Muhtaram Prezidentimiz nuroniylarimizga yuksak işonç bildirib: “Yoş avlodimizni barkamol, el-yurt uçun fidoyi insonlar qilib tarbiyalaşda biz muhtaram nuroniylarimizga tayanamiz”, deb taʼkidlagan sözlari har bir keksa avlod vakilining qalbidan çuqur joy olgan. Darhaqiqat, farzand va nabiralarimizni yuksak axloqli, bilimli, maʼnan boy va Vataniga sadoqatli insonlar etib voyaga yetkazişda katta hayotiy tajribaga ega bölgan nuroniylarimizning pandu nasihatlari, qimmatli maslahatlari va şaxsiy ibrati muhim örin tutadi.

Şu bois, yurtimizdagi har bir mahallada “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosida tizimli işlar yölga qöyilgani uşbu ezgu maqsad yölidagi eng dadil va samarali qadamlardan biri böldi. Tarbiyasida muammosi bölgan, jinoyatçilik va huquqbuzarlikka moyil, oilaviy muhiti notinç, foydali mehnatdan çetda qolib, hayotda öz örnini topişda adaşgan yoşlarning boy hayotiy tajribaga ega nuroniylarga biriktirilişi bir neça yildirki, özining ijobiy va amaliy natijalarini bermoqda.

Jumladan, joriy yilning ötgan olti oyi davomida tumanimizda profilaktika hisobida turgan yoşlar bilan individual va manzilli iş olib borildi. Natijada 23 nafar yoşlar profilaktik hisobdan çiqarildi, nizoli va ajrim yoqasiga kelib qolgan 21 ta oila yaraştirilib, saqlab qolindi, 51 nafar yigit-qiz foydali mehnatga jalb etildi, ularning bandligi taʼminlandi, yoşlarga imtiyozli kreditlar, dehqonçilik va çorvaçilik bilan şuğullanişlari uçun yer maydonlari ajratildi hamda tadbirkorlik faoliyatlari yölga qöyildi.

Uşbu erişilgan xayrli natijalarda mahallalarimizdagi otaxon va onaxonlarimizning munosib va beminnat uluşi bor, desak mubolağa bölmaydi. Anʼanaga köra, har yili eng uluğ va eng aziz bayramimiz — Mustaqillik kuni arafasida “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosida fidokorona mehnat qilayotgan nuroniylar örtasida körik-tanlovlar ötkaziladi. tumanimizda ham uşbu tanlovning tuman bosqiçi yuqori saviyada, kötarinki ruhda, şaffof va adolatli tarzda taşkil etildi.

Unda mahallalar kesimida ötkazilgan saralaş bosqiçlarida ğolib çiqqan 9 nafar eng faol nuroniy iştirok etdi. Tadbirda iştirokçilar özlari va olib borayotgan ijtimoiy-maʼnaviy faoliyatlari haqida atrofliça maʼlumot berib, yoşlar bilan işlaşdagi samarali usullarini albomlar, videoroliklar va körgazmali materiallar orqali mahorat bilan namoyon etdilar.

Hakamlar hayʼatining yakuniy qaroriga köra, 1-örin “Şörobod” mahallasi faoli Muyassar Ergaşevaga, 2-örin “Zarafşon” mahallasi vakili Gulşod Oçilovaga, 3-örin “Urganjiyon” mahallasidan Ismoil Qobilovga nasib etdi.

— Quvonçdaman, — deydi 1-örin sohibasi Muyassar Ergaşeva. — Mahallamda kambağallikni qisqartiriş, yoşlarni töğri yölga soliş va ularni jamiyatga foydali insonlar etib tarbiyalaş borasidagi kamtarona mehnatim yuqori baholanganidan boşim kökka yetdi. Viloyat bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritganim menga yanada katta masʼuliyat yuklaydi. Oldinda turgan bosqiçda ham bor bilim, tajriba va imkoniyatlarimni safarbar etib, Romitan şarafini munosib himoya qilaman.

Bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar nuroniylarimizning kelajak avlod oldidagi masʼuliyatli burçini yana bir bor yodga solib, ularni jamiyat hayotida yanada faol va taşabbuskor bölişga çorlaşi bilan ahamiyatlidir.

Olim JUMAYEV,

“Nuroniy” jamğarmasi Romitan tumani bölimi raisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan