Mamlakatimizda barakali umr yölini bosib ötib, 100 yoş bilan yuzlaşib turgan piru badavlat insonlar juda köp. Ana şunday insonlardan biri el suygan murabbiy Xudaybergan Bazarovdir.
Xudaybergan oğa Bazarov bugungi kunda 96 yoşga töldi. U bolalikdan tuğilib ösgan qişloği — Yangiyöl tumanidagi “Qoratepa” mahallasida istiqomat qilib, farzandlari, nevara-çevaralari qurşovida keksalik gaştini surmoqda.
Otaxon 1930 yil 3 mayda dunyoga kelgan. Otasi Bozorboy oğa dehqonçilik bilan kun keçirar, keyinçalik qişloğida taşkil etilgan jamoa xöjaligiga aʼzo bölgan edi. Onasi Jannat aya uy bekasi bölib, birin-ketin dunyoga kelgan 6 nafar — Ilyos, Turğunboy, Zeyne, Rohatoy, Xudaybergan, Ibrohim kabi farzandlarni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazgan.
Oilaning turmuşi amal-taqal önglanib kelayotgan paytda Ikkinçi jahon uruşi boşlanib, el boşiga ayriliq, musibatlar yoğila boşladi.
Xonadonning tönğiç farzandi Ilyos 1942 yili uruşga safarbar etildi. 1945 yil 11 aprelda bedarak yöqolgani xaqida qoraxat keldi. Bu musibat qarşisida xonadon boşliği Bozorboy bobo kasalmand bölib qoldi. Bu paytda oilaning voyaga yetgan qizi Zeyne oq-qorani tanigan, öqimişli, jamoa xöjaligining yetakçi qizlaridan biri edi. Boşqa farzandlar ham oilaga qanot bölişga harakat qilardi. Jumladan, ösmir yoşdagi Xudaybergan ham qişloq maktabida öqiş bilan birga, jamoa xöjaligida kuçi yetgan işlarda yordamlaşib yurardi. Xudaybergan oğa öşa oğir damlarni eslar ekan, şunday hikoya qiladi:
— Dalada frontga ketgan erkaklar örniga, asosan, ayollar, ösmir yoşlar mehnat qilar edi. Men ham bolalik paytimda kolxozçi onaxon, otaxonlarga yaqindan kömaklaşardim. U paytlarda texnika yetişmas, asosan, otlar kuçidan foydalanilar edi. Ayol kişi otga qöşilgan söqa bilan yer bağrini yumşatar, bizga öxşagan bolakaylar esa ot ustiga minib, jilovidan mahkam tutib, uni boşqarar edik. Mehnatimizga yaraşa töyib ovqat ham yemas edik. Onalarimiz yopib bergan zoğora, kezi kelganda, kepak nonlar bilan qorin töqlardik. Oila boşiga ölçab beriladigan oz miqdordagi buğdoyni yançib keliş uçun olis masofadagi suv tegirmonlariga qatnardik. Avariya holatidagi maktablarda taʼlim olganmiz. Saydali, Boltavoy, Zemfira, Jamol tengdoşlarim kabi turmuş qiyinçiliklariga qaramay, aʼlo öqigan sinfdoşlarimdan ortda qolmaslikka harakat qilardim. Bilimga çanqoq öquvçilardan edik.
El baxtiga uruş ham tugab, uning musibatlari, qiyinçiliklari ortda qola boşladi. Yoş Xudaybergan qişloqdagi 7 yillik maktabni tugatgaç, ilk taʼlim bergan ustozi Adilbay Beysenbayev kabi öqituvçi böliş niyatida Toşkent şahriga yöl oldi. Dastlab poytaxtdagi bilim yurtiga öqişga kirib, uni muvaffaqiyatli tugatdi. Bir muddat boşlanğiç sinf öqituvçisi bölib işladi. Söng bilimini oşiriş maqsadida, hozirgi Nizomiy nomidagi TDPUning fizika-matematika fakultetiga öqişga kirib, mazkur oliy dargohni 1952 yili tugatdi. Uç yil muddat mobaynida OTM yöllanmasi bilan viloyatning olis qişloqlarida öz mutaxassisligi böyiça öqituvçilik qildi. Bu yillarda uning ota-onasi vafot etgan, özi esa Melixon ismli qiz bilan ahdu paymon qilib, yangi turmuş boşlaşgan edi.
Şuni taʼkidlaş lozimki, qiyinçiliklarni yengib ötişida yoş Xudayberganning katta opaçasi Zeyne unga yaqindan kömaklaşdi. U öz tuğilib ösgan qişloğiga qaytgaç, Muqimiy nomidagi 17-umumiy örta taʼlim maktabida dars bera boşladi. Unga yoşlikdan taʼlim bergan Belgi Mirzahmedov, Hamro Yunusov, Aristan Balğabayev, Tangat Turkebayev, Mahmudjon Ergaşev va yana qator ustozlari safida turib, öz hamqişloqlari farzandlarini mehr berib öqitişdan sira-sira çarçamadi. Şuningdek, Saydali Ğaniyev, Mahamat Yakubov, Hamza Örazbekov, Barot Risdavletov, Ubaydulla Abdurahmonov, Tölan Örolov, Raşida Xalitova, Polina Solovyova, Lyudmila Kim, Maʼmir Öngarboyev, Abdumalik Böriyev, Rahima Qöçqorova, Ramil Saxabutdinov, Raʼno Ergaşeva, Asiya Yunusova, Haydar Asqarov, Gulçehra Pölatova, Dilorom Nurmatova, Lazokat Botirova, Darixa Örmonova, Hurmatoy Ergaşeva, Şinnigul Mirzaxmedova, Rahim Qipçakboyev, Marat Anarbayev kabi safdoşlari bor ediki, ular bilan doimiy ravişda özaro tajriba almaşib, öz pedagogik mahoratini oşirib borardi.
Öşa kezlari qişloq maktabida taʼlim olgan Sarvar Qöçqorov, Abdurazzoq Mahamatov, Zokir Mirzahmedov kabi iqtidorli öquvçilar keyinçalik oliy taʼlimni muvaffaqiyatli bitirib, fan nomzodligi dissertatsiyalarini yoqlab, turli oliygohlarda faoliyat körsatganlar.
Xudaybergan oğa Bazarov salkam yarim asrlik pedagogik faoliyatida katta öqituvçilik maqomiga erişgan. Uning samarali mehnatlari yuqori taşkilotlarning faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Tinimsiz xizmatlariga nisbatan eʼzozu ehtirom bugungi kunda köplab şogirdlarining ğamxörliklarida namoyon bölmoqda. Har bir şogirdning mehr-muruvvatidan ustozning qalbi toğdek yuksaladi.
Sadoqatli umr yöldoşi Melixon aya bilan qariyb 60 yillik birgalikdagi umrlari davomida Töraboy, Olim, Gulnora, Rustam, Sayyora, Ğayrat, Furqat, Şavkat kabi sakkiz nafar farzandni voyaga yetkazib, el koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyaladilar. Şunisi quvonarliki, Gulnora, Sayyora kabi farzandlari ota izidan borib, öqituvçilik kasbini bir umrga eʼzozladilar. Ne baxtkim, bu kun 96 yoşni qarşilagan el ardoğidagi murabbiy Xudaybergan oğa Bazarov nafaqat suyukli farzandlari kamolini, balki nabira va çevaralarining va şogirdlarining ham baxtli damlarini, bugungi Yangi Özbekiston davrining dorilomon kunlarini, eʼzozu eʼtiborini körmoqdalar.
Darhaqiqat, otaxonning asrga teng bosib ötgan ibratli hayot yöli har bir insonga namuna, desak aslo mubolağa bölmaydi.
Yusup Mamadiyorov,
faxriy pedagog.