Oydin Hojiyeva, Özbekiston xalq şoiri.

Hoji bobo

Otam, yaʼni Hoji boboning otalari Otamurod bobo kambağal ötgan ekan. Öğillarini uyli-joyli qilişga ham qurbi yetmagan. Onam — kattagina boy hisoblangan Jahmat boboning yolğiz qizlari. Onamning uçta enalari bor. Danğillama imoratlar, tomorqa-yu tokzorlari köp ekan.

Onam toyloqday sağirlari bilan otalarinikida yaşarkanlar. Otam örtaga odam qöyib, mujarrad, yaʼni uylanmagan esalar-da, beşik körgan ayol bilan turmuş qurişgan ekan. Onam öşanda ön sakkiz yoşda bölganlar. Zamon notinç. Yov-yov, quv-quv degan talo-töplar vaqti.

Onam birinçi turmuşlaridan qolgan molu bisotni sotib, sutma-sut tuğilgan bolalarining suyagini qotiriş uçun sarflaganlar.

Otam, desangiz, juda ğayratli, jahllari tez, şötqari — hazilkaş ekanlar. Töylarga borsalar, qöşiq aytib, hammani sel qilib yuborar ekanlar.

Otam doim oq yaktakda yurardilar. Etiklari qora amirkoni. Yaltillaydi. Onam betob bölib qolsalar, u kişi erkak boşi bilan ğarsa-ğarsa xamir qorib, tandir soladi. Soqollarini oq çorsida örab olib, non yopadi. Nonlarki, har biri sandalni egallaydi. Qip-qizil. Qisir-qisir. Biram şirin. Non va suv! Goh-goh bozorçadan oq lavlagi keltirar edilar. Oh, maza! Lavlagini yupqa qilib kesib beradilar. Oğizda moyday erib ketadi. Baʼzan otam özlari ham bir qozon töldirib lavlagi dimlaydilar. Qişloqçani lavlagi hidi tutib ketadi. Bir yonda tomorqamiz bor. Buğdoy, tariq, şolğom, sabzi, piyoz va tamaki ekiladi. Tamakidan nos qilib, bozorga olib çiqadilar. Unça-munça pul tuşarkan-da!

Aytganday, opalarimni otam beçora qanday qilib öqitganlarini aytmabman-ku! Böston qişloğida örta maktab oçilgan yili özlari kattakon çorboqqa qorovul bölib işga kirganlar. Har kuni ertalab yörğa eşakni minib, xurjunning ikki köziga ikki kap-katta qizlarini solib, Böstonga boradilar. Narzi opam ingiçka, qoraşirin, soçlari uzunligidan kamzullarining kissasiga solib olarkan. Rajab opam esa, ğayratli, şaddod, biroz töpori ekan. Kap-katta qiz bölişlariga qaramay, doimo fizkultura formasi kiyib yurarkanlar.

Qizlar böyi yetib, közga körinib qolgaç, eşakni ikkita qilib olişibdi. Ikki qizning bir eşakda Xomrabot yölida kunlari ötarkan. Eşak ham qiziq ekan. Rajab opam minib, nöxtasini qölga olgan kun yörğalab qolarkan. Narzi opam oldida ötirganda esa goh u yoqqa, goh bu yoqqa özini taşlab, ariq böyidagi kökatlarga intilar, bölar-bölmasga hangrar, tirxaşlik qilib misillagani-misillagan ekan.

Qizlar maktabni bitirgaç, otam ularga Karmanada oçilgan hisobçilar kursida öqişga ruxsat beribdilar. Otam beçora har duşanba öşa kezlari ertalab poyezd bilan qizlarini Karmanaga eltib qöyib, özlari yana uyga qaytarkan. Şanba kunlari yana ovorayi jahon, ularni olib keliş uçun Karmanaga borarkanlar.

Hali aytganimday, otam Qizil çorboğda boğbon va qorovul ekan. Boğ içida raykom binosi bor. Otam temir yöl stansiyasida işlab yurgan kezlari unça-munça örisçani örgangan ekanlar. Qizil askarlar kelganda, tilmoç ham bölganlar.

Bir kuni raykom qorovuliga topşiriq böladi: Buxoroga Özbekiston oqsoqoli Yöldoş Oxunboboyev örtoq kelganmiş! Qaytişda Qiziltepada faollar bilan gurung qilib ketarmiş! Malik çöldan kiyik tutib, sovğa tayyorlaş kerak, deyişibdi. Otamga kiyik tutib olib borasiz, deb tayinlaşibdi.

Temir yölda tumonat odam. Orkestrlar gumburlagan, şiorlar kötarilgan. Poyezd pişqirib, ohista töxtaydi. Hamma Yöldoş Oxunboboyev istiqboliga oşiqadi. Bir çoy içar vaqt miting bölib, marosim bajo keltirgaç, rayköm buva sovğani keltiringlar, deydi. Bir payt qaraşsaki, Hoji bobo özining yörğa eşagiga xala berib, ğizillab, kattakon kigizni oldiga olib, oğzi quloğida kelyapti. Yana quling örgilsin kigiz böldi özi! Oqsoqolning yetti puştigaça yetadi, dermişlar.

Bir payt rayköm buvaning közlari ola-kula, melisa degani hayron, yiğilganlar nima gapligiga tuşunmay garang… Birdan qah-qaha kötarilibdi. Bölibdi hangoma, bölibdi kulgi! Yöldoş ota ham kulaverib, közidan yoş çiqib ketibdi! Öşa oqsoqolga kigiz kötarib çiqqan Hoji bobo, deyişarkan otamning nomini tilga olişsa…

Taqdir deganlaridek, bizlar ön beşta farzand ekanmiz.

Akam Neʼmat Nizom 1939 yili yapon uruşiga ketib, 1941 yili undan qoraxat kelgan.

Öğillari suyagi qotmay qizamiq, çeçak, terlamadan nobud bölavergan. Beştagina qiz omon qolgan. Otam beçora öğillari turmaganidan alamzada, dardlari içida. Gohi qop-qop un olib kelib, atrofiga burga dorini soçib qöyarkanlar. Öğil tuğilgan kuni yurtga oş beraman derkanlar. Töylarda ohang tortib, alamangiz bilan qöşiq aytar, tongda çoponining bariga oş olib qaytarkanlar.

Onam beçora otamning köz yoşlarini körişdan qörqib, tandirxonami, şarbatxonami, biror pana-pastqamda berkinib turarkanlar. Otam barlaridan oşning yoği çakillab tomib, Hö, kali Toş, mana senga oş! Hö, kali Toş, mana senga oş, deb hovlini gir aylanarkanlar.

Juda çiroyli laʼli çinni tovoğimiz bor edi. Lola gullari tovlanardi. Öşa tovoqqa oşni solib, opalarimni atrofiga töplab, otam beçora jujuqlarining oş yeyişini tomoşa qilarkanlar. Közlaridan möldir-möldir yoş tökilarkan.

Yerga bergan ön bolasining doği kökragini yondirgan otaning iztirobini ösmir qizlari tuşunganmidi, yöqmi? Bu yoği Yaratganga ayon.

Şarif bobo

Hovlimiz orqasidagi ariqça limillab köprikni kötarib oqadi. Bötana suvlarda koptokday lopillab qovun kosalari qalqib keladi. Qişloqni xuşböy hid tutgan: Şarif boboning polizida qovun ğarq pişgan. Ertami-indinmi bobo qovun uzadilar. Söng har kuni yörğa eşakni yörttirib, bozor qatnaydilar. Qalami xurjunning ikki közi töla qovun: amiri, bekzoti, anjiri, gulobi. Şarif bobo juda saxovatli. Qovun uzganda öz töparlaridagi qöni-qöşnilarga ikkitadan qovun çiqaradilar. Har börikallaki, xumday-xumday, har amriki, naq lölabolişday keladi-yov!

Qovun tör boğlab, dum berib, amiri beqasam yöllaridan keçalari tarsillab yorilib, dimoqni hidi qitiqlagan.

Biznikiga aslida arava-arava qovun keladi, poççamning muxlislari köp. Maydonçada qiş böyi qovunlar somon ustida anqib yotadi. Uzumlarni maydonça şiplariga ipga tizib ilib qöyadilar poççam. Bir şingilini yesangiz, şirinligi tomoğingizni qaqratib yuboradi! Lekin amiri, bekzoti boşqa-da! Bir karçini tuya qilib berişsa, karsillatib yeysiz. Yo bölmasa ikki “quloğidan” uşlab, karçning şirasini sörasiz! Ana qovun, mana qovun! Şirasining ötkirligidan labingizning ikki çeti “biçiladi”.

Şarif bobomizning polizlariga işqibozlar köp edi. Qovun poliz şundoqqina paxta dalasiga tutaş yöl böyida. Çetlarida qöriqçilari — eski-tuski kiyingan “qöğirçoq”lar. Poliz örtasidda yoğoç kart. Yoğoç kartda bobo yoz keçalari yonboşlab, xayol surib uxlab qoladilar.

Quş-qiyo, itlar ham mudroqqa ketgan bir palla. Bir mahal ğalati huştak ovozi eşitildi. Bobojon dik etib örnidan turdi, oyoq uçida yurib, darvozadan çiqib ketdi. Uyqu elitgan onam ham sezmadi. Usmon, Ibrohim, Qodir va Bobojon — Magalak töpining botirlari narigi töparga qovun poliziga jönadilar.

Çirildoqlar mast bölib sayraydilar. Qurbaqalar hovuz böylarida ovozini baralla qöyib qurilaydi. Ariqçada suv şildiraydi. Osmonda oy sutday yoğdu soçadi. Tuproq yölda tört jöra pildiraşib, poliz roşiga yetib kelişdi. Uçovlon palakdan pişgan qovun tanlaydi. Bobojon — qorovul. Şarpa kelguday bölsa, huştak çaladi. Keça sokin. Atrofda törtovlondan boşqa zoğ yöq. Palakning xuş isi dimoqlarni qitiqlaydi. Sukunatni tirs-tirs etgan tovuş buzadi. Şarbatga tölgan qovunlar yoriladi. Qattiq uyquga ketgan Şarif bobo maza qilib xurrak otadi. Şarif boboning xurragi tegirmonni yurgizadi, derdilar.

Tört qovunxör köylaklarini yeçib, yoqasini böğib, öljalarini solib, kötarib pusibgina qaytişadi. Töpar boşiga yetgaç, bölib olişdi. Qorovul — Bobojonga ikkita amiri qovun tegdi…

Tuş payti maydonçaga kirgan poççam ikkita amiri qovunga közi tuşib qoldi. Suriştir-suriştir boşlanib, qovunning egasi — mullo Bobojon ekanligi ayon böldi. Söroq boşlandi. U qovoğini uygança jim turar, sir boy bermasdi. Sir oçildi. Ikki qovunni kötarişib, ota-bola Şarif bobonikiga jönaşdi.

—    Xuş kördik, xuş kördik! Qanday şamol uçirdi, mulla Umarboy? — dedi bobo şodu xandon.

—    Qovunning şamoli, Şarif bobo! Keçasi ikki qovuningiz biznikiga sayrga borgan ekan, ota-bola quloğidan çözib, qaytarib olib keldik!

Şarif bobo hamma gapni tuşunib, şaraqlab kulib yubordi:

— Obbo şovvozlar-yey! Şunça mehnat qilib, yurak yutib olgan qovunlarni, mayli edi, söyib bersangiz, mullo Umar! Dehqonning rizqini Xudo beradi! Ovora bölibsiz-da, uka!

Bobo mehmonlarni siylab, eng asil qovunlarni söyib, yana ketar çoği qöllariga ikkitadan amiri tutqazib yubordi.

Öşa-öşa Bobojon Şarif boboning uylari yonidan ötmaydigan böldi. Boboning qorasini uzoqdan körsa, ura qoçardi. Umrida ikkinçi bor birovning narsasiga köz tikmaydigan böldi. Har qovun pişiğida Şarif bobo bolalarning rizqi deb, biznikiga ham ikkita qovun taşlab ketardilar.

Eh-he, bu gaplarga qança zamonlar böldi. Şarif bobo  allaqaçon jannati bölib ketdilar. Heç kim u kişidek mirişkor bölib qovun yetiştirolmas, amiri-yu bekzoti, börikalla qovunlari esa anqoning uruği bölib qoldi.

Odamning begi, amiri bölganlargina bunday himmat va mehnatga yor bölarkanlar, bilsam! Kiçkina qişloqning şoxi, Hotami toyi ekanlar Şarif bobomiz! Ularning miqtigina qomatlari, qora töridan kelgan tabassum töla yuzlari, kökiş matodan örab yuradigan sallalari doim gödak tasavvurimda jonlanadi. Haqiqatan ham, u kişi boboi şarif ekanlar, deyman!

…Şarif bobo Qobilovning ruhlari şod bölsin, iloyim!

“Bolalik bayramlari”

badiasidan qisqartirib olindi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan