Hayot tasodiflarga töla. Kim bilandir yaqin qadrdon tutinişingiz baʼzan oddiy voqealarga boğliq bölib qoladi. Köngil köngilga, feʼl feʼlga mos kelib, keyinçalik öşa inson bilan munosabatlaringiz döstu birodarlikka aylanib ketadi.
Şu maʼnoda, aytiş mumkinki, men bugungi kunda nafaqat Xorazm viloyati, balki respublikamizda yetuk olim sifatida tanilgan Komiljon Durdiyev bilan tasodif tufayli tanişib qolganman. U kişining ulkan bilim salohiyati, qatʼiyati kaminada kuçli taassurot qoldirgan.
Ötgan asrning 80-yillari oxirlarida Qöşköpir tumani Örtayop qişloğidagi jamoa xöjaligining hisobot yiğilişida qatnaşişimga töğri kelgan. Uşbu yiğiliş paxta yetiştiriş, ekin maydonlarini yanada kengaytiriş masalalariga bağişlangan edi. Yiğilişni boşqarayotgan tuman rahbari yerlarni kengaytiriş uçun xöjalikdagi köllar va ularning atroflarini surib, tekislab, köllarning bir qismini kömib, özlaştirişni va öşa yerga paxta ekiş taklifini örtaga taşladi.
Zalga avval oğir sukunat çökdi. Keyin bir-ikki xuşomadgöy çiqib, “Yoşulli, gapingiz töğri, işga kirişamiz”, deyişdi. Şu payt kutilmaganda sipo kiyingan, közlari çaqnab turgan bir yigit örnidan turib, söz söradi. Hamma ögirilib, unga qaradi. “Ruxsat” degan işoradan söng yigit gapira boşladi:
— Töğri, paxta yetiştirişni köpaytirişimiz kerak, lekin köllarni yöqotiş evaziga emas. Neça ming yillardan beri saqlanib kelayotgan köllarni yöqotsak, tabiatga zarar yetkazgan bölamiz, qolaversa, şör yerni özlaştirib, hosil beradigan qilgunça dehqonning ona suti oğziga keladi. Yana bir fikr: birinçidan, bu köllar qişloq iqlimini möʼtadillaştirişda muhim ahamiyatga ega. Ikkinçidan, köllarni yöqotsak, u yerdagi haşarotlar ekin yerlarimizga ötadi. Natijada zararkunandalarga qarşi kimyoviy dorilarni kamaytiriş örniga köproq sepişimizga töğri keladi. Bu jihatdan xöjaliklar katta zarar köradi. Menimça, köllarni saqlab qolib, u yerda baliqçilik va ördakçilikni rivojlantiriş mumkin.
Bu fikrlardan söng yangi rahbar öylanib qoldi va zaldagi şivir-şivirlar taʼsir qildimi, yiğilganlarga bir-bir nazar taşladi. Keyin esa: “Ovozga qöyamiz…”, dedi.
Köpçilik taklif kiritgan yigitning fikrini maʼqulladi. Şundan söng bir-ikki mutaxassis, jumladan, men ham uning takliflarini maʼqulladik. Bu — Komiljon Durdiyev bilan ilk tanişuvimiz edi. Uni tumandagi köpçilik rahbarlar tanib qoldi. Dadilligi, töğri fikrlaşi barçaga maʼqul kelgan edi.
Komiljon bilan keyinçalik, töğriroği, yozda ğöza parvarişining qizğin davrida uçraşdik. Öşa yili dalalarni ildizqirqar tunlam zararlay boşlagandi. Bundan xabar topgan viloyat rahbari Qöşköpirga keldi. Jamoa xöjaliklarida uşbu haşarotga qarşi kuraş işlarini kuzatmoqçi böldi. Uni Örtayop qişloğiga olib borişdi. Viloyat rahbari ğöza oralab borarkan, tunlamga qarşi yangi kultivatsiya qilingan dalada goh-gohida ğöza tuplari orasida atay qoldirilgan olapöta, ituzum, peçak singari begona ötlarni körib, buning sababini söradi. Şunda xöjalik rahbari “Bu entomolog agronomimiz Komiljon Durdiyevning tajriba maydoni. Begona ötlar ildizqirqar tunlam uçun yem hisoblanadi. Aks holda bu haşarot ğözani sirtdan yeb nobud qiladi. Mana, köring, olapötani yeb tamom qilgan”, deb begona ötni rahbarlarga körsatdi. “Manavi ituzum ham yem uçun qöyilgan” deb, uç-tört metr naridagi begona ötni körsatdi. “Bularga ham ildizidan, ham ustidan qiron keltirayapmiz”, dedi.
— Öşa agronomingizni bu yerga oldiring, — deb buyurdi viloyat rahbari.
U Komiljon Durdiyevni iliq kutib olib, oldin oilaviy ahvolini suriştirdi, keyin haşarotlarni yöqotiş çora-tadbirlari böyiça olib borayotgan işlari bilan qiziqdi.
— Zararli haşarotlarning ham xuddi barça tirik jonzotlar singari sevimli yemişlari böladi, biz şundan foydalanib ularni yöqotişga harakat qilyapmiz, yoşulli, — dedi Komiljon Durdiyev.
Keyin rahbarlar uning qayerda öqiganini söraşdi. U 1972 yilda Toşkent qişloq xöjaligi instituti (hozirgi Toşkent davlat agrar universiteti)ni tamomlagani, ayni paytda Örta Osiyo ösimliklarni himoya qiliş ilmiy tekşiriş institutida aspiranturada sirtdan öqiyotganini aytdi. Viloyat rahbari bundan mamnun böldi. Xayrlaşarkan, uning özi va oilasiga sihat-salomatlik, ilmiy işlariga muvaffaqiyat tiladi.
Oradan bir hafta ötgaç, uni jamoa aʼzolari xöjalikka rais qilib saylaşdi. Komiljon Durdiyev raislikka saylangaç, işni jamoa xöjaligiga biolaboratoriya qurişdan boşladi. Bu viloyatda qurilib işga tuşirilgan ilk biolaboratoriya edi. Laboratoriya işi uçun barça şaroitlarni yaratib berdi. Şaxsan özi har kuni bir marta kelib, laboratoriya faoliyati bilan tanişib yurdi. Dastlabki yildan boşlab, jamoa xöjaliklarining deyarli barça dalalari biolaboratoriya mahsulotlari orqali işlovdan ötkazildi. Bu esa zararli kimyoviy mahsulotlarning çeklanişiga olib keldi. Xöjalik bu bilan ikki karra yutdi. Birinçidan, mablağ tejaldi. Ikkinçidan, insonlarga yetişi mumkin bölgan zararlarning oldi olindi. Köllar atrofida baliqçilik xöjaliklari taşkil qilindi va ular foyda keltira boşladi. Komiljon Durdiyev viloyatda öz hayotini qişloq xöjaligini yuksaltirişga bağişlagan dastlabki olimlardan biri böldi, desak yanglişmaymiz.
Komiljon 1950 yilda Qöşköpir tumanining Örtayop qişloğida dehqon oilasida tuğilgan. Bolaligidan tuproq köçalarda öynab, köllarning böyidagi gözallikdan hayratlanib ösgan. Dala işlarida ota-onasiga kömakçi bölgan. Ekinlarning ösişi, paxta yetiştiriş sir-asrorlarini puxta örgangan.
Bölğusi olim maktabda ham, institutda ham aʼlo baholarga öqidi. Öqişni tugallagaç, uçastka agronomi, entomolog agronom kabi vazifalarda işladi. Aspiranturani tugallagaç, ilmiy işga qöl urdi. Nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, qişloq xöjaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
Har gal uning kamtarligi, bilimdonligi va samimiyligiga qoyil qolardim. U nomzodlikni yoqlagandan keyin ham tinib-tinçimas edi. Iş orasida Ğöza qator oralariga işlov beriş va don ekinlarini ekişga tayyorlaşga ixtisoslaşgan uskuna yaratdi.
Keyinçlik köpçilikdan “Qum yerlarda uy-joy qursak, termitlar köpayib, zarar yetkazmoqda”, degan gap-sözlarni eşitdi. Ayniqsa, qadimiy qalʼalarga ham bundan zarar yetayotgan edi. Holatga tomoşabin bölib turmasdan, Maʼmun akademiyasi qoşida taşkil etilgan “Termitlar tarqalişining oldini oliş va ularga qarşi kuraş çoralari” komissiyasi tarkibiga kirib, tajribalar ötkaza boşladi. Ularning erişgan yutuqlarida Komiljonning ham öziga xos xizmatlari bor, albatta.
Olim öz ilmiy işlari bilan ğöza agrobiotsennozidagi zararli organizmlar bioekologiyasini örganişda Özbekiston va Quyi Amudaryo mintaqasida ildizqirqar tunlamlarga qarşi kuraşiş usullarini takomillaştiriş işlariga ulkan hissa qöşdi.
Şuningdek, olim vohaning eng noyob mevasi bölgan oq tutni nobud qilmay yiğib-terib olişning tejamkor usuli va mevani quyoşda quritiş texnologiyasini yaratdi.
U hozir ham faol harakatda. Urganç davlat universiteti va Xiva şahridagi agrobiznes kollejida yoşlarga taʼlim beriş bilan bir qatorda, böş vaqtlarini tajriba maydonlarida ötkazadi. Izlanadi, yoşlarga öz bilganlarini örgatadi.
Komiljon Durdiyev yuqoridagilar bilan çeklanib qolmaydi. U özi yaşayotgan “Adolat” mahallasi “Keksalar maslahati” guruhining faol aʼzosi sifatida “mahalla yettiligi”ga kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş işlarida hamişa boş-qoşdir.
Yaşil makonlar yaratiş, tabiatni asrab-avaylaş yölida hamişa jon kuydiradi. Ezgu işlari bilan barçaga ibrat va namuna bölib kelayotgan qadrdonim, faol nuroniyga mustahkam salomatlik tilab, kelgusida ham bugungidek bardam va şaxdam holda yurişini tilab qolaman.
Sultonnazir Örozmetov,
“Nuroniy” jamğarmasi
Qöşköpir tumani
bölimi raisi.