Hayot undagi bağrikeng, xuşfeʼl, odamoxun, fidoyi insonlar bilan gözal, aslida. Tiniq buloq suvi çanqoğingni qondirgani kabi yaxşi insonlar suhbatida bölgan çoğingda özingni yengil va xotirjam his qilasan. Ulardan kuç va ilhom olasan.
Qaşqadaryo viloyati Kökdala tumanidagi “Kökdala” mahallasida istiqomat qilib, 80 yoşni qarşilagan Juman bobo Şoyimov ana şunday zamondoşlarimizdan biri. Otaxon ötgan yillarini şunday xotirlaydi:
— Ayni kuçga tölgan yigitlik davrimiz Ikkinçi jahon uruşidan keyingi tiklaniş yillariga töğri keldi. Qornimiz töyib non yemaganmiz, töğrisi. Bir hovuç buğdoy közimizga tötiyo köringan. Hatto tirik qoliş uçun kunjara yeganlar ham bölgan. Yoşimiz ulğaygani sari hayotni teran angladik. Qariyb 30 yildan ortiq vaqt davomida “Xalqqa xizmat — oliy himmat” şiori ostida savdo sohasida faoliyat yuritdim. Öşanda qişloğimiz bilan tuman markazini boğlovçi yöl juda olis edi. Tuman markaziga borib, iş bitiriş uçun ikki-uç kunlab vaqtimiz ketardi.
Muhtaram Yurtboşimizning bevosita taşabbuslari bilan biz, keksalar orzu qilgan zamon keldi. Kökdala tumani taşkil etilib, bu yerda bir-biridan körkam va şinam binolar qurildi. Mehnatlarim inobatga olinib, I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlandim. Hozir Kökdalaga taşrif buyurgan mehmonlar bu yerdagi özgarişlarni körib, hayratdan yoqa uşlaşi tayin… Zamonaviy “Nuroniylar maskani”da keksalar uçun barça qulayliklar yaratilgan. Yaqinda mahallamizda tuman hokimi taşabbusi bilan “Nuroniylar çoyxonasi” binosi foydalanişga topşirilganligi nur ustiga aʼlo nur böldi. Bularning barçasi biz, nuroniylarga körsatilayotgan ğamxörlikning yorqin ifodasi bölib, dorilomon kunlarimizga şukrona aytib yaşamoqdamiz.
Juman boboning şukronasi zamirida ayni haqiqat yotadi. Otaxon pensiyaga çiqqandan söng ham xalq farovonligi yölida samarali mehnat qildi. “Kökdala” mahallasi raisining örinbosari bölib faoliyat yuritgan davrida mahallani obodonlaştiriş, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda katta hayotiy tajribalaridan foydalandi.
Otaxon katta bir oilaning sardori. 8 nafar farzand, 33 nafar nabira va 16 nafar evaraning suyukli bobosi. Ikkinçi guruh nogironi bölsa-da, qöltiqtayoq bilan mahallaning barça taşkiliy işlarida faollik körsatadi.
“Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi “Keksalar maslahati” jamoatçilik Kengaşi aʼzosi sifatida otaxonni goh maktabda, goh mahallada yoşlar bilan suhbatlaşib turganini körasiz. Juman boboga “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturi doirasida jami 5 ta kambağal oila, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” loyihasi doirasida 10 nafar ijtimoiy kömakka muhtoj yoşlar biriktirilgan. Otaxon mazkur loyihalar doirasida qator amaliy işlar bilan band bölib, oilalarni kambağallikdan çiqariş, eʼtibor, qöllab-quvvatlovga muhtoj yoşlarning hayotda öz örinlarini topişlarida bevosita kömak berib kelmoqda.
Bir söz bilan aytganda, bugungi kunda Juman bobo kökdalaning körkiga körk, hayotiga yanada farovonlik ulaşiş bilan boğliq saʼy-harakatlarda zimmasidagi masʼuliyatli vazifalarni faollik bilan ado etib, örta va yoş avlod vakillariga örnak bölib kelmoqda.
Şavkat SULTONOV,
“Nuroniy” muxbiri.