“Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”

Bugungi kunda  dunyoda tahlikali murrakab vaziyat hukm surayotgan bir paytda mamlakatmizdagi tinç-osoyişta kunlarning qadriga yetib, bu dorilomon kunlarga şukrona aytib yaşaş —  jonajon Özbekistonimizning nonini yeb, suvini içib yurgan har birimiz uçun ham farz, ham qarzdir. 

“Biz bir bölsak — yagona xalqmiz,  Birlaşsak  —  Vatanmiz!”  degan edilar mamlakatimiz  Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Vatan taraqqiyoti yölida  barçamizni birlaşişga daʼvat etib.  Mamlakatimizning barça vatanparvar insonlari qatori biz, faxriy-ijodkorlar ham bu daʼvatga “labbay” deb javob berib,  Vatanimiz  ravnaqi va xalqimiz birligi yölida baholi qudrat xizmat qilib kelyapmiz. 

Zero, bugun mamlakatimizda faxriylarni qöllab-quvvatlaş, ularning ijtimoiy faolligini oşirişga qaratilgan izçil siyosat yuritilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz nuroniylarga ulkan işonç bildirib, ularni jadal islohotlarimizning natijadorligini taʼminlaş, yoşlarni barkamol avlod etib tarbiyalaş, amaldagi qonun va farmon, qarorlarning tölaqonli ijrosini taʼminlaşda joylarda jamoatçilik nazoratini faol olib borişga çorlamoqdalar. Bunga javoban faol faxriy keksalar bir joyda turib qolmay, “Keksalik — bekorçilik emas”  degan naqlga amal qilib, taşkilot va idoralarda, muassasalarda bölib, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oşiriş yölida kamarbasta bölmoqdalar. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 167-sonli, 2023 yilda 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 92-sonli qarorlari va yana qator hujjatlarning bu borada dasturilamal bölib kelayotganligini alohida qayd etiş joiz.

Şunisi quvonarliki,  ijtimoiy davlat tamoyili asosida joylarda inson manfaatlari taʼminlanib kelinmoqda. Mamlakatimizda  işga tuşirilayotgan va qurilayotgan korxonalar aholi bandligini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz  Şavkat Mirziyoyev 2024 yil 1 iyun kuni Buxoro viloyatiga taşriflari davomida Qoraköl tumanidagi “Yangi Özbekiston” massivini borib körib, bu yerda mahalla vakillari bilan suhbatlaşganda aholi tinçligi va farovonligini taʼminlaş borasida ajoyib fikrlarni bildirgan edilar. Jumladan “Mahallada “yettilik” hamfikr va hamjihat bölsa, işsizlik, jinoyat bölmaydi. Buning uçun ularda yetarli vakolat bor. Mutasaddi taşkilotlarni jalb etib, odamlarning daromad topişiga yordam beriş kerak. Maktabda taʼlim sifatidan xabardor böliş, bitiruvçilarni oliy taʼlimga, daromadli hunarlarga yönaltiriş zarur”, — degan edilar. 

Olib borilayotgan saʼy-harakatlar natijasida mahallalar, ulardagi oilalarning turmuş tarzi yanada yaxşilanib, oilalar kambağallikdan çiqarilmoqda,  yoşlarning muammolari bartaraf etilib,  tizimli ravişda kasb-hunarga yönaltirilmoqda. Bir söz bilan aytganda, yoşi uluğ insonlar iştirokida davom ettirilayotgan loyihalar amalda öz samarasini bermoqda. Şunday bölişi ham tabiiy. Negaki, yoşi uluğ, piri badavlat, hayotning aççiq-çuçugini totigan keksalar boş qöşgan har bir iş munosib meva berişi muqarrardir.

Biz, ijodkor faxriylar, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi hamda Respublika “Maʼrifat”  tarğibotçilar jamiyati aʼzolari sifatida “Nuroniy” jamğarmasining joylardagi bölimlari tomonidan taşkillaştirilayotgan “Uç avlod uçraşuvi”, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul”, “Qöşa qariş saodati”, “Kitobxonlik — oliy fazilat”, “Biz — uluğ ajdodlar avlodlarimiz”, “Faxriylar — faxrimiz” kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, şuningdek, qator ijodiy körik-tanlovlarda iştirok etib kelmoqdamiz. Şu kunlarda jadid bobolarimiz merosini örganiş va mamlakatimizda ötkazilayotgan “Kitobxonlik oyligi” tadbirlarida   ham faol iştirok etmoqdamiz. Jumladan,  joriy yil 10 aprel kuni uluğ jadid adibimiz, özbek romançiligining asosçisi Abdulla Qodiriy uy-muzeyida Renessans Universiteti pedagogik jamoasi va talabalari bilan  “Abdulla Qodiriy asarlarida xalqçillik — milliy özlikning ifodasi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda qatnaşib, ular bilan bu borada öz fikr-mulohazalarimizni örtoqlaşdik. Bundan taşqari, 15 aprel kuni  poytaxtimizning Yaşnobod tuman axborot-kutubxona markazida   “Buyuklar bolaligi” ruknida yaratilgan “Rayhonli bola yoxud Beruniyning yoşligi” nomli kitobimning taqdimoti  bölib ötdi.  Tumandagi 153-226-maktablarning 7-8-sinf öquvçilari bilan ötkazilgan “Ijod va tafakkur uçraşuvi” deb nomlangan mazkur tadbirda  taniqli nuroniy ijodkorlarimiz — isteʼdodli şoir “Döstlik” ordeni sohibi Tursun Ali, “Şuhrat” medali sohibi, ğazalnavis şoir Negmurod Guliyev, qissanavis yozuvçi va şoir  Samad Damin hamda taniqli bolalar şoiri, Xalqaro “Oltin qalam” mukofoti sohibi  Dilşod Rajablar iştirok etib,  öquvçilarga kitob mutolaasining ahamiyati, ijod masʼuliyati haqida qimmatli fikrlarini bildirdilar.

Bugungi kunda mahallalar va taʼlim muassasalarida “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan boş ğoyani özida mujassam etgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar keng jamoatçilik — yoşlar, nuroniylar va faxriylarni bir davraga jamlamoqda. Ona Vatanga munosib öğil-qizlar böliş, Yangi Özbekistonimizda yoşlar salohiyatini yuzaga çiqariş yölida yaratilgan şaroitlardan unumli foydalaniş bugun farzandlarimizning boş maqsadiga aylanişi zarur. Bu yölda yoşlarga yöl-yöriq körsatib turiş biz, faxriylarning burçimizdir. Har birimiz öğil-qizlarimiz kelajagiga masʼuliyat bilan qarasak, uşbu yönalişdagi tadbirlar, işlab çiqilgan reja va dasturlar tölaqonli darajada öz ijrosini topadi va albatta, közlagan maqsadlarimizga  erişamiz.

Barça faxriylar, turli sohalar vakillari  bir yoqadan boş çiqarib, qölni-qölga berib, özaro hamkorlikda iş olib borar ekanmiz,  farzandlarimizning bizdan-da kuçli, bilimli va dono avlod bölib yetişişlari şubhasizdir. Zero, barçasi — ahil va faolligimizga boğliq.

Zikrilla NEʼMATOV,

“Döstlik” ordeni sohibi, 1-darajali

“Mehnat faxriysi” kökrak nişoni  

sohibi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan