Öz taqdirimizga egalik qiliş, kelajagimiz va istiqbolimizni özimiz belgilaş, bor imkoniyat va salohiyatimizni mustaqil röyobga çiqariş huquqini bergan şonli mustaqillikning qutluğ ayyomi tobora yaqinlaşmoqda. Bugun bu uluğ bayramni turfa sohalarda erişilgan olamşumul yutuqlar, xalqimiz turmuşini yanada yaxşilaşga qaratilgan oqilona islohotlarning samarasiga guvoh bölib, ezgu amallar bilan qarşi olmoqdamiz. Azaldan ilm-fan, madaniyat, savdo-sotiq va bunyodkorlik markazi sifatida dunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qöşgan, bugun esa zamonaviy taraqqiyotning yangi qiyofasini namoyon etayotgan Samarqand kun sayin yangi bunyodkorlik, sezilarli özgarişlar bilan yanada obod va fayzli manzilga aylanib bormoqda.

Sönggi ön yilda mamlakatimizda amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar Samarqandning nafaqat iqtisodiy va sayyohlik salohiyatini yuksaltirdi, balki uning obodligi, şaharsozlik madaniyati va aholining turmuş tarzini ham tubdan özgartirdi.

Bugun azim viloyat böylab sayohat qilsangiz, obodlik, bunyodkorlik va yuksak iqtisodiy özgarişlarning guvohi bölasiz. Viloyatimizda yalpi hududiy mahsulot hajmini 143,9 trillion sömga yetkaziş, yaʼni 110 foizlik ösişni taʼminlaş maqsad qilingan. Bunda sanoatda 110 foiz, qişloq xöjaligida 105,5 foiz, qurilişda 118 foiz, xizmatlar sohasida 120 foiz ösişga erişiş vazifasi turibdi. Bu saʼy-harakatlarning barçasi aniq bir maqsadga — xalqimizning turmuş farovonligini yanada yuksaltirişga qaratilgan. Zero, rejalar zamirida ulkan ezgu işlar közlangan: yangi oçilgan iş örni, halol mehnati bilan öz biznesini yölga qöygan tadbirkor, daromadi oşib, oilasiga qut-baraka kirib kelgan inson, zamonaviy sinfxonalarda bilim olayotgan bolalar va şifo topib minnatdor bölayotgan bemorlar — mana şular yurtimiz taraqqiyotining asl mazmunini taşkil etadi. Şu maʼnoda aytsak, mustaqillikning eng uluğ imkoniyati ham har bir insonning öz salohiyatini namoyon etişi, ertangi kuniga bölgan işonçini mustahkamlaş uçun barça şaroitlar muhayyo qilinganidir.

Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan mamlkatimiz hududlarini barqaror va jadal rivojlantiriş, tabiiy xomaşyo resurslaridan foydalaniş samaradorligi, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini oşiriş, xalqimiz farovonligini yuksaltirişga qaratilgan keng kölamli islohotlar bugungi kunda Samarqand viloyatida özining yuksak samarasini namoyon etmoqda.

Bugun qadimiy Samarqandning iqtisodiy qiyofasi kundan-kunga yangilanib, investitsiya loyihalari hayotga tatbiq etilmoqda va insonlarni rozi qilişga xizmat qilmoqda. Joriy yilning ötgan olti oyida 1,7 milliard AQŞ dollari miqdorida töğridan-töğri xorijiy investitsiya özlaştirilgan, eksport hajmi esa 497,1 million dollarga yetgan. Hududiy dasturlar doirasida 263,2 million dollarlik 350 ta loyiha foydalanişga topşirilib, 4 361 ta yangi iş örni yaratildi; şundan 79 tasi sanoat, 202 tasi xizmatlar, 69 tasi qişloq xöjaligi sohasiga töğri kelib, har bir tarmoq yangi natijalar sari dadil qadam taşlamoqda.

Viloyat yalpi hududiy mahsuloti hajmi 67,4 trillion sömga yetib, ötgan davrga nisbatan 109,7 foizga ösdi va bu körsatkiç hududimiz iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yölida olib borilayotgan işlar zalvorini körsatadi.

Sönggi ön yillikda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirişga qaratilgan imkoniyatlar natijasida granit toşi qazib olişda Qöşrabotdagi “Si Tong Stone” MÇJ tomonidan  sohada 7 barobar ösişga erişildi. Pastdarğomdagi “Samarqand Polimer” MÇJ 1,2 million metr PVX profili işlab çiqarib, hajmni 3 barobar oşirdi, “Aziya metall proff” korxonasida esa 4,2 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilib, 2,3 barobar ösiş qayd etildi va bularning barçasi el farovonligiga xizmat qilmoqda.

Import emas, eksportda salohiyatimiz oşyapti

Taraqqiyotning yana bir ulkan mezoni — mahalliy mahsulotlarimizning nafaqat içki bozor, balki jahon maydonida ham raqobatlaşa olişi hamda yuqori natijalarga erişişidir. Samarqand viloyatida eksport hajmini 1,4 milliard dollarga yetkaziş va şu orqali iqtisodiyotimizni yanada kuçaytiriş maqsad qilingan. Joriy yilning ötgan olti oyida 87 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb etilgan, 40 ta korxona xalqaro sertifikatlarni qölga kiritgan, 37 ta korxona esa xalqaro körgazmalarda iştirok etib, öz mahsulotlarini dunyoga tanitgan. Quriliş sanoati mahsulotlari, töqimaçilik mahsulotlari, elektrotexnika, meva-sabzavot mahsulotlari va boşqa yönalişlarda yuksak samaradorlikka erişildi. GSP+ tizimi doirasida Yevropa mamlakatlariga 17 million dollarlik mahsulot eksport qilingani esa mahalliy mahsulotlarimizning jahon talablariga töla javob berayotganini yaqqol isbotlaydi.

Turizm — dunyoga oçilgan darvoza, degani

Samarqandning bebaho strategik imkoniyatlaridan yana biri — bu turizmdir. Mazkur soha kundan-kunga ulkan daromad hamda rivojlaniş olib kelmoqda. Olti oy davomida Samarqandga 3,4 million xorijiy va 4,7 million mahalliy sayyoh taşrif buyurib, yurtimiz mehmondöstligidan bahramand böldi. Sayyohlarning viloyatda qoliş davomiyligi 3 kunga yetdi, bir turistning örtaça xarajati 400 dollargaça oşdi, turizm eksporti esa 578,1 million dollarni taşkil etib, 144 foizga ösdi va bu hudud iqtisodiyotiga beqiyos hissa qöşmoqda. Viloyatimizda turizm salohiyatini oşiriş yönalişida amalga oşirilgan ezgu saʼy-harakatlarning natijasida mehmonlarga körsatiladigan xizmatlar sifati keskin yaxşilandi.

Davlatmiz rahbari taşabbusi bilan qayta rekonstruksiya qilingan Imom al-Buxoriy majmuasi bir kunda 65 ming nafar ziyoratçini qabul qiliş imkoniyatiga ega bölib, sönggi uç oyda bu maskanga 2,8 million nafar ziyoratçi taşrif buyurdi va maʼnaviy obidalarimiz yanada obod qilindi. Samarqand tumanida 40 million dollarlik “Edelveys toğ turistik markazi” işga tuşirilib, 120 ta yangi iş örni yaratildi, 1,7 kilometrlik dor yöli işga tuşirildi hamda “Boğizoğon”, “Pangat” va “Yangi joy” mahallalariga “turizm qişloği” maqomi berilib, aholining turmuş tarzi tubdan özgardi.

Aholi farovonligi — islohotlarning boş mezoni

Yurtimizning obodligi xalqimiz farovonligi, insonlarning roziligi va turmuş tarzining yaxşilanişida namoyon bölmoqda. Odamlarning yaşaş şaroitlarini tubdan yaxşilaş maqsadida 6,9 trillion söm mablağ yönaltirilib, 1 336 ta obʼyektda quriliş işlari olib borilmoqda. Yangi maktablar, zamonaviy tibbiyot muassasalari, boğçalar qurilişi natijasida farzandlarimiz zamonaviy şaroitlarda bilim olişmoqda. Aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatilyapti. Hamyurtlarimiz markazlaşgan toza içimlik suvi bilan taʼminlanmoqda. Yangi yöllar, köpriklar, yangi turar joy massivlarining barpo etilgani esa xalqimiz turmuş şaroitlarini tubdan yaxşilaşga xizmat qilmoqda.

Nuroniylar — maʼnaviy suyançimiz

Mahallalarimizda tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş, yoş avlodni töğri yölga boşlaş, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşda nuroniy otaxon va onaxonlarimizning örni va taʼsiri beqiyos. Har bir mahallada “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosida amalga oşirilayotgan xayrli işlar bugun özining amaliy natijalarini bermoqda. Nuroniylarimizning boy hayotiy tajribasi, otalik va onalik ğamxörligi tufayli adaşgan yoşlar töğri yölga qaytmoqda, oilalar mustahkamlanib, jamiyatimizda soğlom maʼnaviy muhit yanada mustahkamlanmoqda.

Viloyat böyiça uşbu ezgu taşabbus doirasida jami 1 063 ta mahalla fuqarolar yiğinlari mavjud bölib, ularga 2 271 nafar nuroniy biriktirilgan. Viloyatda jami 22 079 nafar muammoli yoşlar aniqlangan bölib, ularning 9 704 nafari uyuşgan, 12 375 nafari esa uyuşmagan yoşlarni taşkil etadi, şuningdek, 946 nafar yoş profilaktik röyxatda turadi. Nuroniylar iştirokida ötkazilgan tarbiyaviy tadbirlar natijasida 2 884 nafar yoş işga joylaştirildi, 2 976 nafari kasb-hunarga yönaltirildi va jami 8 253 ta yoşlarning muammolari ijobiy hal etildi.

Joriy yilning ötgan olti oyida 586 nafar yoş profilaktik röyxatdan çiqarildi, 2 452 nafar yoş bilan boğliq jinoyat holatlarining oldi olindi, 1 081 ta oilaviy nizolar va oilaviy ajrimlar bartaraf etildi hamda 132 ta oila yaraştirildi. Şuningdek, subsidiya, kredit, kontrakt tölovi va boşqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar böyiça 4 002 nafar yoşning muammolari hal etilib, ayni paytda 14 113 nafar yoşning masalasi nazoratda turibdi. Nuroniylarimizning oqil maslahatlari va ibratli faoliyati sababli har bir yoş töğri yölni topib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan insonlar bölib voyaga yetmoqda.

Imkoniyat — masʼuliyat demak

YAHMni 143,9 trillion sömga yetkaziş, 850 ta investitsiya loyihasini amalga oşiriş, 24,3 mingta yangi iş örni yaratiş, 3,1 milliard dollar xorijiy investitsiya özlaştiriş va kambağallikni 2 foizga tuşiriş kabi ulkan marralar katta mehnat va masʼuliyat talab qiladi. Bu borada Davlatimiz rahbarining Samarqand viloyatiga, uning azmu şijoatli, mehnatkaş va bağrikeng xalqiga körsatayotgan yuksak ğamxörligi, doimiy eʼtibori va yaratib berayotgan keng imkoniyatlari har bir samarqandlik qalbida çeksiz şukronalik tuyğusini uyğotmoqda.

Şu işonçni oqlaş, ajratilayotgan ulkan mablağlar va yaratilayotgan şaroitlarning qadriga yetib, masʼuliyatni his qilgan holda yanada astoydil mehnat qilişimiz zarur, albatta. Bularning barçasi ertangi kunimizning yanada nurafşon, oilalarimiz baxtli va turmuşimiz farovon bölişini taʼminlaydi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan