Umar Xayyomning “Navröznoma” asari uning tarixni, etnografiyani, xalq urf-odatlarini juda mukammal bilganligidan dalolat beradi. Biz bu asarda Navröz bayrami bilan boğliq bölgan juda köp odatlar, hodisalar, afsonalarga duç kelamiz.

Xojai hakim, davr faylasufi, malikul hukamo Umar ibn Ibrohim ul-Xayyom bunday deydi: “Men aql barkamolligi nuqtai nazaridan qaraganimda sözdan möʼtabarroq va kalomdan buyukroq heç narsani topmadim, çunki undan afzalroq biror narsa bölganda edi, haq taolo payğambarga — sallollohu alayhi vasallamga öşa narsa bilan murojaat qilgan bölardi. Arab tilida: “hayotda eng yaxşi suhbatdoş — kitob”— deyilgan. Öz söziga vafodor bir yaxşi döstim mendan Navrözning joriy etilganligining sababini tuşuntirib berişni va qaysi podşoh tayin qilganini söradi. Men iltimosni qabul qildim va unga buyukligi buyuk yordamida uşbuni inşo etdim”. Albatta, hozirgi zamonda ötayotgan Navröz bayrami bilan Umar Xayyom tasvirlagan davrdagi Navröz bayrami orasida katta farqlar mavjud.

Umar Xayyom bu risolada nafaqat etnograf, tarixçi, balki bilimdon tabib sifatida ham körinadi. U inson organizmining fasldan faslga ötganda özgarişini hisobga olib, eng kerakli tibbiy maslahatlarni beradi.

“Navröznoma” juda köp foydali tomonlari bilan bugungi kunimiz uçun ham ahamiyatli asardir. Bu kitobda Navröz haqidagi haqiqat, Ajam podşohlari davrida u qaysi kunda bölgani, qaysi podşoh joriy qilgani va nega uni nişonlaşlari hamda podşohlarning boşqa odatlari, şuningdek, ularning barça işlarda tutgan yöllari körsatiladi.

Şuningdek, kitobda Navröz bayramining taşkil qilinişiga sababçi bölgan omillar quyidagiça ifodalanadi. Asarda Umar Xayyom sabablarini quydagida keltiradi: 1. Navrözning joriy qilinişi sababini aytsak, u şundan iboratki, Oftobning ikki aylanişi mavjud, ulardan biri quyidagiça: Oftob har uç yuz oltmiş beş kunu keça-kunduzning törtdan birida Hamal burjining birinçi daqiqasiga çiqib ketgan paytining özida yana qaytib keladi va har yili bu davr kamaya boradi. Jamşid bu kunni tuşungandan keyin Navröz deb atadi va bayram qilişni odatga aylantirdi. Podşohlar va boşqa odamlar ham uni qabul qildilar.

Aytişlariça, birinçi Ajam podşosi Kayumars podşoh bölgandan keyin yilning kunlari va oylariga nom berişga hamda odamlar bilsin deb yilnoma joriy qilişga qaror qilgan. U tongda Oftob Hamal burjining avvalgi daqiqasiga kirgan kunni aniqlab, ajam mubadlarini yiğdi va yil hisobini şu paytdan boşlaşni buyurdi. Mubadlar yiğildilar va yil hisobini şu paytdan boşlaşni joriy qildilar.

Risolada yozilişiça, öşa zamonning olimlari bölgan ajam mubadilarning aytişiça, buyuk va muborak Izid ön ikki farişta yaratdi, ulardan törttasini ahramanlardan qöriqlaş uçun osmonga yubordi, törttasini ahramanlarni Qof toğidan ötkazmaslik uçun jahonning tört burçagiga yubordi, törtta fariştaga esa osmon va yerda yurib odamlardan ahramanlarni haydab turişni buyurdi. Ularning aytişiça, bu dunyo özga bir dunyoning içida xuddi eski qasrdagi yangi uy kabi joylaşgan va Izid nurdan oftobni yaratib, u bilan osmonu yerni parvariş qilgan.

…Deydilarki, buyuk va muborak Izid oftobning nurlari va keltiradigan foydasi hamma narsaga tegsin deb oftobga öz joyidan qözğalişni buyurganda, u Hamalning boşidan çiqib, zulmat nurdan ayrildi, keça va kunduz paydo böldi.

… Ajam podşohlari şu paytda Oftobni uluğlaş uçun, şuningdek, har kim bu kunni topa olmasligini hisobga olib, uni belgilab qöydilar, bayram joriy etdilar va hamma bu sanaga rioya qilsin degan maqsadda barçaga maʼlum qildilar. Deydilarki, Kayumars yil hisobining boşlanişi sifatida bu kunni joriy etganda, uç yuz oltmiş beş kun içida oftobning bir aylanib çiqişi röy beradigan quyoş yilini har biri öttiz kundan iborat ön ikki oyga böldi va ularni buyuk va muborak Izid dunyoga yuborgan ön ikki farişta nomi bilan atadi. Söngra, u uç yuz oltmiş beş kunu keça-kunduzning çoragidan iborat uluğ davrni “uluğ yil” deb atadi va uni tört bölakka böldi.

Katta yilning tört bölagi ötganda katta Navröz böladi va dunyoning holati yangilanadi. Podşohlarning bir odati bor: yil boşida ular yaxşilikka fatvo beriş va sanalarni belgilaş hamda maişat uçun maʼlum marosimlar ötkazişlari zarur. Kimki Navröz kuni bayram qilib quvonsa, keyingi Navrözgaça xurram böladi va faroğatda yaşaydi. Podşohlar uçun bu odatni olimlar belgilab berişgan.

Turkistonni Jayxun daryosidan to Çin va Moçingaça Turga, Rum yerini Salmga, Ajam va öz taxtini — Erajga berdi. Şunday qilib Turkiston, Rum va Ajamning barça podşohlarining kelib çiqişi bitta, bir-birlari bilan qarindoşdirlar, çunki ularning hammasi Afridun avlodidir. Şuning uçun barça insonlar podşohlar şarafiga marosimlarni ötkazişlari zarur, zero, ular Afridun uruğidandirlar. Uning zamonasi va Guştaspgaça bölgan boşqa barça podşohlarning zamonasi tugagandan söng, Guştasp podşohligining öttizinçi yili ötganda Zardöşt paydo böldi va gabr dinini olib keldi. Guştasp uning dinini va içimlik mayini qabul qildi. Afridun bayramidan öşa paytgaça töqqiz yuz qirq yil ötdi. Oftob Aqrab burjiga kirganda, Guştasp kabisa qilişga buyurdi va buning natijasida farvardinni Oftobning Saraton burjiga kirgandan boşlab bayram qilina boşlandi. Guştasp Navrözni ana şu kuni bayram qiliş kerak, çunki Saraton — mehnat uçun saodatmand burj, dehqon va qorandalarga şu vaqtda ölpon tölaşga imkon beriş zarur, şunda ularga yengillik böladi, deya bayramni şu kunga belgiladi. Söngra, u, yillar ham aniq bölsin va odamlar öz vaqtlarini sovuqda ham, issiqda ham bila olsinlar deb, har yuz yigirma yilda kabisa qilişga buyurdi. Bu odat to Zulqarnayn deb ataluvçi Iskandar Rumiy zamonasigaça davom etdi. Şu paytdan boşlab odamlar kabisani nişonlamay qöydilar va mazkur odat qaror topgunça nima iş qilgan bölsalar, öşanday işni qilaverdilar. Bu Ardaşer Bobakon zamonasigaça davom etdi, u yana kabisani qaror toptirdi va katta bayram uyuştirdi.  Bu haqda ahdnoma tuzdi va şu kunni Navröz deb atadi.

Odamlar bu bayramni to Nöşiravoni Odil zamonasigaça nişonladilar. Madoyin ayvoni bitganda Nöşiravon Navröz bayramini öşa zamon odatlari böyiça ötkazdi. Ammo u kabisani qaror toptirmadi. U Oftob aylaniş davrining oxirida Saratonning birinçi kuniga yetmagunça odamlar bu işni qilmasinlar, toki Kayumars va Jamşidlarning körsatmalari oradan kötarilsin, dedi. Şunday degandan söng kabisa qilmadilar. Bu Oftobni kuzatib turiş va har yili Oftob Hamal burjiga kirganda Navrözni bayram qilişni buyurgan Maʼmun zamonasigaça davom etdi. Şunday qilib “Ziç-i Maʼmuniy” tuzildi va şu paytgaça yil hisobini şu ziç yordamida bajaradilar. Bu to Mutavakkil zamonasigaça davom etdi. Mutavakkilning Muhammad ibn Abdal-Malik degan vaziri bor edi, u Mutavakkilga örim soliği şunday vaqtga töğri kelyaptiki, uni amalga oşiriş ğalla vaqtidan uzoq bölayapti va bu odamlarni qiynayapti, Ajam podşohlarining odatiça, odamlar hosil yiğilgandan keyin soliq tölaş paytida qiynalmaslik uçun yilni öz örniga qaytarmoq maqsadida kabisa qiladilar, deb aytdi. Mutavakkil rozilik bildirib, kabisa qilişga buyurdi va Oftobni Saratondan farvardinga qaytardilar. Şundan keyin odamlar tinçlanib yana öşa odatga rioya qila boşladilar.

Şundan keyin Seiston amiri Halaf ibn Ahmad boşqa kabisani joriy qildi. Öşa davrdan bizning zamongaça ön olti kun farqlana boşladi. Saodatmand va din tayançi Sulton Malikşoh bundan xabar topib eski kabisani joriy etiş va yilni öz joyiga qaytarişga buyurdi. Buning uçun öşa zamondagi Xuroson olimlarini çaqirtirdi. Ular kuzatiş uçun barça işlarni bajardilar — devorlar kötarişdi, usturlab örnatdilar va şunga öxşaş işlarni amalga oşirib, Navrözni farvardinga köçirdilar.

Umar Xayyomning “Navröznoma” asari bilan tanişiş asnosida  yil oylarining öşa davrdagi nomlari haqida maʼlumotlar oliş mumkin. Masalan, “Farvardin oyi — “farvardin” — pahlaviyça söz va uning maʼnosi aynan jannatlar bölib, bu oy ösimliklar ösişining boşlanişidir. Bu oy Hamal burjiga oid. Binobarin, oyning boşidan to oxirigaça oftob şu burjda böladi.

Urdbihişt oyi —  bu oyni urd bihişt deb atadilar, bu oyda özining kökarişi ila jannatmonanddir, urd pahlaviy tilida “monand” degani. Oftob bu oyda haqiqiy aylanişi böyiça Savr burjida böladi. Bu oy bahorning örtasidir.

Xurdad oyi  — odamlarni buğdoy, arpa va mevalar bilan boqadi. Oftob bu oyda javzo burjida böladi.

Tir oyi — bu oyni “tir” atadilar, çunki bu oyda buğdoy, arpa va boşqa narsalarni taqsim qiladilar. Oftobning avji pasaya boşlaydi. Saraton burjida böladi. Bu oy yoz oyining birinçisidir.

Murdod oyi — tuproq berdi, yaʼni unda yetilgan meva va sabzavotlarni berdi. Yana bu oyda havo tuproq tözoniga öxşaydi. Bu oy yoz örtasidir. Oftob Asad burjida böladi.

Şahrivar oyi — bu oyni şahrivar deydilar, çunki bu daromad oyidir, yaʼni podşohlarning daromadlari şu oyga töğri keladi. Bu oyda dehqonga ölpon tölaş oson. Oftob Azro (Sunbula)da böladi. Bu yozning oxirgi oyi.

Mehr oyi  — bu oyni mehr deyişadi, çunki u insonlar örtasidagi döstlik oyidir va pişgan barça meva va boşqa narsalar hamda özlarining uluşlariga tekkanini birga baham köradilar. Oftob bu oyda Mezonda böladi, yaʼni kuzning boşlanişidir.

Obon oyi, yaʼni bu oyda boşlangan yomğirlardan suv köpayadi va odamlar ekinlarini suğoradilar. Oftob bu oyda Aqrabda böladi.

Ozar oyi — pahlaviy tilida ozar “olov” deganidir. Bu oyda ob-havo soviy boşlaydi va olovga muhtojlik paydo böladi, yaʼni bu olov oyidir. Oftob bu oyda Qavs burjida böladi.

Day oyi — pahlaviy tilida “day” devni anglatadi. Bu oyni “day” deyişlariga sabab, u qahrli va bu oyda yer kökarişdan yiroqdir. Oftob Jadida böladi. Bu qişning birinçi oyi.

Bahman oyi — öşanga öxşagan, degani. Çunki bu oy öşa day oyiga öxşab sovuq va quruqdir. Oftob bu oyda Zuhal xonasida, dalvning jadi bilan tutaş yerida böladi.

Isfandarmuz oyi — bu oyni “isfandarmuz” deydilar, “isfand” pahlaviy tilida mevani anglatadi, bu oyda mevali daraxt va ösimliklar kökara boşlaydi. Oftob bu oyda oxirgi Hut  burjiga yetib keladi.

… Umar Xayyom özining “Navröznoma” asarini quyidagiça sodda, ravon tilda yakunlaydi: Navrözning kelib çiqiş tarixi mana şu. Bularning hammasini biz ajdodlarimizning kitoblaridan topdik va olimlardan eşitdik.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan