…Oybek 1943 yil 7 aprelda Ikkinçi jahon uruşi haqidagi “Quyoş qoraymas” romanini yoza boşladi. Gazetalardan köp materiallar yiğdi. Yuqorida aytib ötganimdek, uç oydan ortiq frontni oralab, uruş söqmoqlarida kezib, Maskav bösağalarida jon olib, jon berayotgan özbek, qozoq, rus, ukrain jangçilari ila suhbatlaşib, ularning kayfiyatlari, feʼl-atvorlari, kahramonliklarini muşohada etdi. Uruş töxtaşi ila Stalingradga birga bordik; yemirilgan, kuygan, xaroba qişloq va şaharlarni, ağdarilgan, yaralangan dalalarni kördik. Safardan qaytgaç, soğ-salomat davrida romanning dastlabki 302 sahifasini öz qöli ila yozdi. Lekin turli sabablarga köra, asarni öşa davrda tugata olmadi. Sekin-asta soğaya boşlagaç, u romanning qolgan qismini menga aytib turdi, men yozdim.
Oybek öşa kezlarda mening işdan kelişimni oşiqib kutardi. “Ovqatlan, çoy iç, yozamiz. Miyamda hammasi tayyor, taxtlangan, tezroq aytib bersam”, — der edi u şoşib.
Men ikki-uç soat davomida yozaman. Keyin: “Bas, Oybek, çarçadingiz!” — deyman. “Yöq, çarçamadim, yana jinday sabr qil”, — deydi u. “Sizga köp işlamoq mumkin emas”,— desam, quloq solmaydi.
Xullas, roman 1957 yili tamomlandi, 1959 yilda esa naşr etildi. Keçikmay rus tiliga ham tarjima etildi. Oybek orada şeʼrlar, mayda ilmiy maqolalar, “Bobom” dostoni, “Bolalik” qissasi, hatto Pokiston xalqi hayotidan hikoya qiluvçi “Nur qidirib” qissasini ham yozib tugatdi.
Oybek “Bolalik” (“Bolalik xotiralarim”) qissasini 1943 yil iyunida boşlab qöygan va 12 sahifasinigina yozgan ekan. Xastalik davrida yana şu asar ustida işlab, uni 1963 yili kitob şaklida naşr etdi. Qissa rus va ukrain tillariga ham tarjima etildi, Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor böldi.
“Nur qidirib” kissasi ustidagi iş 1950 yil 9 fevralda boşlangan. Oybek dastlab asarning 143 sahifasini yozdi, keyin uni xastalik davrida tamomladi. Asar 1958 yili özbek tilida, 1959 yilda esa rusça tarjimada bosilib çikdi.
“Alişerning yoşligi” (“Bola Alişer”) qissasi ham naq şunday boşlanib, 50-yillar oxirida tamomlandi. Vafotidan söng, 1976 yilda naşrdan çiqdi.
Yuqorida tilga olingan asarlarning barçasi Oybekning soğ vaqtida rejalangan va boşlangan edi. Ammo uning butun vaqti va kuçi akademiya hamda Yozuvçilar uyuşmasida sarf bölganligi sababli ular öz vaqtida tamomlanmay qolgan. Oybek bularni xastalik paytida söl qöli bilan yozişga urindi yo menga aytib turdi.
Oybekning xastalik yillarida yozgan asarlarining özi bir talay. Buni körib, uning döstlari, ayniqsa, hayratlanar va: “Oybek soğ yozuvçilardan köra ham samarali işlamoqda”, deb suyunar edilar.
Oybek esa qaçon tuzalaman, deb juda xafa bölardi. Men: “Sabr qiling, soğliğingizning şunçalik tuzalib qolganiga şukr qiling”, deb uni ovutişga tirişar edim.
… Oybek 17 yil davomida oğir xastalik ila mardona kuraşdi. Men uning kundalik kayfiyatini, tilagini, umidini körib bordim; birga his qildim, birga qadam bosdim.
Öğillar katta bölib qolişdi. Uy torlik qila boşlagani uçun hovlining töriga pişiq ğiştdan ikki qavatli uy qurdik. Endi pulimiz ham yetarli, dökonlarda quriliş materiallari ham serob, qiynalmadik. Şiplarni gançlab, şarafalar bilan körkamgina uy qurib oldik. Tabiblar ham Oybek oftobröy uyda yaşasin, deb maslahat bergan edilar. Bu ham yangi uy qurişimizning sabablaridan biri böldi. Oybek, men va kiçik öğlimiz Suyunbek 1958 yilda şu yangi uyga köçib ötdik.
Şu yili Toşkentda Osiyo va Afrika yozuvçilarining birinçi konferensiyasi ötişi möljallanganligi sababli, biz uyni şoşilinç ravişda qurib tugatgan edik.
Konferensiyaga kelgan mehmonlar orasida N.S.Tixonovga öxşaş Oybekning yaqin döstlari, pokistonlik Fayz Ahmad Fayz, şoir Hofiz, Iroq va Jazoyirdan, Nepal va boşqa mamlakatlardan kelgan yozuvçilar bor edilar. Oybek hali tuzalib ketmagan bölsa-da, konferensiya işida iştirok etdi, söng Toşkentga kelgan mehmonlar şarafiga katta ziyofat berdi. Ziyofatda qamoqxonadan endigina böşagan Fayz Ahmad Fayz ham iştirok etdi. Men unga Oybekning “Nur qidirib” qissasini hadya etar ekanman, asardagi Muhammad Jamol obrazi uning jangovar hayoti asosida yaratilganini aytdim. U xursand bölib, asarni puştu tiliga tarjima qilajaklarini aytdi.
1958 yil dekabrida Oybek Maskavga, Oliy Sovet sessiyasiga boradigan böldi. Men bu safar uni Omonbek bilan jönatdim.
31 dekabr kuni Omonbek tösatdan telefon qilib qoldi:
— Oyi, zinhor körqmang! Dadam operatsiya böldi… Kör içak. …Operatsiya yaxşi ötdi… Kayfiyati, ahvoli yaxşi… Kelişingizni kutaman, — dedi u.
Men öşa zamoni aeroportga çiqdim. Samolyot keç soat 10 larda Maskavga kelib köndi. Erta bilan Omonbek meni Kreml kasalxonasiga boşlab bordi. Yuragim xapriqişini bosolmayman — tezroq Oybekni körişga şoşaman. U bölsa, mendan arazlabdi; göyo birga kelmaganim, Omonbek bilan jönatganim uçun kör içagi oğrigan, operatsiya bölgan va qiynalgan emiş.
Maʼlum bölişiça, Oybek deputat döst-yorlari bilan sessiya tamom bölmasidan poyezdga bilet olganlar. Obid Sodiqov bilan Habib Abdullayev esa biletlarni topşirib, ikki kundan keyin poyezdda ketişni maslahat kilibdilar. “Birga ketamiz, poyezdda köpçilik bölib ketsak, zerikmaymiz”, — debdilar. Öşa kunning ertasi Oybekning tobi qoçib qolibdi. Doktorlar oşiqiç ravişda operatsiya qiliş lozimligini aytib, kasalxonaga olib ketibdilar. Operatsiya ikki soatu 15 daqiqa davom etibdi. Oybekning kör içagi yiringlab, yorilib ketgan ekan. Agar Oybek ikki kun ilgari poyezdga çiqqanida, yölda biror vraç uning hayotini saqlab qololmagan bölardi.
Men Oybekka tuşuntirdim: “Yaxşiki, men kelmaganman. Agar men bölganimda, örtoqlaringizning gapiga qarab, biletlarni topşirib ötirmasdim. “Yangi yilga bolalar oldiga boraylik”, deb quti-quti konfet, peçenyelarni kötarib, yölga sudragan bölardim sizni. Kör içak xastaligi hazil gap emas. Poyezdda oğriq boşlanar ekan, xudo körsatmasin, vagonda yomon bölardingiz. Qutqariş qiyin bölardi. Baxtimiz bor ekan, Maskavda bölibdi, bu voqea”, dedim.
Oybekning quloq ham solgisi kelmadi. Yuzini ögirib oldi. Men uning yuzini, peşonasini silab, qayta-qayta gapirdim, tuşuntirdim:
— Xafa bölmang! Xursand bölib yoting! Şunda tezroq soğayasiz. Bir falokatdan qutulibsiz, — dedim.
Uning çehrasi sekin-sekin oçilib, kayfiyati tuzuk böla bordi.
…Oybek kasalxonada ikki oy yotgaç, uni Maskav atrofidagi “Borovixi” sanatoriysiga ötkazdilar. Biz Omonbek ikkovimiz Toşkentga jönadik. Oybek bir oydan söng soğayib, uyga qaytdi.
1959 yilning may oyida Omonbekning töyini ötkazdik. U Hamid Olimjon va Zulfiyaning qizi Hulkarga uylandi. Töy katta böldi: qarindoş-uruğlar, oşna-oğaynilar köp emasmi, ular bir neça kun davomida kelib, kelin-kuyovni, bizni qutlab ketdilar.
…Öşa paytlarda Markazqömning birinçi kotibi Şarof Raşidov bölib, u baʼzan-baʼzan Oybekning soğliğidan, ahvolidan xabar olgani kelib turar edi. Bir kuni suhbatlaşib ötirganimizda, Şarof aka Oybekka Xitoyga borişni tavsiya qildi. “Xitoyda igna bilan davolaş yöli mavjud, balki u Sizga yordam berib qolar”, — dedi. Şarof akaning bu fikri bizga juda maʼqul böldi. Sarkotibning özi tez orada yöl qoğozlarini ham töğrilab berdi. Bu 1960 yil edi. Biz töğri Pekinga qarab yöl oldik. Töqqiz kun davomida poyezdda yurar ekanmiz, ayniqsa, Boyköl atrofidagi gözal manzaralarni körib, qalbimiz sururga töldi. Pekinga yetib kelişimiz bilan Sovet vakolatxonasiga borib, boş vakil bilan tanişib, sözlaşdik. Vakolatxonaning yangi qurilgan binosi katta, keng va körkam edi.
Xitoyda möʼtabar yoşdagi çollarni “lov” der ekanlar. Pekinda tört nafar lov tabib bor ekan. Bular Mao Szedunni ham davolaşar ekan. Şulardan biri — Yon lov Oybekni igna bilan davoladi. U har kuni oltin ignalarni Oybekning qöllariga, umurtqasiga, böyniga qadaydi.
Men bu manzaraga hatto qaragani ham qörqaman, Oybek esa çidab, kulib ötiradi, ixlos ila davolanadi.
Bizga Pekin şifoxonalarining biridan palata ajratgan edilar. Oybek şu palatada yotib davolanadi. Men har kuni Pekin köçalarini aylanib kelaman. Şahardagi markaziy köçalardan biri Vanfuzi bölib, unda joylaşgan kiçkinagina bir dökonda Sovet Ittifoqida çiqadigan gazeta va jurnallar sotilar ekan. Men har kuni şahar aylanib, bir dasta gazeta va jurnallar keltiraman va Oybekka öqib beraman. Zerikkan paytlarimizda şu naşrlar jonimizga oro kiradi.
— Gapir, Zarifa, — deydi Oybek karavatda ötirib. Men ötgan-ketgan, qaçondir öqigan yoki buvimdan eşitganlarimni, Turkistonga ruslar kelganida, bir laşkarboşi butun Iqon qişloği ahlini bir keçada Toşkentga köçirib yuborganini, bu quvğindilar karvonida olti yaşar buvimning ham bölganini, ularning Toşkentda keçgan hayotini sözlab beraman. Toşkent ham taslim bölganida, Iqon aholisining yana öz yurtiga qaytib ketganini gapiraman.
Qöqon xonligi ruslar tomonidan zabt etilganidan söng Xudoyorxonni Peterburgga olib ketişgan, uning oilasi esa Turkistonda qolgan. Şunda buvim xon oyim huzuriga borib, u bilan tanişgan. Oradan neça oymi, yilmi ötgaç, xon oyim Xudoyorxonning haramini tarqatib, kanizaklarni erga bergan, özi esa oilasini Toşkentga köçirib ketgan. Men bekorçilikdan Oybekka şu haqda eşitganlarimni hikoya qilaman. Navoiy, Fuzuliy ğazallarini yoddan öqib beraman.
…Xitoy xalqi nihoyat kambağal edi; yegan-içganining tayini yöq; ötin yöqligidan hatto uylarida çoy ham qaynata olmasdilar. Ertalab köraman: işga ketayotgan har bir kişining qöltiğida, albatta, bittadan termosi böladi. Keçqurun işdan qaytişida suv keltiradi; yegani karam bilan guruç, xolos.
Ammo juda sabrli, zahmatkaş xalq. Köçalardagi yölkalarni buzib, sabzi-piyoz ekişadi. Şifoxonadagi barça xodimlar, hamşiralar, doktorlar şifoxona hovlisida ekin qilib, iş vaqtidan söng yer çopişadi, ötoq qilişadi, xastalar ovqati uçun sabzi-piyoz tayyorlaşadi. Barining oyoğida, hatto professorlarida ham lattadan kavuş. “Taajjub qilmangiz, — deydilar bizga, — Xitoyda 750 million aholi yaşaydi. Agar bir yilda ikki juftdan poyafzal kiysak, 1,5 milliard poyafzalga çarm yetkazib böladimi?” Balki ularning bu mulohazalari töğridir…
…Öşa 1960 yilda Xitoy zohiran tinç körinar edi. Biz olti oy davomida Pekinda bölişimiz mumkin edi, lekin juda zerikdik va uç oyni bazör ötkazgaç, ketmoqqa qaror qildik.
… Maskavda bizni Bekjon xotini Oynisa bilan kutib oldi.
Omonbek 1955 yili Maskav davlat dorilfununining tarix fakultetini bitirgaç, Toşkent davlat dorilfununining aspiranturasida öqib, nomzodlik dissertatsiyasini yokladi. Hozir u şu dorilfununda kafedra mudiri, dotsent. Uç qizi, bir öğli bor. Omonning xotini Hulkar — katta kelinim esa filologiya fanlari nomzodi, adabiyotşunos.
Bekjon Maskav davlat dorilfununi biologiya fakultetida tahsil körib, aspiranturani ham şunda ötdi, fan nomzodi ilmiy darajasini ham şunda oldi. Doktorlik dissertatsiyasini ham Maskavda yoqladi. Hozir u akademik, Davlat mukofotining laureati.
Gulrang Toşkent davlat dorilfununi Şarq fakultetining fors bölimida öqib, 1959 yili uni tugatdi. U arab tili va adabiyoti ila maşğul böldi. Bağdod dorilfu- nunida ham olti oy tahsil kördi. U ham fan nomzodi, dotsent; Şarq fakultetida arab tilidan dars beradi. Ikki öğli va bir qizi bor. Qizi asal juda çiroyli şeʼrlar yozadi. Şeʼrlari könglidan şaloladay quyiladi, suyunaman. Öğli Nozim esa kinorejissyor.
Kiçik öğlimiz Suyunbek kimyogar, polimer kimyosi böyiça mutaxassis edi. 1962 yili tahsilni tamomlab, aspiranturani ötdi. Dorilfununning fizik-kimyo kafedrasida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoqladi. Xotini Dilbar — singlim Şarofatning kizi. Uning ilmiy kelajagi yanada umidli edi. Afsus, umri qisqa ekan. Ammo undan bir öğil va ikki qiz xotira bölib qolgan. Oynoz öyin tuşişni juda yaxşi köradi, bilmadim, balerina böladimi u? Özi nihoyat menga öxşaydi, hamma taajjublanadi.
Biz Xitoydan qaytganimizda, oyim xasta edi: u qattiq şamollagan, oğir yötaladi. Kasalxonaga yotqizişdan boşqa iloj yöq edi. Bir oy davolanganidan söng uni uyga oldik. Boyqiş ikki hafta yotib, 76 yoşida vafot etdi. U hayotdan köz yumar ekan:
— Beş qizimni taşlab ketyapman, — dedi.
Bilasiz, biz — beşala kiz — hammamiz otasiz ösdik. Oyim ham ona, ham ota mehrini berdi bizga. Endi biz butunlay yetim kolgan edik.
Mana, hozir onadan ayrilganimizga ham köp yil böldi. Ammo yurakdagi dard, yara hanuz öçmaydi. Onamning siymosi, xotirasi, sözlari hamişa yodimda, köz öngimda turadi.
“Donolar ötdilar…”
Oybekning boşi töla fikr… xayol… Uning butun borliği, uluğ bir ummon singari, köpiradi, qaynaydi, toşadi.
U şeʼrlar, dostonlar, romanlar yozişda davom etdi. “Alişerning yoşligi” (“Bola Alişer”) qissasi, “Uluğ yöl” romani ustida işladi.
U butun umri böyi Navoiy haqida öyladi. Navoiy haqida yozdi. Uning bu satrlari bejiz bitilmagan:
Tarix söqmoqlari izimdan çötir,
Har bir xok şivirlar: “Bir lahza ötir…”
“Quşlar tili” piri — yurakda tilak”,
Izlaymen marvarid — qölimda elak.
Oybek butun umri davomida ana şu elak bilan Navoiy olamidan marvaridlar terdi.
…Oradan neça yillar ötdi, Oybek “Navoiy” romani uçun davlat mukofotini oldi, akademik böldi, deputat böldi… Zamon tinçidi, boşimizdan vahimali bulutlar kötarildi… Biz taşvişlardan qutuldik, köngillarga tinçlik va orom töldi… Faqat yolğiz qayğumiz Oybekning xastaligi edi. U xafa bölsa, “Qayğurmang, tuproq ustida yuribmiz, şuning özi baxt!” — der edim, hamişa. Şunda u “töğri”, deganday, kulimsirab qöyardi.
…Oybek juda kelişgan, körkam, salobatli inson edi. Yuz va közlarining ifodasidan ruhan boyligi, içki dunyosining kengligi, aql-zakovati, gözalligi va sofligi körinib turardi. Buni rassomlar ham, haykaltaroşlar ham töla ifoda eta olmadilar. Bu mukammal çehra faqat mening yuragimda kolgan…
Oybekning qoşlari aslo çimirilmas edi. Jahli çiqqanini faqat uning közlaridan bilardik. U işlab ötirganda, peşonasida miyaga qarab ketgan tik bir tomiri öqloğidek qabarib turardi. Şu paytda u atrofda röy berayotgan hamma narsani tamom unutardi; u fikrlarini şunday teran işlata bilardi. Uning özi ham hamişa: “Yurak konim bilan yozaman”, — derdi.
Haqiqatan, uning yurak qonlari fikrini suğorar edi. Uning ijod jarayoni şunday naşʼali va öziga xos edi.
…Navoiyning 550 yilligi nişonlangan kunlarda Oybek bir neça kun va tunni bedor ötkazib, yubiley tadbirlarining töla amalga oşişi uçun sidqidildan, çarçoq nimaligini bilmay işlagan. Yubileyga taklif etilgan mehmonlar öşa paytda Markazqöm mehmonxonasida turganlar.
Bir kuni Oybek maskavlik yozuvçilar kiyinib olgunlariga qadar mehmonxonaning şinamgina yölagida ikki-uç daqiqa kutib qolibdi. Oradan bir neça daqiqa ötgaç, ular yasanib tuşişsa, Oybek yumşoq divanda ötirib, pinakka ketgan ekan. Şunda mehmonlar yubiley ziyofatiga tezlik bilan borişlari lozimligiga qaramay, Oybekning uyğonişini kutibdilar, Konstantin Simonov:
— Tegmanglar! Oybek çarçagan. Bir zumgina dam olsin! — degan ekan, şunda.
Nazarimda, aziz boşiga tuşgan ming xil azoblardan, tinimsiz işdan va ijoddan çarçagan Oybek hozir ölim töşagida emas, balki öşa yumşoq divanda hordiq olib yotardi.
— Bolalarim, tegmang adangizga! U hordiq olib yotibdi! U ölmagan va aslo ölmaydi!
Zarifa Saidnosirovaning
“Oybegim mening” asaridan
qisqartirib olindi.