Navoiy viloyatining Xatirçi tumani boy tarixiy ötmiş va yuksak madaniy merosga ega hududlardan. Ajdodlar anʼanasi bugungi kunda ham munosib davom ettirilmoqda. Hozirda tumanda 198 mingga yaqin aholi yaşaydi. Eʼtiborlisi, ularning 18 ming 804 nafarini 60 yoşdan oşgan tabarruk keksalar taşkil etadi. Xususan, tumanda 1 nafar 100 bilan yuzlaşgan, 5 nafar 90 yoş va 26 nafar 80 yoşdan oşgan duogöy nuroniylar bor. Şuningdek, hududda 26 nafar ikkinçi jahon uruşi frontorti mehnat faxriysi, 178 nafar afğon uruşi qatnaşçisi hamda 20 nafar Çernobil fojiasi talafotlarini bartaraf etişda qatnaşgan yurtdoşlarimiz eʼzoz va ehtiromda umrguzaronlik qilmoqda.
Xöş, hududning bugungi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida nuroniylarning örni qanday? Xususan, “Keksalar maslahati” guruhlari raislari hamda faol otaxon-onaxonlar yoşlar tarbiyasi va mahallalar obodligi yölida qanday işlarni amalga oşirmoqdalar? Şu kabi savollarga javob oliş maqsadida “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Ibodulla hoji Mustafoyevga yuzlandik.
— Davlatimiz rahbarining tegişli qaror va farmonlari, şuningdek, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi topşiriqlari ijrosini samarali taʼminlaş maqsadida tumandagi 70 ta mahallada yaşovçi keksa avlod vakillari bilan tizimli işlar yölga qöyilgan, — deydi Ibodulla Mustafoyev. — Xususan, “Özbekiston böylab sayohat qil!” dasturi doirasida 2 ming 946 nafar nuroniy yurtimizning diqqatga sazovor maskanlariga yuborilgan bölsa, 874 nafari muqaddas qadamjolarni ziyorat qilişdi. Ijtimoiy qöllab-quvvatlaş yönalişida 682 nafar otaxon va onaxon bepul tibbiy körikdan ötkazilib, zarur dori-darmonlar bilan taʼminlandi.
Maʼlumotlarga köra, tumandagi 210 nafar obröli va tajribali nuroniy kambağallik röyxatiga kiritilgan 1050 ta oilaga biriktirilgan. Ularning faol kömagi natijasida köplab xonadonlar ehtiyojmandlikdan çiqarildi. Uşbu xayrli işlar izçilligini taʼminlaş maqsadida 2026 yil fevral oyida faollar bilan qayta şartnomalar imzolanib, reyestrdagi yangi oilalar bilan işlaş jarayoni boşlandi. Taʼkidlaş joizki, ötgan yili nuroniylar taşabbusi bilan 1 ming 928 nafar kam taʼminlangan oila farzandlariga 1,4 milliard sömdan ziyod qiymatdagi öquv qurollari va kiyim-keçaklar berildi.
Yoşlar va oila masalasi ham doimiy eʼtiborda.
Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitini yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida 140 nafar nuroniy 1 ming 400 nafar uyuşmagan yoşga masʼul etib tayinlandi. Natijada 124 nafarining muammolariga yeçim topildi, yana 45 nafari profilaktik röyxatdan çiqarildi. Eng muhimi, 89 nafar “Keksalar maslahati” guruhi aʼzolarining bevosita aralaşuvi va maʼnaviy-axloqiy suhbatlari natijasida 130 ta nizoli oila yaraştirilib, ajrimlarning oldi olindi.
— Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Özbekiston musulmonlari idorasi hamda boşqa mutasaddi taşkilotlar bilan hamkorlikda oilaviy qadriyatlarni asraş, töy-haşamlarni ixçamlaştiriş böyiça keng kölamli tarğibot işlarini olib boryapmiz, — deydi tuman nuroniylari oqsoqoli. — Şu maqsadda mahallalardagi har bir köçaga tajribali nuroniylar “köçaboşi” etib biriktirildi. Ular ijtimoiy muhitni soğlomlaştiriş va milliy urf-odatlarimizni ibratli tarzda davom ettirişga boş-qoş bölişmoqda.
Joriy yilda tuman hokimligi keksalarning qöllab-quvvatlaşiga tayanib, tumanning va 10 ta maktabning 100 yillik yubileyini keng nişonlaşni rejalaştirgan. Şuningdek, hududni jadal rivojlantiriş böyiça qiymati 152 milliard sömlik 13 ta yirik loyiha ustida iş olib borilmoqda. Jumladan, Samarqandning Narpay tumani bilan çegaradoş hududda 70 milliard sömlik xizmat körsatiş obʼyektlari, Oqdaryo sohilida 6,9 milliard sömlik dam oliş maskani; “Angidon—Langar” turizm qişloqlari yöllarini taʼmirlaş va yoritiş işlari şular jumlasidandir. Kelgusida “Sangjumon” mahallasidagi möʼjizakor “tebranuvçi toş”ga eltuvçi 500 metrli toğ yölini taʼmirlaş ham közda tutilgan.
Şu örinda bir gap. Sangjumon qişloği yaqinidagi ulkan granit xarsang ming yillar sinoatini yaşirib keladi. Dengiz sathidan 800-900 metr balandlikda joylaşgan bu toşning aylanasi 19, diametri 9,5, balandligi esa 6 metrni taşkil etadi. Oğirligi taxminan 270 tonna. Uning möʼjizasi şundaki, ulkan xarsang yerdan ösib çiqqan tabiiy supa ustidagi kiçik bir nuqtada (diametri 50-60 sm.) muvozanat saqlab turadi. Uni har qanday odam, hatto yoş bola ham yengil harakat bilan tebratişi mukin. Maʼlumotlarga köra, bunday tebranuvçi toşlar dunyoda atigi uçta bölib, qolgan ikkitasi Argentina va Isroilda joylaşgan.
Mutaxassislar Sangjumon toşining hajmi va şakli jihatidan ularning eng noyobi deb eʼtirof etişadi. Şuningdek, yaqin atrofda burgut qanot yozib qönayotganini eslatuvçi yana bir ulkan toş bor. Uning ostidagi kiçik teşik xalq orasida odamlarning “gunohlarini ölçaydigan” ramziy sinov makoni hisoblanadi. Ijodiy safarimiz davomida “Sangjumon” mahallasidagi “Keksalar maslahati” guruhi rahbari Jamoliddin Abduazimov bilan suhbatlaşdik. Mahalladagi 2045 nafar aholi orasida 87 nafar nuroniy bor. Ulardan biri 74 yoşli Maxfirat aya Bengmatova öz uyida 200 dan ortiq noyob eksponatni jamlagan tarixiy muzey taşkil etgan.
Muzeydagi Alişer Navoiy byusti, XIX asrga oid telefon, qadimiy yoğoç pianino va XVI asr soatlari kişini hayratga soladi. Nuroniylar mahalla aholisining bandligini taʼminlaşda ham taşabbuskor. Jamoliddin Abduazimov masʼulligida kambağal oila vakillari yirik fermer xöjaliklariga biriktirilib, qöy-eçki boqiş orqali barqaror daromadga ega böldi. Tikuvçilik hunari bor ayollar hokim yordamçisi kömagida zarur jihozlar bilan taʼminlandi. Paçirlik Mahmayoqub Isoqov ehtiyojmand oilalarga örmon xöjaligi hududidan yer olib berib, boğ yaratişlariga kömaklaşdi. Nurota toğ tizmasi etagidagi “Oqtepa” mahallasida esa 160 nafar nuroniy istiqomat qiladi.
Ularning eng keksasi — 100 yoşli Maman bobo Bobonazarov hamon bardam va duogöy. Tumanning eng çekka hududi — “Mirdoş” mahallasida ham nuroniylar faolligi sezilarli. Faxriddin Barnayev va Eşmamat hoji Nurmurodov kabi faollar biriktirilgan oilalarga tikuv maşinalari olib beriş, çorva fermalariga işga joylaştiriş va boğdorçilikka jalb etiş orqali kambağallikni qisqartirişga hissa qöşişmoqda.
Ha, Xatirçining toğoldi qişloqlarida yoşlar uçun iş örinlari kam bölsa-da, hayot tajribasiga ega nuroniylarning “Qimirlagan qir oşar” naqliga amal qilib, körsatayotgan saʼy-harakatlari hudud rivojiga yangi surʼat bağişlamoqda. Mana şunday fidoyi insonlari bor yurtning ertasi hamişa farovon bölişiga şubha yöq.
Xudoyberdi NAVRÖZ,
“Nuroniy” muxbiri.