Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati va rivoji, eng avvalo, mahallalardagi ijtimoiy muhit, aholining kayfiyati, turmuş darajasi, işbilarmonligi hamda jamoaviy uyuşqoqligi kabi omillarda namoyon böladi. Mustaqilligimizning 35 yilligi tantanalari arafasida mahallalardagi hamjihatlik yanada yaqqolroq közga taşlanmoqda.
Xonadonlarni obodonlaştiriş, tomorqa va köçalarni tartibga keltiriş, aholini kambağallikdan çiqariş, bandlikni taʼminlaş, muammoli oilalar va yoşlar bilan individual işlaş, ijtimoiy kömak beriş hamda mahallada maʼnaviy-madaniy muhit va xavfsizlikni barqarorlaştiriş masalalari bugun faqat rahbarlarning emas, balki özini yurt hayotiga daxldor deb bilgan har bir fuqaroning boş maqsadiga aylanmoqda. Mazkur jarayonda, ayniqsa, keksa nuroniylarimizning faolligi alohida tahsinga loyiq.
Xususan, poytaxtning Sergeli tumanidagi “Qöşqörğon” mahallasida istiqomat qiluvçi Ğulomjon ota Murodov hamda Gulçehra aya Egambayevalar ham Davlatimiz Mustaqilligining 35 yilligi tantanalariga tayyorgarlik jarayonlarida barçaga birdek örnak bölişmoqda. Ğulomjon ota mahallada “Keksalar maslahati” guruhiga rahbarlik qiladi. Bu xonadonga qadam qöyişingiz bilan öziga xos fayz va tarovatni his etasiz: tomorqa atrofi gullar bilan öralgan, örtada turli ekinlar, işkomlarda esa uzumning bir neça navi ğarq pişgan.
— Boğdorçilikka juda qiziqaman, — deydi Ğulomjon ota uzum parvarişi haqida töxtalib. — Boşqa viloyatlarga borganimda ham, albatta, söritoklar eʼtiborimni tortadi. Tajribali boğbonlardan maslahat sörayman. Mavsumda qulupnaydan ham yaxşigina hosil olib, qöni-qöşnilarga ulaşamiz. Endi kivi yetiştiriş harakatidamiz. Ammo bu meva biroz injiq ekan — suv sal köpaysa ham, ozaysa ham, tutib ketişi qiyin keçadi.
Ğulomjon ota asli buxorolik. Otasi usta-duradgor, onasi esa ğoyat mehnatkaş, tadbirli ayol bölgan. Otaxon öqişni tamomlab, armiyada xizmat qilgan. “Yoşlikdan suyagimiz mehnatda qotdi, armiya esa irodamizni yanada tobladi”, — deb hikoya qiladi u.
Ğulomjon ota va Gulçehra aya mutaxassisligi böyiça dasturçi (tez hisoblaş maşinalari operatori dasturçisi) yönalişida tahsil olişgan. Oila qurişgaç, bir muddat Buxoroda yaşaşgan. Gulçehra aya ham ota-onasini mehr bilan xotirlaydi: otasi mirişkor dehqon, buvisi nonvoy bölgan, onasi esa yopilgan nonlarni sotib, keçqurunlari döppi tikkan. Şu tariqa, ota-ona farzandlarini halol mehnat bilan bekamu köst voyaga yetkazgan.
— Dastlab kasbga tayyorlaş markazida, keyin boğça va maktabda işladim. Keyinçalik faoliyatim mahalla bilan boğlandi. Mahalla hayotini farovonlaştirişda haligaça qölimizdan kelganiça iştirok etyapmiz, — deydi onaxon kamtarlik bilan. — Nizoli oilalarni yaraştirişga harakat qilamiz. Buning uçun, eng avvalo, oilaviy kelişmovçiliklarning asliy sabablarini örganamiz. Oçiği, aksariyat hollarda sabablar juda oddiy böladi. Oiladagi tinçlik-xotirjamlik bir-ikki kişininggina harakati bilan bölmaydi: kattalar ham, kiçiklar ham bir-birini eşita olişi, qarorlarini hurmat qilişi kerak. Nizolar, odatda, uçinçi şaxs aralaşuvi ortidan kelib çiqadi. Agar xonadonda yoş ham, qari ham öz işi bilan band bölsa, ijtimoiy hayotda öz örnini topsa, bir-biriga beminnat kömaklaşsa va qaynonalar kelinlariga öz farzandidek munosabatda bölsa, masala ajrimgaça yetib bormaydi. Mahallada oilaviy muammolarga bejiz jiddiy eʼtibor qaratilmaydi. Çunki oilalar birlaşib mahallani, mahallalar esa butun boşli yurt taqdirini belgilaydi. Farzand va nabiralarimizning “zuvalasi” aynan oilada pişib-yetiladi.
Uzoq yillardan beri ahil va baxtli yaşab kelayotgan bu ikki nuroniyni, tom maʼnoda, namunali oila tayançi sifatida ibrat qilib körsatiş mumkin. Gulçehra aya 65 yoşda, Ğulomjon ota esa yetmişni qoralab qolganiga qaramay, haligaça jamoatçilik işlarida faol. Ular uç nafar farzandni gözal xulq va oliy maʼlumotli qilib tarbiyalaşdi. Bugun ularning biri tadbirkor, ikkisi esa bank sohasida el-yurtga xizmat qilmoqda. Nabiralar esa bobo va buvisining hayotidan ibrat olib, öqiş va izlanişda muvaffaqiyatlarga erişmoqda.
Qolaversa, bu nuroniylar mahalladagi muammoli yoşlar bilan ham alohida şuğullanib kelmoqda. Ularni begona qilmay, moddiy va maʼnaviy kömak berilişiga, jamoatçilik tomonidan qöllab-quvvatlanişiga alohida eʼtibor qaratişmoqda.
Suğdiyona SOBIROVA,
“Nuroniy” muxbiri.