Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi, akademik Azizxon Qayumov hayot bölganida bu yil 100 yoşga tölardi.
Azizxon Qayumov 1926 yil Qöqon şahrida dunyoga kelgan.1949 yil Örta Osiyo davlat universitetining Şarq fakultetini tugatgan. 1949 yildan boşlab Şarq qölyozmalarini örganiş institutida kiçik ilmiy xodim, Şarqşunoslik institutida ilmiy kotib, Til va adabiyot institutida direktor lavozimlarida işlagan.
Aziz Qayumov rahbarligida köplab fan nomzodlari va fan doktorlari yetişib çiqqan bölib, ular hozirgi kunda respublikamiz ilm-fanini yuksaltiriş yölida munosib xizmat qilmoqdalar.
Aziz Qayumovning xizmatlari davlatimiz tomonidan yuksak baholanib, “El-yurt hurmati” (2003), “Özbekiston belgisi” (1995), “Şuhrat” medali (1995), “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni (2014) bilan taqdirlangan.
Quyida eʼtiboringizga havola qilinayotgan suhbat 2008 yilda eʼlon qilingan bölib, unda Aziz Qayumovning xotiralari jamlangan.
Dor ostidan qaytiş…
Men 1926 yilning 19 yanvarida Qöqon şahrida bor boyligi kitobu qölyozmalardan iborat bölgan ziyoli oilada dunyoga keldim. Otamning bobosi Abdurahim Mirzo Qöqon xoni saroyida mirzaboşi bölgan. XIX asrning ikkinçi yarmida xonlar tez-tez almaşib turgan. Yangi taxtga ötirgan xonlardan biri Abdurahim Mirzoni ham avvalgi hukmdorning odami deb ölimga hukm qilgan. Katta bobomizni dorga olib ketişayotganda, şahar ahli norozilik bildirib, xondan hukmni bekor qilişni talab etgan. Xon çopar yuborib, katta bobomni dor ostidan qaytargan… U kişi haqida Qöqon xonligi tarixiga oid “Ansob us-salotin” kitobida ham maʼlumot bor. Abdurahim Mirzoning öğillari, yaʼni mening bobom Abduqayum Mirzo xattotlik bilan şuğullangan. Toşkentda toşbosma usulida kitob çop etiş endigina yölga qöyilgan davrlar. Bobomiz Hofiz, Navoiy, Fuzuliy, Bedil devonlarini husnixat bilan köçirib bergan va ana şu qölyozmalar litografiya usulida köpaytirilgan. Bobomiz köçirgan kitob nusxalari hozir ham Şarqşunoslik institutida saqlanadi.
Akademiklarni tarbiyalagan muallim
Dadam — Özbekistonda xizmat körsatgan öqituvçi Pölatjon domla Qayumov bir umr muallimlik qilib ötganlar. Şoir Hamza bilan yaqin qadrdon bölgan dadam Qöqonda usuli jadid — yangi usuldagi maktab oçganlar. Bu maktabdan keyinçalik Özbekiston Fanlar akademiyasi prezidentlari, ikki zabardast olim — Ubay Orifov va Teşa Zohidov yetişib çiqdi.
Dadam uç kitobdan iborat “Tazkirayi Qayumiy”, “Qöqon tarixi va uning adabiyoti” asarlarini yozganlar. Forsiyzabon ijodkorlar haqida özbek tilida ikki jildlik “Tazkirat uş-şuaro” qomusini tuzganlar, uçta yirik tazkirani forsçadan özbek tiliga ögirganlar.
Onam Adolatxon Qayumova ham xat-savodli, adabiyotdan yaxşi xabardor ziyoli ayol edilar.
Bolalikdan uyimizda şeʼrxonlik majlislari köp bölardi. Dadam Navoiy, Fuzuliy, Maşrab ğazallarini xuddi Qurʼon tilovat qilgandek çiroyli ohang bilan öqirdilar. Ğazal ohanglari hali ham quloğim ostida jaranglaydi. Darvoqe, marhum ukam — filologiya fanlari doktori, professor Laziz Qayumov ham dadamizning taʼlim-tarbiyalarini olib ilmda yuqori poğonalarga kötarildi.
Çarxiyning suyukli şogirdi
Könglimda ijod va adabiyotga muhabbat juda erta uyğondi. Maktabda öqib yurgan paytimdanoq unça-munça şeʼrlar maşq qilib turardim. Maktabda qölimga qalam tutqazib, xat-savodimni çiqargan inson — Qöqonda donği ketgan til va adabiyot muallimi Hamzaxon Abbosov edi (Özbekning maşhur rejissyori bölib yetişgan Şuhrat Abbosov şu kişining jiyani böladi).
Yodimda, maktab davrida Qayum Pölat ismli adabiyot muallimi Alişer Navoiy haqida ikki soat dars ötdi. Ana şu ikki soatgina saboq butun umrga tatidi deyiş mumkin. Özim uçun Navoiyning yangi qirralarini kaşf etdim. Könglimga Navoiy ijodini çuqur örganişni tugdim.
Kunlarning birida aruz vaznida yozgan şeʼrimni yurak yutib Çarxiy domlaga olib bordim. Çarxiy Qöqon adabiy muhitining yetakçisi, juda obröli şoir edi. Şeʼrim u kişiga maʼqul tuşdi. Ertaga keling, u yoq-bu yoğiga qalam urib tahrir qilib qöyaman, dedilar. Domla körib bergan şeʼrim Qöqon şahri va Farğona viloyati gazetasida çop etildi.
Çarxiy domla bilan u kişining vafotiga qadar ustoz — şogird bölib qoldik. Mumtoz adabiyotimiz qomusi bölgan bu insondan köp saboqlar oldim.
“Ğazal muallifini topib kelinglar!”
Yoşligim oçarçilik, qahatçilik davriga töğri keldi. Har köça, har xonadonda mudhiş uruş kölankasini köriş mumkin edi. Ana şunday oğir paytda öninçini “aʼlo”ga bitirdim. U mahallar “aʼlo” attestat bilan sobiq Ittifoqdagi barça oliy öquv yurtlariga imtihonsiz kiriş mumkin edi. Ammo qölimda hujjat boru, Qöqonda universitet yöq! Toşkentga boray desam, zamon oğir. Şundan keyin Qöqon neft texnikumiga öqişga kirdim.
Texnikumda öqib yurgan paytimda hayotimni özgartirib yuborgan hodisa röy berdi. Öşa paytda Özbekiston rahbari bölgan Usmon Yusupov Çarxiy domla bilan juda qadrdon edi, Qöqonga yöli tuşsa, albatta yöqlab ötardi. Bunday uçraşuvlar esa qöşiq va şeʼrxonliksiz ötmasdi. Ana şunday taşriflardan birida Fazliddin qori degan hofiz mening ğazalim bilan qöşiq kuylaydi. Qöşiq Usmon Yusupovga maʼqul tuşadi, ğazal muallifini topib kelinglar, u bilan gaplaşmoqçiman, deydi. Usmon Yusupov men bilan suhbatlaşgaç, Toşkentga borib öqişni maslahat berdi.
Qibraydan universitetgaça piyoda qatnardim
Usmon Yusupovning çorlovi bilan Toşkentga keldim. U kişi meni öz farzandidek oilasiga qabul qildi. Men Qibrayda Usmon Yusupovning yozlik boğida yaşay boşladim, Örta Osiyo davlat universitetining şarq fakultetiga öqişga kirdim.
Fakultetimiz hozirgi Toşkent yuridik instituti binosida joylaşgandi, joy yetişmasligidan ikkinçi smenada öqirdik. Dastlab öqişga piyoda qatnaşga töğri keldi. Qibraydan yayov yölga tuşib, ikki yarim soat deganda, Salordagi tramvay bekatiga — hozirgi Puşkin maydoniga kelardim. U yerdan tramvayga ötirib, fakultetga amallab yetib olardim. Yöl köp vaqt olardi. Şu sabab, ikki juft darsdan keyin uçinçisiga kirmasdan yana orqaga qaytardim…
Keyinroq Usmon Yusupovning Toşkent markazidagi uyiga (u yerda hozir Indoneziya elçixonasi joylaşgan) köçib ötdim. Beş yillik talaba hayotim şu yerda keçdi.
Öşa mahallar men yozgan bir neçta muxammas va ğazalni xalq hofizlari — Jöraxon Sultonov va Maʼmurjon Uzoqov qöşiq qilib aytdi. Bu endigina adabiyot ostonasida turgan talaba uçun katta yutuq edi.
Xarobadan topilgan xazina
Universitetni 1949 yili qizil diplom bilan tugatdim. “Ismat Buxoriyning ijodiy merosi” mavzusida bitiruv işi yozdim. Meni Özbekiston Fanlar akademiyasi Şarqşunoslik institutiga işga yuborişdi. Şu yerda yana bir ustozim, akademik Vohid Zohidov bilan tanişdim…
Şoir Maxmur hayoti va ijodi böyiça juda kam maʼlumotga ega edik, fanga uning “Hapalak” şeʼrigina maʼlum edi. Maxmur ijodiga qiziqib yurgan paytlarim Qöqonda yangi devon topilgani daragini eşitib, zudlik bilan yetib bordim. Bir kişi xaroba uydan qölyozma topib olibdi. U kimga qaraşli ekaniyu, nimalar yozilganini bilmaydi, arabiy xatni öqiyolmaydi ham. Yaxşiki, öz vaqida bundan xabardor böldik. Aks holda, nodir devon yöq bölib ketişi ham mumkin edi-da. Bu adabiyot ahli uçun yangilik böldi. 1954 yili Maxmur ijodi böyiça nomzodlik işini himoya qildim.
Bu orada Nodira, Uvaysiy töplamlarini çop ettirdim, Ğoziy, Hoziq kabi qöqonlik şoirlar hayoti va ijodini tadqiq qildim.
Bir neça yillik izlanişlardan keyin 1961 yili “Qöqon adabiy muhiti” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladim. Dissertatsiyaga hakamlik uçun Ozarbayjondan taniqli olim Hamid Oraslini taklif etdik. U kişi dissertatsiyani ijobiy baholadi.
Doktorlik işim tanqidga uçragani ham bor gap. Ayrim siyosiy huşyor kişilar “saroy şoirlari” haqidagi yozganim uçun meni ayblab çiqişdi. U mahallar mumtoz adabiyot vakillarining aksariyatiga “saroy şoiri” tamğasi qöyilgan va ular haqida ijobiy fikr aytiş imkonsiz edi. Ana şu mafkura taʼsirida Bobur, Amiriy, Ubaydiy, Feruz kabi şoirlar eʼtibordan çetda qolgandi…
Qadimiyat obidalari
1960 yillarda oliy öquv yurtlari uçun qadimgi davrdan to hozirgaça adabiyot tarixi darsliklarini yaratdik. Bu orada adabiyotimizning eng qadimgi davrlariga qiziqib qoldim. Jahonga maşhur Örxun-Enasoy bitiklari, “Devonu luğotit turk” asarini örganib çiqdim. Şu asosda 1972 yili “Qadimiyat obidalari” kitobim naşrdan çiqdi. Öşa yillari Beruniy, Ibn Sino kabi allomalar asarini örganişga kirişdik. Ibn Sinoning Yevropada örta asrlarda darslik sifatida öqitilgan köp jildlik “Tib qonunlari” tarjimasida qatnaşdim.
Alişer Navoiy asarlari xususida kitob yoziş bolalik orzum edi. Ammo jiddiy hozirliksiz bu mavzuda qalam tebratiş amri mahol ekanini yaxşi bilardim. Uzoq tayyorgarlikdan keyin — 1975 yili “Xamsa”ning beşinçi dostoni “Saddi Iskandariy” xususida monografiya yozdim. Ilk muvaffaqiyat meni ruhlantirib yubordi. Şundan keyin asosiy diqqat-eʼtiborni Navoiy ijodini örganişga qaratdim. Ötgan yillar mobaynida “Xamsa” beş dostoniga bağişlangan beşta monografiyam çop etildi. Keyinroq Navoiyning kam örganilgan asarlari ustida işladim. Ana şu izlanişlar asosida “Nodir sahifalar” kitobim dunyo yuzini kördi. Alişer Navoiy ijodini, asarlarini örganib, köpdan qidirganimni topgandek böldim.
Sabr va şukr — hayotiy qoidam
1970 yillarda madaniyat institutida dars berayotgan paytimda talabalardan biri: “Ciz Alişer Navoiy haqida şunday tölqinlanib gapiryapsizki, bu bilan uni ideallaştirişga urinayotgandeksiz”, deb eʼtiroz bildirib qoldi. Men javobni qisqa qilib, talabaga maşhur şarqşunos olim Bertels fikrini eslatdim: “Navoiy şunday dahoki, uni ideallaştirmaslikning imkoni yöq!”
Çindan ham, hayotda nimaiki muammo bölsa, unga Navoiy hikmatlaridan javob topiş mumkin. Uluğ şoir “Hayrat ul-abror”ning ikkinçi maqolotida imonning asosi sabr va şukrdan iborat ekanini yozadi. Hayotda nima röy bersa, sabrdan çekinma, yaxşilikdan xursand bölib ketma, musibatdan ezilib özingni yöqotma, deya nasihat qiladi şoir. Özim ham har qanday oğir holat, turli taşviş yoxud musibatlarga röbarö bölganda sabr va şukrga suyanaman.
Yana bir hayotiy qoidam — duşmanlik, hasad, adovatdan yiroq böliş. Bu borada Navoiyning:
“Olam ahli, bilingizkim, iş emas duşmanliğ,
Yor öling bir-biringizga, ki erur yorliğ iş”
hikmatini doim takrorlab yuraman.
Uşalmas va uşalgan orzular
Şukrki, maʼrifatli ota-ona qölida tarbiya kördik. Öz vaqtida ularning hurmatlarini joyiga qöydik. Ammo yoş bir joyga borib öylab körsam, baribir ota-onaga körsatiladigan hurmatning mingdan birini ham qilmagan ekanmiz. Eng baxtiyor insonlar — ota-onasi barhayot insonlar. Yoşlarga ota-onani ğanimat bilib, ularga xizmat qilib qoliş va duolarini oliş kerakligini eslatib ötmoqçiman. Qani endi ota-onam tirik bölsalaru, ularga yana yaxşiliklar qilsam, deyman…
Yana bir orzum, asarlarimni jamlab çiqariş edi. 2008 yildan beri Alişer Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida “Asarlar”im çiqa boşladi. Hozirça beş jildi çop qilindi, möljal böyiça “Asarlar” ön beş jildga yetadi. Öquvçilar Navoiy, Bobur, Huvaydo, Furqat, Ogahiy kabi şoirlar, Xorazmiy, Farğoniy, Beruniy, Ibn Sino, Uluğbek singari olimlar haqidagi kitoblarim, mumtoz adabiyotga oid maqola va tarjima asarlarimning töldirilgan, qayta işlangan varianti bilan tanişadilar.
Talabalikdan qolgan odatim — har kuni erta tongda beş sahifa yozaman. Hatto çet el safarlariga çiqqanimda ham ana şu odatni kanda qilmaganman. Negaki, yoziş men uçun — köngil amri, qalb ehtiyoji…
Abdul Sobir suhbatlaşdi.
2008 yil.
kh-davron.uz saytidan olindi.