Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov muzey direktori, professor Rustambek Şamsutdinov bilan muzey faoliyati xususida fikr almaşmoqda.

Andijondagi qatağon qurbonlari xotirasi muzeyi faoliyatidan

Çapdan öngga: maşhur adib va şoir, publitsist Nurali Qobul, muzey direktori, professor Rustambek Şamsutdinov, ADU prorektori Iqboljon Karimov, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev, ADU rektori, professor Baxtiyorjon Akbaraliyev muzey eksponatlari haqida suhbatlaşmoqda.

Tarixni, uning zamirida milliy özlikni anglaş, ajdodlarning şonli hayotini, ular qoldirgan boy maʼnaviy merosni örganiş jamiyatni maʼnaviy yuksaltirişda, milliy ğoyani mustahkamlaşda, yoş avlodni vatanparvarlik va  milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyatga ega.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 31 avgustda Toşkent şahridagi Qatağon qurbonlari xotirasi muzeyiga taşrif buyurganida Andijonda ham, Qoraqalpoğistonda ham, Xorazmda ham, Qaşqadaryoda ham, har bir viloyatning markazida yoki universitetlarning qoşida Qatağon qurbonlari xotirasi muzeyining filiallarini oçişimiz kerak deb taʼkidlagan edi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida Qatağon qurbonlari xotirasi muzeylarini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida mamlakatimizdagi qator oliy öquv yurtlari, şu jumladan, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti tuzilmasida ham “Qatağon qurbonlari xotirasi” muzeyi barpo etilgan bölib, tarix fanlari doktori, professor Rustambek Şamsutdinov rahbarligida muzey jamoasi tomonidan qatağon qurbonlari xotirasini abadiylaştirişga qaratilgan keng kölamli işlar va izlanişlar boşlab yuborildi.

Universitetning 1000 örinli yangi öquv binosi birinçi qavatidan muzey uçun ajratilgan umumiy maydoni 741,8 mkv. joy töliq kapital taʼmirdan çiqarilib,  eksponat va körgazmali vositalar uçun yangi va zamonaviy jihozlar hamda infokiosk, videoproyektorlar kabi texnik vositalar, ekspozitsiya zallarining mikroiqlimini möʼtadillaştirib turuvçi  sovitgiç-isitgiçli qurilmalar örnatildi. Ne-ne azoblarga solingan minglab ayançli taqdirlar haqidagi eksponatlar, maşʼum siyosat qurbonlari xotirasini abadiylaştirişga qaratilgan  maʼlumotlar topilib, muzeyga joylaştirildi.

2018 yil 15 avgustda oçilgan mazkur muzey eksponatlari “Rossiya imperiyasi bosqini va mustamlaka istibdodiga qarşi kuraş          (1865-1917)”, “Andijonda mustamlaka boşqaruvining joriy etilişi. Jadidçilik harakati”, “Tergov xonasi. Gulag dahşatlari”, törtinçi bölim “Sovet hokimiyatining örnatilişi va unga qarşi milliy ozodlik harakati (1917-1935 yillar)”, “Kollektivlaştiriş, quloqqa tortiş, surgun va ularning fojiali oqibatlari”, “Katta terror” va uning Andijondagi fojialari (1937-1938 yillar)”, “Paxta işi”, “Özbeklar işi”da qatağon qilinganlar”, “Qatağon va reabilitatsiya: huquqiy xujjatlar. Qatağon qilingan 1727 nafar andijonliklar röyxati”, “Andijon — mustaqillik yillarida, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy, buyuk bunyodkorlik zafarlari” deb nomlangan 9 ta bölimga joylaştirilgan.

Muzey direktori, professor Rustambek Şamsutdinov talabalarga sovet hokimiyatining Özbekistonda amalga oşirgan qatağon siyosati va uning fojiali oqibatlari haqida tuşunça bermoqda.

Andijon viloyatida mustamlakaçilarning zulm va zöravonligiga, ekspluatatsiyasiga qarşi, öz erki va hurriyati uçun jon olib-jon berib, mislsiz oğir kuraş olib borgan va bu qutluğ ozodlik yölida jon fido etgan, maxsus posyolkalarga,  GULAG lagerlariga surgun qilingan, aybsiz qamoq, otuvga hukm qilinib, begona yurtlarda kafansiz, janozasiz yer bağriga qöyilgan yurtdoşlarimizning taqdiri va qismati aks etgan tarixiy hujjatlar mazkur “Qatağon qurbonlari xotirasi” muzeyi orqali keng jamoatçilikka yetkazilmoqda.

Özbekistondagi davlat arxivlarida saqlanayotgan materiallar barobarida “Meros” xalqaro jamoat fondi homiyligida professor Rustam Şamsutdinovning Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Ukraina va boşqa xorijiy davlatlarga hamda mamlakatimiz böylab uyuştirgan ilmiy ekspeditsiyalar çoğida topilgan, mahalliy davlat arxivi hamda şaxsiy fondlarda saqlanayotgan yurtimiz, xalqimiz tarixiga doir qimmatli materiallar ham muzey fondini yanada boyitdi. Jumladan, 1920 yil sentyabr oyida Bokuda ötkazilgan Şarq xalqlari 1-Qurultoyi va unda qatnaşgan vatandoşlarimiz haqidagi tarixiy hujjatlar va kinoxronik materiallar, Rossiyadagi “DmitLag”dagi özbek mahbuslarining kanal qurilişidagi iştiroki haqidagi hujjatlar va fotosuratlar, kanal qurilgaç, Moskva yaqinidagi “Butovo poligoni”da qatl etilganlar bilan boğliq arxiv maʼlumotlari, fotosuratlar, 1937-1938 yillardagi “Katta qirğin”dagi ommaviy qatağon qurboni bölgan yurtdoşlarimiz qismati, quloqlaştiriş kampaniyasi davrida Ukrainaning Xerson oblasti Golopristan, Kaxovskiy, Skadovskiy rayonlariga, Şimoliy Qozoğistonning Qarağanda, Şortandi, Kokçetavga, Örta Osiyoning içki çöl-daşt rayonlariga surgun qilingan “quloq xöjaliklari”ning taqdiriga doir materiallar va boşqa qölyozma, gazeta, esdaliklarda, sönggi yillarda Rossiyada va boşqa çet davlatlarda naşr etilgan köplab yangi adabiyotlarda mustabid tuzum davrida Turkiston, Özbekiston xalqlari boşiga tuşgan oğir, maşaqqatli, fojiali kunlar va voqealar öz aksini topgan hujjatlar ham olib kelindi.

XIX asrning ikkinçi yarmida Çor Rossiyasining ölkani zabt etiş jarayonida andijonlik Amir Laşkar Alimqulning bosqinçilarga qarşi olib borgan janglari va uning tarixdagi roli, andijonliklarning çor Rossiyasi bosqiniga qarşi kuraş davrida körsatgan qahramonliklari, jasorati, matonati, mustamlaka zulmining Andijon xalqining boşiga solgan zulm va istibdodlari, Andijonda kötarilgan Pölatxon (1873-1876 yillar), Yetimxon (1878 yil) Darvişxon (1885 yil), Dukçi Eşon (1898 yil) boşçiligida mustamlakaçilik siyosatiga qarşi qaratilgan xalq harakatlari, qözğolonlar va qözğolon iştirokçilarining jazolanişi, taqdiri tarixiy faktlar, hujjatlar, fotosuratlar, audio va videomateriallar hamda boşqa manbalar asosida körsatiladi. Şuningdek, XX asr boşidagi Andijonda maʼnaviy-maʼrifiy va ijtimoiy-siyosiy sohalardagi özgarişlar, uyğonişlar — taraqqiyparvarlik, jadidçilik harakatlarining yuzaga kelişi tasviriy kartinalarda, rasmlarda, tarixiy hujjat va qölyozmalarda öz aksini topgan. Viloyatning hozirdagi mohir musavvirlari tomonidan işlangan Andijonning bosib olinişi, Dukçi Eşon qözğoloni, 1916 yilning iyul oyida bölib ötgan mardikor oldi siyosati va unga qarşi Andijonda kötarilgan xalq harakati va uning dahşatli tarzda bostirilişi, harakat qatnaşçilarining podşoh Rossiyasi jazolovçi idoralari tomonidan jazoga tortilişi aks ettirilgan kartinalari muzeyga taşrif buyuruvçilar  eʼtiborini tortadi.

1917 yil Turkistondagi uç hokimiyatçilik davrida andijonlik taraqqiyparvarlar, milliy tadbirkorlardan Mirkomilboy Möminboyev, Rözioxunboy Nazarboyev, Ahmadbek hoji Temirbekov kabilarning qatağon qilinişi, Turkiston muxtoriyatiga qarşi bolşeviklarning olib borgan tajovuzidan azob çekkan andijonliklarning qismati ham yoritilgan.

Mustabidlik asosiga qurilgan sovetlar hukmronligiga qarşi milliy ozodlik  va qurolli qarşilik harakatlari tarixiy rasm va hujjatlar vositasida namoyiş etilgan. Jumladan, bolşeviklar tomonidan qonga botirilgan Turkiston muxtoriyati, sovetlarning tarğibot va qatağon işlarini amalga oşirgan “Qizil Şarq” poyezdi, uning Andijonda bölişi hamda bir qator andijonliklarning qatağon domiga tortilişi, Andijon zaminida sovet hokimiyatiga qarşi keçgan ozodlik uçun kuraşgan qurolli qarşilik harakatining rahbarlari Madaminbek, Şermuhammadbek, Oxunjon, Parpibek, Abdurazzoq, Isroil va boşqa yurt himoyaçilarining qahramonliklari, erkinlik yölida qurbon bölganlar haqidagi hujjat va materiallar ham joy olgan. Ayniqsa, Şermuhammadbekning öğli Davronbek bilan professor Rustambek Şamsutdinovning Nyu York (AQŞ) şahridagi uçraşuvida olib kelingan maʼlumotlarning uşbu bölimga joylaştirilişi, muzeyga taşrif buyuruvçilarda katta qiziqiş uyğotmoqda.

Professor Rustamek Şamsutdinovning Moskva şahriga qilgan ilmiy safari çoğida aniqlangan davlat va jamoat arbobi, mohir diplomat, özbek xalqining otaşin farzandi qatağon domiga tortilgan Inomjon Xidiraliyevning faoliyatiga oid yangi arxiv maʼlumotlari hamda uning 1928 yil 31 dekabrda Moskvadagi “Natsional” mehmonxonasida sirli ravişda öldirilişi va jasadini 1929 yil 3 yanvarda krematoriyda kuydirilganiga oid maʼlumotlar, “Pravda” gazetasi 1929 yil 3 yanvardagi sonida eʼlon qilingan nekrologlar ham örin olgan.

Örta Osiyoda milliy davlat çegaralanişi davrida millatçilikda ayblangan, “Milliy Ittihod”çi, “18 lar guruhi”ga, “Botir gapçilar”, “Inoğomovçilik”, “Qosimovçilik”, “Badriddinovçilik”, “Öng trotskiyçilar bloki”ga daxldorlikda ayblangan andijonliklarning fojiali qismatlari haqidagi manba va maʼlumotlar muzey eksponatlari qatoriga joylaştirilgan.

Şuningdek, muzeydan sovetlar olib borgan kollektivlaştiriş siyosati va uning fojiali oqibatlari, quloqqa tortiş va Ukraina, Şimoliy Qozoğistonda surgunda bölgan andijonliklar qismati, “Katta terror”ning boşlanişi, qatağonga uçragan yurtdoşlarimizning GULAG lagerlaridagi maşaqqatli mehnati aks ettirilgan.

Abdulhamid Sulaymon öğli Çölponga bağişlangan ekspozitsiyada şoirning 1920 yili Boku şahrida ötkazilgan Şarq xalqlari Qurultoyidagi iştirokiga doir kinoxronika, SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining Çölponni otuvga hukm qilgani haqidagi hujjatlar  berilgan.

Muzeyga taşrif buyurganlar 1929-1934 yillardagi kollektivlaştiriş jarayonida dehqon xöjaliklarining maʼlum qismiga “quloqlar” degan tamğa yopiştirilib, ularni duşman kuç sifatida qatağon qilinişining butun tizimi, şakllari asosli ravişda hujjat va materiallar asosida oçib berilganini köradi. Bu bölim ekspozitsiyalarida quloqlaştiriş, surgun qiliş, qamoq jazosiga va otuvga hukm qilinganlar, GULAG lagerlaridagi mahbuslar va ularning taqdiri, 1937-1938 yillardagi “Katta qirğin”da  qatağon qilinganlar, Ikkinçi jahon uruşida faşizmga qarşi kuraşga safarbar qilingan sobiq quloqlar va ularning farzandlarining frontlarda körsatgan jasoratlari, uruşda noilojlikdan, özlariga boğliq bölmagan holatda asir tuşgan, asirlikdan ozod bölib sovetlar tomonidan konslagerlarga hukm etilganlarning fojialari ham örin oladi.

Muzey koridoridagi eksponatlar ham mavzu jihatdan sovetlarning “Katta terror” qirğini jarayoni bilan boğliq. Bu yerda Andijondan qatağon bölgan, otilgan va uzoq muddatga qamalgan 1500 dan ortiq ajdodlarimizning ism-şariflari va maxsus arxivlarda saqlanib qolgan maʼlumotlari berilgan.

Siyosiy qatağonning eng kulminatsion nuqtasi mudhiş 1937-1938 yillardagi “Katta qirğin”ning Özbekiston xalqlari taqdiridagi maşʼum sahifalari, Stalin davri qatağonlarining davomi, bu davrda qatağonga uçragan vatandoşlarimizning aççiq qismati rasm va yozuv materiallar bilan namoyiş etilgan.  XX asrning 30-50-yillarida amalga oşirilgan siyosiy kompaniyalar natijasida viloyatda minglab davlat va jamoat, taʼlim, fan va madaniyat arboblari, sanoat, qişloq xöjaligi va transport xodimlarining, ruhoniylar va oddiy mehnatkaşlarning qatağon qiliniş tarixini muzey vositalari va arxiv aşyolari asosida aks ettiriladi.

Muzeyga taşrif buyuruvçilar XX asrning 80-yillaridagi “Paxta işi”, “Özbeklar işi”ga doir eksponatlar, Gdlyan va Ivanov boşliq partiya “desanti”ning Özbekistonga xuruji va ularning kirdikorlari aks etgan maʼlumotlar bilan tanişişlari mumkin.

Şuningdek, Özbekistonning davlat mustaqilligiga erişişi, mustaqillik yillarida Andijon viloyati aholisi erişgan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, maʼrifiy sohalardagi yutuqlar va ular amalga oşirgan bunyodkorlik sohasidagi yutuqlari stendlarda namoyiş etilgan.

Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatağon qurbonlari xotirasi” muzeyi nafaqat mahalliy, balki xorijlik sayyoh va mutaxassislarning ham eʼtiborini öziga jalb etmoqda. Hozirgi kunga qadar muzeyga 100 dan ortiq xorijlik mehmonlar taşrif buyurişgan.

— Andijon davlat universitetiga taşrif davomida universitet tuzilmasidagi Qatağon qurbonlari xotirasi muzeyida ham böldik. Bu yerda tarix fanlari doktori, professor Rustambek Şamsutdinov bilan tanişiş baxtiga muşarraf böldim. Muzeyda hududdagi “Katta terror” davri hodisalari keng yoritilgan bölib, bundan taşqari, mustamlakaçilikka qarşi kuraşgan, yurt ozodligi va mustaqilligi uçun qon tökkan Andijon farzandlari haqida berilgan maʼlumotlar bilan ham tanişdim. Yana bir eʼtiborimni tortgan narsa — muzeydagi maʼlumotlar özbek va rus tillarida berilganligi böldi. Bu esa xorijlik mehmonlar uçun ham muzey maʼlumotlari bilan tanişiş imkoniyatini oşirgan. Men muzey faoliyatining keyingi işlarida va bosqiçlarida ularga ulkan zafarlar tilayman. Öylaymanki, muzey tarix sohasidagi faoliyati bilan juda köp yillar insoniyatga xizmat qiladi”, — deya fikr-mulohazalarini bayon etgan AQŞ Indiana Antropologiya universiteti professori Marianna Kamp.

Sankt-Peterburg davlat Meditsina universiteti katta ilmiy xodimasi Kamilla Yuryevna, Tomsk davlat universiteti professori tarix va siyosiy fanlar doktori Janna Anatolyevna, Janubiy koreyalik olim Lim Song Xo, Qirğiziston Fanlar Akademiyasi akademigi M. Mamasaidov va Öş viloyati özbek milliy madaniyat raisi R. Xodjayev, Jaloloboddagi Xalqlar döstligi universitetining faxriy professori,  Qirğiziston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi Uluğbek Abdusalomov kabi nufuzli mehmonlar ham yuqoridagi kabi iliq fikrlarni bildirişgan.

Muzeyga taşrif buyuruvçilar orasida, ayniqsa, qatağon qurbonlari bölgan yurtdoşlarimizning avlodlari öz ajdodlarini eslab, hozirgi mustaqillik davrining sevinç va şukronalik hissi bilan tölib-toşgan tuyğulari sabab köz yoşlarini yaşirolmayotgani ham fikrimiz isbotidir. Çunki ular “quloqning öğli”, “vatan xoinining farzandi”, “bosmaçining bolasi”, “xalq duşmanining farzandi” degan oğir tamğani gardanida uzoq yillar kötarib yuriş qanday oğir iztirob ekanini yaxşi bilişadi. Şuning uçun ularning qalbi bugungi ozod va obod hamda farovon hayotimizdan minnatdorlik tuyğulari bilan tölib-toşadi.

Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatağon qurbonlari xotirasi” muzeyi viloyat tarixi ham turli davrlarda qatağon qilingan fidoyi yurtdoşlarimizning hayotini aks ettiruvçi maʼrifiy közguga aylangan  bölib, ayniqsa, yoşlarni vatanparlik ruhida tarbiyalaşga munosib hissa qöşmoqda.

 Soibjon Hoşimov,

Andijon davlat universiteti professori,

 tarix fanlari doktori,

Şarof Ubaydullayev,

“Nuroniy” jamğarmasi

respublika Boşqaruvi

raisining birinçi örinbosari.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan