— deydi mehnat fronti faxriysi, isteʼfodagi podpolkovnik Mahmudjon ota Jörayev

 Xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bor” degan naql bor. Bugun oramizda yurgan, har bir sözi duo, har bir qadami ibrat bölgan nuroniylar yurtimizning fayzi va barakasi sanaladi. Namangan şahrining “Yangi asr” mahallasida yaşovçi frontorti mehnat faxriysi, içki işlar organlari tizimida köp yillar samarali xizmat qilgan Mahmudjon ota Jörayev ana şunday tabarruk insonlardan.

Mahmudjon ota 1930 yilda Namangan şahrida tavallud topgan. Uning yoşlik yillari uruşning oğir zahmatlari, front ortidagi tinimsiz mehnatlar bilan ötdi. 1951-1953 yillarda harbiy xizmat burçini ötab qaytgaç, öz taqdirini el tinçligi va osoyiştaligini asraşdek şarafli işga, içki işlar sohasiga bağişladi. 1953 yilda oddiy militsioner sifatida boşlangan xizmat yöli Toşkent oliy militsiya maktabidagi tahsil va viloyat IIB jinoyat qidiruv boşqarmasining bölim boşliği lavozimigaça bölgan maşaqqatli, ammo yuksak masʼuliyatli vazifalarni qamrab oldi.

Huquqşunos mutaxassisligiga ega bölgan Mahmudjon ota jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, profilaktika tizimini mustahkamlaş borasida Namangan viloyatida öziga xos maktab yaratdi. Uning köp yillik fidokorona mehnatlari munosib baholanib, 1984 yilda “podpolkovnik” maxsus unvoniga sazovor böldi.

Qahramonimiz ayni kunda sohaning tajribali vakili, balki namunali oila boşi hamdir. U kişi 11 nafar farzandni voyaga yetkazib, el xizmatiga qöşdi. Quvonarlisi, uning kasbga bölgan mehri va sadoqati farzandlariga ham köçdi, ulardan 3 nafari ota izidan borib, bugun içki işlar organlarida xalqimiz osoyiştaligi yölida xizmat qilmoqda. Otaxon davrasi farzandlari, 38 nafar nabira va 100 dan ortiq çevaralar bilan tölgan. Yuz bilan yuzlaşayotgan nuroniyning xonadonidan fayzu baraka arimaydi. Suhbatlaşsangiz, har bir sözida şukronalik ufurib turadi.

— Şu kunlarga yetkazganiga şukr, — deydi Mahmudjon ota duoga qöl oçib. — Bunday gözal va tinç zamonimizga köz tegmasin. Biz kabi keksalarga körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlikdan boşimiz osmonda. Yurtboşimiz omon bölsin, farzandlarimiz tinç-omon unib-össin.

Şunday duogöy nuroniylarimiz yoş avlod uçun haqiqiy sadoqat va matonat maktabidir.

Abdujabbor NABIYEV,

mehnat faxriysi,

Namangan viloyati.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan