatida namoyon etuvçi bebaho neʼmatlardan hisoblanadi. Ularni asrab-avaylaş esa xalqning özligi va maʼnaviy qiyofasini saqlaş, kelgusi avlodlarga yetkazişning muhim omili. Bugun yurtimizda istiqlol şukuhi kezib yurgan kunlarda ayni haqiqat yana bir karra yaqqol yuzaga çiqmoqda. Buni joylarda taşkil qilinayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda körib turibmiz.
Jumladan, Jizzax viloyati Zomin tumani markazidagi “Nuroniylar maskani”da ham Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bağişlab, “Öz qadriyatini asragan xalq özligini asraydi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi.
Tadbir “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi, Oila va xotin-qizlar bölimi hamda tuman tarğibot guruhi aʼzolari hamkorligida taşkil etildi. Unda faol tarğibot guruhi aʼzolari, “Oqila ayollar harakati” vakillari, otinoyilar, nuroniylar va keng jamoatçilik aʼzolari iştirok etdilar.
Uçraşuvda milliy qadriyat va anʼanalarimiz, urf-odatlarimiz hamda boy maʼnaviy merosimizni aks ettiruvçi körgazmalar taşkil etildi.
Muloqotlar davomida Vatanimiz mustaqilligi, milliy özlikni asraş, yoş avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşda nuroniylar va jamoatçilikning örni haqida fikr almaşildi.
Tadbir yakunida maʼnaviy-maʼrifiy tarğibot işlarida faol iştirok etib kelayotgan tarğibot guruhi aʼzolari va otinoyilar esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Maysara Nazarova.