Turkiston jadidlarining yölboşçilaridan biri Abdurauf Fitrat bundan 125 yil oldin özining “Najot yöli” asarida: “Dunyo xalqlarining nobud bölişi sabablaridan biri isrofgarçilikdir”, deganida haq edi.

Sir emas, XX yuz yillik boşlarida Turkiston jamiyati oilaviy marosimlarida misli körilmagan isrofgarçilik, dabdaba aks etgan töy va aza marosimlari nihoyatda avj olgan. Özini çin musulmon deb bilgan Turkiston aholisi Mahmudxöja Behbudiy qayd qilganidek, Qurʼoni karimda muhrlab qöyilgan “Laʼtalaqqu bi yadikum ala tahlikkatihi”, yaʼni “Öz qöllaringiz ila özingizni tahlikaga otmangiz”, degan qoidaga amal qilmay, bor-budini töy va azalarga sarflaş yölidan borgan. Natijada köplab oilalar iqtisodiy tanazzulga uçragan, uy-joyi va yerini sotişga majbur bölgan. Umrining oxirigaça qarzidan qutula olmay, farzandlarining oğir ahvolda qolişiga sabab bölganlar.

Bu davrda sunnat va nikoh töylarida qand va çopon tarqatiş, 6-7 xil ovqat qiliş, 5-6 kun töy beriş, töy kunlari uloq va köpkari öyinlari taşkil qiliş, aza marosimlarida 3, 7, 20, 40 va yil degan nom bilan turli isrofdan iborat marosimlarni ötkaziş, azaga kelganlarga non, römol, sovun kabi tortiqlar beriş urfga kirgan. Kambağal oilalar töyga 200 sömdan 1 000 sömgaça, örtahol xonadonlar 2 000 sömdan 5 000 sömgaça, boy xonadonlar 10 000 sömdan 30 000 sömgaça xarajat qilganlar. Öşa paytda sigirning narxi 5 söm, qöyning narxi 3 söm, eçkining narxi 2 söm bölgani inobatga olinsa, kambağal oilalarning eng arzon töyi qariyb 70 ta qöy bahosiga teng bölgan. Mahmudxöja Behbudiy bu haqda: “Bir karra diqqat qilinsun, biror yahudiy va örus heç vaqt töy degan baloğa beş ming söm, hatto bir-ikki ming söm sarf qilingani eşitilmaydur. Biz bölsa, yigirma ming sömlab sarf etarmiz. Koşki bu pul özimizniki bölsa, endiki yolğiz isrof gunohi ila qutular edik, yöq balki biz haq qulidin qörqadurğon musulmonlar boşqalar aqçasini barbod etib, oxiratğa qarz, dunyoğa kulfat ortdirarmiz”, deb taʼkidlab, isrofga botgan töylarga qarşi çiqqan. Turkistonda işbilarmonlik bilan şuğullanayotgan rus, arman va yahudiylarning isrofli töylar, aza marosimlari ötkazmasdan mablağlarining bir qismini öz yurtida maktab va madrasalar quriş, taʼmirlaş uçun sarflayotganini örnak qilib körsatgan. Turkistonliklarni öz pullarini dabdabali marosimlarga sarflamasdan foydali amallar qilişga çaqirgan: “Töy va maʼraka aqçasidan bolalarni hukumat maktablariğa bersunlar va talabalarni Makka, Madina, Misr, Istanbulğa va Rusiya dorulfunun va dorussanoalariğa yuborib, diniy va dunyoviy va zamonaviy odamlar yetiştirmoqğa saʼy qilsunlar”.

Mahmudxöja Behbudiy Turkiston aholisi oilada farzand tuğilgan kunidan boşlab töy uçun mablağ yiğişni boşlaşi, buning uçun haftada yetti kun 18–20 soatlab işlaşi “qonun”ga aylanib qolganini afsus bilan tilga olgan: “Beçora kosibning aʼmoli töydur. Özi rohat yuzi körmaydur. Keça-kunduzni 18, balki 20 soatni mehnatga ötkaraturgon kosiblarimiz bordur. Haqqinça yemaydur, kiymaydur. Ön va yigirma sanalar mehnat va maşaqqat etar va Xudodan öğil tilar, töy qilmoq uçun. Yigirma sanalik mehnati uç kun töyda tamom”.

Abdurauf Fitrat Mahmudxöja Behbudiy fikrini töldirar ekan, uç kunlab töy qiliş isrofdan boşqa narsa emasligini taʼkidlagan. “Oila yoki oila boşqariş tartiblari” asarida töylarning ötkaziş kunlari masalasiga diniy nuqtai nazardan yondaşib, Payğambarimiz SAVning: “Töyda birinçi kunning taomi — haq, ikkinçi kunning taomi — sunnatdur, lekin uçinçi kunning taomi — riyodir. Ikki odam bir-birlaridan ötiş uçun töy va ziyofat qilsalar, birontasinikiga bormanglar, ularning taomlaridan yemanglar”, degan gaplarini iqtibos sifatida keltirgan.

Mahmudxöja Behbudiy “Bizni kemirguvçi illatlar” maqolasida töy va aza marosimlarini iqtisodiy zarar keltiruvçi, qarz botqoğiga itaruvçi, xalqni kemiruvçi illat, deb baholagan: “Bizni kemirguvçi illatlar deganda, zahmu maraznimi gumon etarsiz? Yoinki, sil, silariya va maxovliknimi dersiz? Yöq, andan ham yomonroq va andan ham jonxaroş, bevoya, xonavayron va ğarib etguvçi bir dard, biz – turkistoniylarni şahri va qişloqi yoyinki yarim madaniy, yarim vahşiy sinflarimizğaça istilo etib, butun tirikligimizğa sarilgan va bizni inqirozğa va tahlikağa va jahannamğa yumalataturgon töy, aza ismindagi ikki qattol duşmanni derman”. Mutafakkir uç kunlab töy qilib uylangan yigitlar 10 yil, hatto bir umr qarzdan qutula olmay, uy-joyini sotişga majbur bölayotganini, holat şunday davom etsa, turkistonliklar uyi va yeridan ajralib, gadoylikka mahkum bölib qolişlariga açingan: “Bir dökonçi, bir gulkor, bir faqirhol, bir kosib uçun bu töy va taʼziyalar ölumdan qattiğdurki, muning uçun beçora har kun ölur. Har kun ölgon ila-da qutulmas. Özidan söngra ahlu ayoliga bu yöqsullik va bu musibatni meros qöyar”.

Mahmudxöja Behbudiy töylar odamlarni barbod qiladigan darajaga yetib kelganidan afsuslangan. Butun dunyoda Turkiston xalqi kabi isrofgarçilikka yöl qöyadigan qavm yöqligini aytib, neça sanalardan beri taraqqiyparvarlar bu masala yuzasidan tarğibot qilsalar-da, kutilgan natija bölmayotganidan afsuslangan. Özining “Tahsil va safar zamoni va taom” maqolasida bu kabi töylar va marosimlarga sarflangan pullar ilm uçun sarflansa, ming marta foydali bölişini uqtirgan: “Aziz birodarlar, öğul töylariğa sarf qilaturğon aqçalaringizni mana şul ilmi zamoniy yöliğa sarf etingiz, sizdan öğlungizga mol meros qolmasun, balki, albatta, ilm va tarbiya meros qolsun”.

Mahmudxöja Behbudiy Turkistonda maktab, madrasa, mozor va masjidlar xarob ahvolga kelib qolganini aytib, vatandoşlarining töyga behuda sarflayotgan pullarini inşootlarning taʼmiri uçun sarflaşga çaqirgan: “Töy va maʼrakağa sarf qilinaturgan aqçani eski madrasa va mozor va masjid hamda maktablarni şikastrextlariga sarf qilinsun”.

Jadid hukumat rahbarlari, amaldorlar va ulamolar isrofsiz töylar ötkazib, xalqqa namuna bölişlari kerakligini uqtirgan. Öz manfaatlari yölida bemaʼni urf-odatlar marosimlarning rivojlanib ketişiga yöl qöyib bermasliklariga daʼvat qilgan. Özi ham xalqqa örnak böliş maqsadida kamxarj töy qilgan. 1909 yil 15 aprelda öğli Maqsudxöjaning sunnat töyini 1 000 sömdan kam pul sarflab ötkazgan. Töyga ketişi möljallangan ortiqça sarf-xarajatga Samarqand şahridan bir binoni sotib olib, kutubxona oçgan va kitoblar xarid qilgan. Vadud Mahmud “Behbudiy haqidagi xotiralar”da yozişiça, mutafakkir kutubxona uçun Misr, Turkiya va Rossiyadan 6 000 sömlik kitoblar xarid qilgan.

Mahmudxöja Behbudiy öğlining sunnat töyi xalq orasida muhokama bölgani haqida yozar ekan, ayrimlarga örnak böla olganini, baʼzilar boyligi va obrösini hisobga olib, töy qilişi, töyga 2 000–3 000 söm sarflaşi kerak edi, deya tanqid qilganlarini qayd etgan. Şu örinda aytiş joizki, Mahmudxöja Behbudiydan örnak olib, ayrim boylar dabdabali töylar qilişdan voz keçgan. Jumladan, Munavvar Alifkor öğli kamxarj sunnat töyi qilib, qolgan pulga maktab qurgan bölsa, Ishoqjon Mirsolihboy öğli maktab öquvçilari uçun mevali boğ yaratişga 2 000 söm bergan.

Mahmudxöja Behbudiy “Bizni kemirguvçi illatlar” maqolasida töy va aza marosimlarini iqtisodiy zarar keltiruvçi, qarz botqoğiga itaruvçi, xalqni kemiruvçi illat deb baholagan: “Bizni kemirguvçi illatlar deganda, zahmu maraznimi gumon etarsiz? Yoinki, sil, silariya va maxovliknimi dersiz? Yöq, andan ham yomonroq va andan ham jonxaroş, bevoya, xonavayron va ğarib etguvçi bir dard, biz – Turkistoniylarning şahri va qişloqi yoyinki yarim madaniy, yarim vahşiy sinflarimizğaça istilo etib, butun tirikligimizğa sarilgan va bizni inqirozğa va tahlikağa va jahannamğa yumalataturgon töy, aza ismindagi ikki qattol duşmanni derman”.

Mahmudxöja Behbudiyning eng yaqin va sodiq şogirdi, jadidlikning közga köringan namoyandasi Hoji Muin ham Turkistondagi isrofli töylarni köp marta tanqid qilgan: “Biz Turkiston xalqi ilmsizligimiz sababli turli marosim va odatlar yuki ostinda ezilib, muning uçun axloqiy va moliy jihatdan ğoyat köb zararlar körmakda bölğan bir millatmiz”. Taraqqiyparvar sunnat, nikoh töylari va aza marosimlarini “eng zararli urf-odatlar” deb atagan. Uşbu marosimlarning eng yomonlariga barham beriş, baʼzilarini isloh qiliş kerak, degan xulosaga kelgan. Isrofli marosimlarni bilimsizlik va jaholatdan paydo bölgan, deb xulosa qilgan va millat boylarini pullarni behuda, keraksiz, zararli marosimlarga sarflamay, örinli joylarda işlatişga çaqirgan: “Bizlarning boylarimiz topgan pullarini bazm, köbkori, töylarda isrof qilarlar. Agar öşal yerda isrof qilina turgan pulni şundoq örunli joyda sarf qilsalar, qança bolalari nodonlikdan qutulib, dindan ham ilm va adabdan xabardor bölarlar edi!”

Hoji Muin “Töy — taʼziya isroflari” maqolasida turkistonliklarning isrofgarçiliklarini çeklaşga asosiy masala sifatida qaragan va doimiy tarğibot işlari olib boriş kerak, deb taʼkidlagan: “Xalqni öz holiga qöysa, özining foyda-zararini öylamay, har bir töğri kelgan işni qilaveradi, ölganiça foydasiz urf-odatlarning asoratidan çiqa olmaydi. Şuning uçun xalqni öz holiga qöyiş tuzuk emas. Masʼul kişilar va yoşlarimiz bu muammolarni hal qilişda, töxtatişda xalqqa yölboşçi va taʼminotçi bölib turişlari kerak”.

Hoji Muin matbuotda 10 yil davomida (1914–1924 yillar) isrofli marosimlarni tanqid qilgan. Bundan taşqari, “Töy” dramasini yozgan va sahnalaştirgan. Uşbu sahna asari 1915 yil 21–24 yanvar kunlari Toşkent va Namangan köngilli teatr jamoalari tomonidan namoyiş etilgan.

Yillar davomida dabdabali töylar va marosimlarni tanqid qilgan Turkiston jadidlari 1917 yil 14 martda “Şöroyi Islomiya” siyosiy taşkilotini tuzganlarida isrofgarçilikka barham berişni asosiy vazifa qilib belgilab olganlar. Jumladan, “Şöroyi Islomiya” taşabbusi bilan 1917 yil 16-23 aprelda bölib ötgan Umumturkiston musulmonlarining birinçi Qurultoyida töy va maʼrakalarni tartibga soliş töğrisida qarornoma tasdiqlangan. Şuningdek, Said Ahror Mahsum, Murodxöja Eşon, Hamidxöja Eşon, Abdulsami qoridan iborat işçi guruh tuzilib, ularga töy va maʼrakalarni dabdabasiz, isrofgarçiliksiz ötkaziş tartiblarini xalqqa yetkaziş vazifasi qöyilgan.

Qarornomada nikoh töylarida kiçik töy, qozon qaytariş, katta töy-bazmlar, yuz körar, hayitlarda mol söyib, kelin köriş, qiz oşi beriş, ayollarning har biriga alohida non va oş tortiş, sandiqda yillar davomida saqlanadigan gulkörpa va boşqa foydasiz mollar, aravalarga ğalla va boşqa narsalar ortib töy yuboriş, qalin oliş kabi isrofli xarajatlarga barham beriş taʼkidlangan. Şuningdek, uşbu hujjatda töy marosimida kuyov bilan boradigan odamlar 20-40 tadan, kelin bilan boradiganlar soni 10-20 tadan oşmasligi belgilangan. Töydan keyingi çorlari bir marta qilinib, unda ikki tomondan 10 tadan ortiq kişi qatnaşmasligi tayinlangan. Beşik töyi va çillaguzarlarni butunlay yöqotişga qaror qilingan. Qarornomada öğil töylarini çeklaş ham nazarda tutilgan bölib, 3-4 kişini çaqirib, bolani sunnat qildiriş belgilangan.

“Şöroyi Islomiya” boylarga murojaat qilib, mavludlarni ham tejamkorlik bilan ötkaziş, mavludga atalgan pul va ğallalarni mahallalaridagi kambağallarga, uy-joysiz va beçoralarga, maktab va madrasalarga, xayriya jamiyatlariga berişlari maqsadga muvofiq, deb taʼkidlagan. Qarornomada közda tutilgan tartiblarga amal qilmaganlarning töylarini töxtatiş, özlarini qoziga topşiriş va jazolaş ham belgilab qöyilgan. Afsuski, Turkiston aholisi isrofli marosimlaridan voz keçmagan. Kimözarga dabdabali töylar qilgan, turli oilaviy marosimlarni ötkazişda isrofgarçilik qilgan.

Xullas, bugun ham şu anʼanalarga sodiq qolgan “zamonaviy” avlodlar töylarni ixçam ötkaziş, tejamkorlik qiliş fikridan ança uzoqda bölib, yangi urf va odatlarni öylab topmoqda. Ayniqsa, hukumat rahbarlari, amaldorlar, sanʼatkorlar haşamatli töy va marosimlarni ötkaziş böyiça xalqqa “örnak” bölmoqda. Agar jadid bobolarimizning 100 yillar oldin ixçam va kamxarajat töy marosimlarini ötkazişga oid daʼvatlari, tarğibotlari hukumat darajasida amaliyotga joriy qilinsa, millat taraqqiyoti yölidagi eng muhim qadamlardan bölardi, deb hisoblayman.

Dilnoza JAMOLOVA,

tarix fanlari doktori.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan