– deydi Yangiyöllik ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi Nodir ota Mansurov
Inson umrini oqar suvga öxşatişadi. Köz oçib-yumgunça men ham bir asr yaşab qöyibman. Toşkent viloyati Yangiyöl tumani va Yangiyöl şahridan ikkinçi jahon uruşiga safarbar etilgan ön tört ming odamdan ayni kunda bir özim qoldim.
Bugungi farovon kunlarga yetib kelgunça juda köp maşaqqatli kunlarni kördik. Otam qoşlari qalin, yelkador, baquvvat, yuz-közi nurli va körkam, möylovi öziga yaraşgan barvasta kişi edi. U usta mirişkor dehqon bölib, umr böyi dehqonçilik bilan şuğullandi. Onam tumanda, front ortida kolxozçi bölib işlab, keçani keça, kunduzni kunduz demasdan, oğir va maşaqqatli mehnat qildi. Çehrasi oçiq, kengfel, sabrli, yuzidan nur yoğilgan, şirinsöz, yuzida maşaqqatli yillarning çuqur izlari aks etgan, tinib-tinçimas ayol edi.
Bolaligimdan qişloq hayotining maşaqqatlarini öz gardanimda his qilganman. Yoşlik yillarida turli yumuşlarga erta jalb qilingan edik. Yetti yoşimda maktabga borganman. Töqqiz yoşimda, 1935 yili otamdan ajralib qolganmiz. Şunda turmuşimizda oğir kunlar boşlangan. Oilani boqiş akamning zimmasida, maktabimiz masjidning yonidagi 44-maktab edi.
1941 yilda uruş boşlanib, osuda hayotimiz ostin-ustun bölib ketdi. Avvaliga noming öçgur uruş uzoq joylarda bölyapti-ku, deb biroz xotirjam böldik. Lekin tez orada uruşning ziyon-zahmati bizgaça yetib keldi. Özbekiston böylab yalpi çaqiruv eʼlon qilindi. Akamga ham çaqiruv qoğozi keldi. Akam uylangan, ikki farzandi bor bölgani sabab, xeç ikkilanmasdan Vatanni himoya qilişga otlandi. Esimda, öşanda poyezd odamlar bilan töla edi. Hamma yaqinlariga sönggi bor qarar, qadrdonlaridan köz uzolmas, vagonlar eşigidan tinmay qöl silkitib turişardi. Yillar ötdi, lekin akamning daragi bölmadi. Uruşdan na bir xat, na bir xabar keldi. Şu ketganiça uyga qaytmadi. Erkaklar frontga jönatilganligi sababli, dehqonçilik, zavod va fabrikalardagi işlar, asosan, ayollar va bolalar zimmasida qolgandi. Uruş yillari oziq-ovqat mahsulotlari kam bölib, aholi taqsimot tizimi asosida yaşaşga majbur böldi.
Akam uruşga ketgaç, oila masʼuliyati mening zimmamga tuşdi. 1941-1944 yillarda öqişni taşlab, kolxozda, oqsoqol Umarali ota brigadasida işlaganman. Öqişga vaqt, imkon bölmay qoldi.
Nihoyat, 1944 yilning noyabr oyida meni ham uruşga çaqirişdi. Öşa paytda 18 yoşda edim. Harbiy xizmatga ketiş oldidan ikki oy davomida harbiy tayyorgarlikdan ötdik. Bizni dastlab Samarqanddagi harbiy poligonga jönatişdi. U yerda sapyorlik, jangovar taktika va qurol işlatiş böyiça maşğulotlardan ötdik. Bizning avlod uruş tugaşiga yaqin jangga kirdi. 1945 yilning yanvar oyida Şarqiy frontga jönatişdi. Qişda Polşa hududiga yetib keldik. Men 209/30 snayper polkida oddiy askar-öqçi sifatida xizmat boşlaganman. Bizni jangovar qismlarga taqsimlaş paytida: “Kim uyida ovçilik bilan şuğullangan? Kim miltiq otgan?” deb söraşdi. Men bir qadam oldinga çiqdim. Çunki bobom nomdor ovçi edi. Yillar davomida bobom va boşqa tajribali ovçilardan töqayda yuriş, jonivorlarni poylaş, kerakli paytda miltiq tepkisini bosiş kabi malakalarni özlaştirgan edim. Bizni snayper böyiça harbiy yöriqçi sinab kördi. Biz birin-ketin nişonga qarata öq uzdik. Mening törtta öqim törtta nişonga bexato tegdi. Boşqa askarlar bunday natijalarga erişa olmadilar. Şu tariqa, men snayper bölib uruşga kirdim.
Ilk marta haqiqiy jangga 1945 yil fevral oyida kirdim. Bu paytda duşman ortga çekinayotgan, lekin har bir qadamini qon bilan, jon bilan tölaşga tayyor edi. Duşman artilleriyasi bizni şiddat bilan öqqa tutar, biz esa tuproq qazib, mudofaa çiziğini barpo qilişga harakat qilar edik. Öşa janglarda halok bölgan safdoşlarimni birinçi marta öz közim bilan kördim. Şarqiy front janglari Polşa, Vengriya va Çexoslavakiyada bölib ötardi.
1945 yil yanvar oyida Polşani ozod etiş janglarida iştirok etdim. Bir kuni biz yetti kişidan iborat guruh bölib, duşman mustahkam örnaşib olgan bino içiga kirdik. Heç qanday ovoz çiqarmaslikka harakat qildik. Duşman bizni payqab qoldi va otişma boşlandi. Öq otilişi bilan bir neça safdoşim yerga qulab tuşdi. Şunda men snayper miltiğimni kötarib, öq otilgan tomonga yönaltirib, duşman joylaşgan manzilni aniqladim. Duşman tomonda ham snayper bor ekan. U ham mening snayper ekanimni sezib qoldi. Bu duelda men ğolib çiqqanman. 1945 yil aprel oyi oxirida Berlinga yaqinlaşdik.
Berlinda uruş özining sönggi pallasiga kirgan, duşman taslim bölişi aniq edi. Ular buni bilişsa ham, oxirigaça kuraşişga qaror qilişgan. 1945 yilning 30 aprel kuni askarlarimiz Germaniya parlamenti, Uçinçi Reyxning timsoli bölgan Reyxstag binosiga bostirib kirişdi. Nihoyat, Reyxstag binosi peştoqiga Ğalaba bayroği qadaldi. Hamma bayroqqa tikilgança “Ura! Ura!” deb hayqirardi.
Ğalabadan söng biz dahşatli uruşning ayançli oqibatlarini bartaraf etiş, yaʼni tozalaş işlari bilan şuğullandik. Men 1945 yil yoziga qadar 315-snayper polki, keyin esa 17-tank brigadasida xizmat qildim. 1946-1947 yillarda Çexoslavakiya va Germaniya hududida harbiy xizmatda böldim. 1950 yillargaça Yevropada uruş oqibatlarini bartaraf etiş, joylardagi vayrona va xarobalarni tozalaş işlarida qatnaşdim.
Vaqtlar ötdi. 1950 yilning kuzi. Men ota yurtim, jonajon Özbekistonga keldim. Lekin, afsuski, uruşdan qaytganimda hayot tamoman özgarib ketgan edi. Bolaligim ötgan uy butunlay buzilgan. Rözğor, tirikçilik deganlari izdan çiqqan. Qora qozonni har kuni qaynatişning iloj-imkoni yuq edi. Şu oğir kunlarda opam menga tayanç böldi. Bir muddat Anorxon opam bilan yaşadim. Şunday muşkul vaziyatda hayotimni qaytadan barpo etişga özimda kuç-quvvat topdim.
Taqdir meni tatar millatiga mansub moviy közli, şirin sözli Amina ismli qiz bilan uçraştirdi. Amina ham mening tengdoşim edi. Uruşdan keyingi tiklaniş yillarida katta töy qilişga imkonimiz yöq edi. Faqat mulla çaqirib, nikoh öqitdik. Töy-tantana emas, bir-birimizga bölgan hurmat va sadoqat muhabbatimizning bezagi böldi. Amina aqlli va mehribon ayol edi. Har qanday şaroitda yonimda turdi.
Yillar ötdi, lekin bizning farzandimiz bölmadi. Şunga qaramay, ajraşiş haqida heç öylamadik. Bir-birimizga suyanç va tayanç böldik, hayot maşaqqatlarini birga, yelkama-yelka yengib ötdik. Aminaning singlisi, qaynisinglim öz qizini bizga berdi. Uni mehr bilan bağrimizga bosdik, öz farzandimizdek tarbiyaladik.
Kunlar, yillar ötib, bu qizimizni turmuşga uzatiş vaqti keldi. Uni harbiy xizmatda bölgan yigitga turmuşga berdik. Kuyovimizning işi tufayli ular Ozarbayjonga köçib ketişdi. Oradan yillar ötdi. Bu orada ular öz hayotlarini töla-tökis barpo etişdi. Farzandli, uy-joyli bölişdi. Hozirda ularning ham nevaralari bor. Bayram va boşqa kunlarda kelib-ketib, holimizdan xabar olib turişadi. Men 1950 yildan 1964 yillargaça konserva tayyorlaş zavodida işladim. Keyin esa 1965 yildan 1983 yilgaça Yangiyöl yoğ-moy zavodi, 1983 yildan 1986 yilgaça, yaʼni nafaqaga çiqqunimga qadar “Gidroliz” zavodida mehnat qildim. Nafaqaga çiqqaç, oğir atletikaga oid jismoniy maşqlar bilan muntazam şuğullanib turişim umrimga umr, soğliğimga soğliq qöşgan bölsa, ne ajab?!
2000 yil edi. Yolğizim, baxtim Aminamni şafqatsiz ölim hayotimdan yulib ketdi. Uni yöqotiş men uçun juda oğir böldi. Şu kunlar içida odamlar meni tinçlantirmoqçi bölişdi. “Vaqt — oliy hakam. Bu kunlar ötib ketadi”, deyişdi. Ammo vaqt faqat kunlarni ötkazadi. Lekin yuragimdagi oğriqni olib ketmadi. Men uni yöqotdim, lekin u yuragimda hali-hamon yaşaydi.
Hozir ham mening oldimga hol-ahvol söragani nuroniylar, hokimlar, mahalla raislari, qöni-qöşnilar kelib turişadi. Mehrli sözlari bilan taskin-tasalli berişga harakat qilişadi. Menga jiyanim Hafiza qaray boşladi. U bedarak ketgan akamning nevarasi, akamdan qolgan yodgorim. Men 30 yildan ortiq akamning izlarini izladim. Turli taşkilotlarga murojaat qildim, uruşda halok bölganlarning mozorlarini topiş bilan şuğullanadigan iztoparlar bilan ham boğlanib, xabarlaşdim. Keyin tuşundimki, akam halok bölgan.
Jiyanim Hafiza menga mehr bilan qaraydi, u har kuni yonimda. Mana, yigirma beş yil böldi. Hafizaning oilasi, bolalari, nevaralari bor. Yaqinda uyimizda töy qilamiz, Hafizaning öğlini uylantiramiz. Men evara kelinli bölaman. Hayot şunaqa, bir kelib, bir ketamiz. Ortimizda yaxşi odamlar qolsa, umr befoyda ötmagan böladi.
Hayotimda köp mukofotlar olganman. Lekin ular orasida uruşda olgan mukofotlarimni alohida qadrlayman. Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga muvofiq, asosan, Ğalabaning 65, 70, 75, 80 yilligi munosabati bilan yubiley medallari, “Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” kökrak nişonlari bilan taqdirlandim. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin “1941-1945 yillarda Uluğ Vatan uruşida qozonilgan buyuk ğalabaning 75 yilligi” yubiley medalini taqdim etdi. Bu mukofotlar meni behad quvontiradi va ularning har birini men hayotda erişgan yuksak marralar, deb ataşim mumkin.
Uruşni juda katta fojia, beayov halokat va mislsiz yöqotişlar deb bilaman. Şuni angladimki, tinçlikdan boşqa muqaddas neʼmat yöq. Prezidentimiz maʼruzalaridan birida: “Biz Ikkinçi jahon uruşini körgan yurtdoşlarimiz oldida umrbod qarzdormiz!” deb taʼkidlaganlar. Bu borada özlari alohida taşabbus va saʼy-harakat körsatib, Toşkent şahrida “Ğalaba boği”ni bunyod etişga muhim eʼtibor qaratdilar. Uruşning dahşatli yillari, bor qiyinçiligiyu suronli va olovli janglarini yodga soluvçi mazkur obida yoş avlod uçun ibrat maktabi bölib, buni körgan har bir inson qalbida uruşga nisbatan qahr-ğazab va nafrat, buyuk neʼmat, bebaho tinçlikning qadriga yetiş va uni saqlaş uçun kuraşiş tuyğulari şakllanişi bor gap.
Mana, Ikkinçi jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 81 yilligi nişonalanayotgan uşbu yilda men umrguzaronlik qilayotgan Yangiyöl tumani taşkil topganiga 100 yil töladi. Şu dorilomon kunlar uçun şukronalar aytar ekanman, uşbu kunlar şukuhidan biz qatori jangçilar, frontdoş döstlarimiz ham bahramand bölganida edi degan armon könglimdan ötadi. Ularning ruhini şod etiş uçun tumanimizda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilariga bağişlab, çoğroq bir körkam muzey taşkil etilsa, ayni muddao bölar edi. Şunda uruşdan jabr körgan va musibat çekkan ne-ne oilalarning farzandlari öz bobokalonlari bilan yanada faxrlangan, inson qadri uluğlanayotgan şu yurt uçun sadoqatlari yanada yuksalgan bölardi.
Yusup MAMADIYOROV
yozib oldi.