Bugun, 86 yoşida Toşkent viloyatining Olmaliq şahridagi faol nuroniylardan biri bölib, tadbirlarda iştirok etib kelayotgan Toştemir ota Abduxoliqov biz bilan suhbatda şunday dedilar: “Mening bolaligim davr olovlarida yonib ketgan, ammo keksaligim şukronalar bilan yoşarib, yaşnab turibdi”.
Darhaqiqat, otaning bolalikdagi orzulari to 25 yoşga yetguniça ham armonlarga öralib, dil tubida qolgan ekan. Ismining Toştemir ekani ham bejiz emas. Olti farzandi yöqlik, qaxatçilik sabab turli kasalliklar bilan uç yoşgaça vafot etgan ota-onaning “Şu yettinçimizning joni toşdan, temirdan bölsin” degan tilagi bois, Yaratganning marhamati bilan otaxon şu yoşga yetgan bölsalar, ne ajab?!
Rostdan ham, ismiga yaraşa Toştemirning bolaligi davr olovida yonib ketgan edi göyo. Uç yoşida otasi ommaviy safarbarlikka köra, front ortiga işlaş uçun olib ketilganda, onasi bilan yolğiz qolgan. Erini olis Rossiya şaharlaridan biridagi uruşga aslaha çiqaradigan zavodga işga kuzatgan Maysara ona Toştemirjoni bilan yangi kolxoz qurilişi uçun safarbarlikka röpara bölib, qişloğidan olisga köçibdi. To yangi boşpana topilgunça hamsafarlari bilan katta bir binoning yertölasida yaşaşga könibdi.
Toştemirning bolaligi maşaqqat olovida yondi. Ikkinçi jahon uruşi tugab, otasi yurtga qaytganida esa onasining kasallikka çalinib yotib qolişi yolğizgina Toştemirning bolaligini battar yondirdi. Onasining rangpar yuzlariga qarab ön yoşga ham yetdi. Uzoq vaqt otasiz yaşab qiynalgan Toştemir endi onasidan bir umrga ayrildi.
— Bu boş nimalarni körmadi, — deydi ota xotiralar ummoniga ğarq bölgança. — Uka-singillarim bölişini orzu qilardim, ammo bu ham armonligiça qoldi. Yigirma olti yoşimgaça nima yumuş bölsa işlab, institutda öqişni orzulab yurdim. “Oyning ön beşi qoronğu, ön beşi yoğdu bilan” degan gap bekorga aytilmagan. 26 yoşimda hozirgi Nizomiy nomidagi Özbekiston Milliy pedagogika universitetining geografiya fakultetiga sirtqi bölimga bölsa-da, öqişga kirganim, öşa yili ön yetti yoşli Muborak onangizga uylanganim men uçun yoğduli kunlarning boşlanişi bölganligi rost. Şundan buyon oradan 61 yil ötibdi. Bu orada ikki öğil, ikki qiz körib, kunlarim yanada nurga, yoğduga çömdi.
Taʼbir joiz bölsa, Muborak ona kelin bölgan kunlarining boşidanoq hovliga yoğdu soçib kirib keldi. Ikkovlon özaro riştalarni mustahkamlab, baxt-saodatli oila bunyod etiş umidida Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanidan Olmaliqqa yaxşiroq iş izlab keldilaru şu yerda muqim qoldilar. Tört farzandli bölganlarida Muborak ona ham turmuş örtoği öqigan oliy öquv yurtining talabasi böldi. Endi Toştemir ota geografiya fanidan saboq berar, Muborak ona esa boşlanğiç taʼlim muallimasi bölib işlay boşladilar.
Oiladagi muhabbat maʼrifat ziyosi bilan uyğunlaşgani sari xonadonga fayz, baraka ham kela boşladi. Toştemir otaning tez-tez takrorlaydigan gapi bor: “Ming şukr, bir edim — juft böldim. Keyin tört farzand topib, oltiga aylandim. Kelin-kuyovlarim bilan öntaga yetdim”.
Bugungi kunda Toştemir otaning 11 nafar nabira, tört nafar abirasi bor. Qarangki, nabiralarning ön nafari allaqaçon oliy maʼlumotli, bittasi hozirça talaba. Toştemir otaning orzu-armonlari röyob topib, şukronasi ortib bormoqda.
— Katta oilamizda farzand köpaygani sari quvonaveradilar, — deydi Muborak ona. — Asli maktabda muallimlik paytlarida ham öquvçilarini yaxşi körardilar. Yozgi taʼtil keldi, degunça maktab öquvçilarining amaliyot paytida işlagan pullarini undiriş va ularga rağbat tarzida sayohat yöllanmalarini oliş uçun idoralarga yugurardilar. Yöllanmani qölga kiritib, yonlariga bir-ikki muallimni olardilar-da, öttiz öquvçi bilan sayyoh bölib ketişardi. Bir gal Belorussiyaning Xatin qişloğiga borib kelişdi. Öquvçilarining tafakkuri tiniqlaşdi, şundan keyin uç marta Moskvaga, bir marta Tojikistonning Duşanbe şahriga, sölim Farğonaga, sir-asrorga töla afsonaviy Samarqandga ham sayohatlar uyuştirişdi. Tabiiyki, eng aʼloçi öquvçilarga nasib etadigan bunday sayyohlik safarlariga boriş ilinjida yuqori sinflarda aʼloçi, faol öquvçilar köpaya bordi. Öquvçilarga Vatan tuşunçasini teranroq anglatiş, dunyoqaraşining kengayişiga kömaklaşgan taşabbuskor Toştemir Abduxoliqov “Özbekiston xalq maorifi aʼloçisi” unvoni bilan taqdirlandi. Xullas, Toştemir otaning bilgani bilgan…
Öşa öquvçilarning köpi bugun yuqori lavozimlarda işlab, el xizmatidagi obrö-eʼtiborli insonlar hisoblanişadi. Ustozdan esa tez-tez xabar olib turişadi. Toştemir ota köpinça özining sinovlarda kuyib-yongan bolaligini eslab, öz yoşlik yillarini bugungi yigit-qizlarning hayotiga soliştirar ekan, davlatimiz rahbariga çin dildan rahmatlar aytadi, tinç va osoyişta, tökin hayot uçun şukrona keltiradi.
Otaxon sira böş ötirmaydi. Çoqqina tomorqasidagi sarxil meva daraxtlariga şakl beradi, ozuqa soladi, qöradagi qöylar, katakdagi tovuq hamda kurkalarga qarab, xursand böladi.
“Nuroniy” jamğarmasi Olmaliq şahar bölimi taşkillaştirgan uçraşuvlarga “Mehnat faxriysi” kökrak nişonini taqib borgan çoğida özgaça hurmat-ehtiromdan dili yayraydi. Bu kunlarga yetib keliş qançalar maşaqqatli bölganligini aytib, farovon kunlar uçun şukrona aytiş kerakligini yoş va örta avlod vakillariga tuşuntiradi, hamişa Vatan va xalq xizmatida kamarbasta böliş lozimligini uqtiradi.
Haqiqatan ham, hayotning aççiq-çuçugini totigan, yillar sinovlaridan mardonavor ötib, oila atalmiş mustahkam qörğon bunyod etgan, barkamol farzandlar, nabira-yu abiralarni voyaga yetkazgan Toştemir ota kabi nuroniylarning har bir sözi, amali çinakam maʼnoda, kamolot maktabidir.
Zamira RÖZIYEVA,
“Nuroniy ” muxbiri.