“Nuroniy” jamğarmasi Namangan viloyati bölimi taşabbusi bilan jamğarmaning tuman (şahar) bölimlari raislari hamda “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi aʼzolari iştirokida Töraqörğon tumanida seminar taşkil etildi.

Seminar iştirokçilari dastlab tuman markazidagi “Ishoqxon Töra Ibrat” muzeyiga taşrif buyurişdi. Muzey direktori O.Maqsudjanov  va mehnat faxriysi N.Nizamovlar hamrohligida muzey xonalariga kirib borar ekanmiz, ular  muzey faoliyati xususida atrofliça maʼlumotlar berib ötdilar.

Sayohat davomida Ishoqxon Töra Ibratning oğir hayot yöli,  ölkamizda ilm-maʼrifatni tarğib etiş maqsadida uzoq yurtlarni kezib, ölkamizga birinçi bosmaxona uskunasini  olib kelib, maʼrifat tarqatişda fidoyilik va millatparvarlik namunasini körsatgani, 10 dan ortiq tillarni töliq özlaştirgani, huquqiy bilimga ega bölgani haqidagi maʼlumotlar bilan tanişdik. Millat uçun, xalq uçun jon fido qilgan insonning qatağon qurboni bölgani esa — millatimiz duşmanlarining jirkanç kirdikorlari natijasidir.

Yaqindagina muzeydan joy olgan “Zinger” rusumli çok maşinasi öz davrida yangi texnika bölib, zamondoşlarimizning ilğor texnika va texnologiyalarni yurtimizga keltirgani, yangilikka intilib yaşab ötganini amalda isbotlaydi. Bu kabi eksponatlarni körarkanmiz, bugungi kunda zamonaviy, jahon andozalaridagi tikuv, yigiruv va töquv agregatlari bilan jihozlangan yirik korxonalarda işlayotgan zamondoşlarimiz, ayniqsa, yoşlarimiz naqadar baxtli ekaniga yana bir bor iqror böldik. Bu esa hozir Ibrat domla kabi fidoyi, millatining baxt-saodati, porloq kelajagi yölida jonbozlik körsatayotgan insonlarning  saʼy-harakati mahsuli, albatta.

Keyingi manzilimiz — “Axsikent” oçiq osmon ostidagi muzey böldi. Dala yöllardan borar ekanmiz, maşhur fermer, Tursunboy Komilovning körkam ekin maydonlariga havas qildik. Buğdoylar bir tekis boşoqlab, dengiz kabi çayqalib turgani, qöş qator ekilib, Xitoy usulida qadalgan çigitlarning nihollari kök sari böy çözayotganini körib, Tursunboy otaning davlatimiz rahbariga paxtadan 80 sentnerdan,  ğalladan 100-120 sentnerdan hosil oliş yuzasidan bergan vaʼdasi bejiz emasligini köngildan ötkazdik.

“Axsikent” oçiq osmon ostidagi muzey zaminiga qadam qöyar ekanmiz, qalbimizda ajib bir his-hayajon jöş urdi. Uşbu sarhaddan minglab ota-bobolarimizning muborak xoki joy olgan. Bundan 5-6 yil avvalgi qir-adirlar va tuproq uyumlaridan iborat mavhum tepaliklar örnida tarixnning tilga kirayotganligi, ilmiy izlanişlar, keng qamrovli arxeologik qazişmalar amalga oşirilib, ulkan bino va inşootlar barpo etilayotganligi, tom maʼnoda, oçiq osmon ostida yangi muzey qad rostlayotganligi bizni hayratga soldi.

Nuroniylarga hamrohlik qilgan majmua rahbari Anvarjon Ikromov tarixiy yodgorlikning paydo bölişi, uşbu zaminda yaşagan ajdodlarimizning hunarmandçilik, irrigatsiya-muhandislik inşootlari tizimini yaratganligi, temir xomaşyosidan pölat qiliçlar tayyorlab, öz zamonasida maşhur bölganligi, soğlom turmuş tarzini yaratiş maqsadida hammomlar barpo etganliklarini aniq faktlar, mavjud osoriatiqalar, ilmiy manbalardagi maʼlumotlar asosida bayon qildi. Maʼlumotlar almaşiş jarayonida yana bir fakt bizni hayratga  soldi. Öşa davrlarda  hovlilarda yiğilgan çiqindi taşqariga çiqarilmagan, aksinça hovlidagi maxsus örada yiğilib, çiritiş yöli bilan  yöqotilgan. Bu tajriba bugungi  kunda ham öz ahamiyatini  yöqotmagan va tarğib qilsa arzigulikdir.

Muzey mutasaddilari yaqinda “Axsikent”da VIII-IX asrlarga oid noyob inşoot topilganini sözlab berdilar. Xorazmşohlar davrida bunyod etilgan mudofaa devorlarining yon qismidan topilgan inşoot qoldiqlari ark devori qurilişida kömib yuborilgan bölib, undan yoşi ançagina katta ekanligi fanga maʼlum. Bu qismda XI-XII asrlarga oid turar joy qoldiqlari, yerosti suv inşootlarining kuzatuv punktlari mavjud bölgan.

“Axsikent” arxeologiya parkining yöl böyidagi qismida yangi qurilgan oçiq osmon ostidagi muzeyda kölamli  qazişma işlari olib borilib, zamonaviy ulkan inşootlar qurilganligi  nur ustiga nur böldi. Zamonaviy urfda barpo etilgan haşamatli inşootda konstruksiya işlari yakunlangan bölib, ayni vaqtda ustini yopişga hozirlik körilmoqda.

Majmua şarqida joylaşgan oçiq osmon ostidagi muzeyda  qad rostlagan mahobatli uy va yer osti inşootlari nuroniylarda ulkan taassurot qoldirdi. Bir söz bilan aytganda, nuroniylar öz davrida 400 gektar, hozirgi vaqtda esa 167 gektar maydondagi ulkan tarixiy yodgorliklarni ilmiy jihatdan örganiş, asrab-avaylaş hamda kelajak avlodga yetkazişda hokimlik va boşqa taşkilotlar hamkorligida “Axsikent”da misli körilmagan bunyodkorlik işlarining olib borilayotganligiga guvoh böldilar.

Sayohatdan söng seminarning asosiy qismiga ötildi. Bunda iştirokçilar Töraqörğon tumanida tomorqalardan omilkorlik bilan foydalaniş, xonadonlarda çorvaçilik, xususan, soğin sigirlar parvarişlab, oila aʼzolarini band etiş va daromadlarini oşiriş borasidagi işlar bilan tanişdilar. Tumanning asosiy drayveri köçatçilik bölib, gilos va xurmo yetiştiriş ham  brend darajasiga yetkazilgan. 5315 nafar aholisi bölgan “Kalvak” mahallasida nuroniylar faoliyatini örganar ekanmiz, bunga yana bir karra guvoh böldik. Uşbu mahallada 649 nafar keksa avlod vakillari istiqomat qilib, ular islohotlar jarayonida faol iştirok etmoqdalar. Seminar iştirokçilari ayni mahallada yaşovçi N.Qodirov xonadonida böldilar. Xonadondagi tomorqa atigi 4 sotixdan iborat bölib, oila vakillari köçat yetiştiriş va çorva hayvonlarini parvarişlaş ortidan yiliga 84 mln.söm daromad olmoqdalar. Uning aka-ukalari Bahriddin va Nurmuhammadlar ham öz tomorqalarida mavsumiy köçat yetiştiriş bilan band bölib,         60-50 million sömdan daromadga ega bölişmoqda.

Tumanda sanoat asosida parrandaçilik korxonalari ham jadal rivojlanmoqda. Nuroniylar taşrif buyurgan “Uyçi parranda” MÇJ avvallari qir-adirlikda, yaʼni kamhosil maydonda joylaşgan bölib, loyihaning umumiy  qiymati 50 mln. dollarni taşkil etgan. Adir yerlarda 5 gektar maydon özlaştirilib, ötgan yili filialning 1-bosqiçi işga tuşirilgan ekan. Yana bir yangilik — tumanda 4 ta ikki qavatli noyob bino qad rostlaydi. Kamida 70 nafar yangi iş örni yaratiladi. Bugungi kunda birinçi sex iş boşlagan.

Ha, adirlik hududlarining özlaştirilib, zamonaviy boğlar taşkil etilayotganligi kelgusida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, yangi iş örinlarini yaratiş, ekologik vaziyatni yaxşilaşga olib keladi, albatta.

Körgazmali seminarning yakuniy qismi tadbirkor tomonidan barpo etilgan “Favvora” majmuida bölib ötdi. Soy böyidagi toşloq joy örnida  barpo etilgan, özida 200 boşdan ortiq noyob hayvon va parrandalarni jamlagan “Hayvonot boği” mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

“Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi O.Xodjayev öz iş faoliyati haqida axborot berdi. Tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi viloyat  bölimi raisi, senator Ikromxon Najmiddinov sözga çiqib, faol nuroniylar tomonidan amalga oşirib kelinayotgan tadbirlar, ularning öziga xos natijalari, galdagi vazifalar xususida fikr yuritdi.

Töraqörğon tumani nuroniylarining faoliyati bilan tanişar ekanlar, seminar iştirokçilari bir olam taassurotlarga ega böldilar. Öz navbatida, örganganlarini hududlarida amaliyotga tatbiq etişni maqsad qilib, yangi rejalarni belgilab oldilar.

Abduraşid Boltaboyev,

 “Nuroniy” jamğarmasi

 viloyat bölimi masʼul xodimi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan