Unda davlat va jamiyat iştiroki qanday bölişi kerak?
Statistika maʼlumotlariga köra, dunyoda har yili millionlab insonlar aynan notöğri ovqatlaniş va uning oqibatida kelib çiqadigan kasalliklardan aziyat çekadi.
Xöş, biz aslida qanday ovqatlanyapmiz? Tanamiz yetarliça quvvat olyaptimi yoki insonlar oşqozonni şunçaki aldaş bilan kifoyalanmoqdami?
Köça taomlari (fast-fud) va yarim tayyor mahsulotlar jozibador körinişi, mazasi bilan eʼtiborni tortişi mumkin. Biroq şirinliklar va yoğli taomlar ortida katta xavf yaşirin ekanini, xususan, tarkibida haddan taşqari köp şakar, tuz va transyoğlar bölgan mahsulotlar qisqa muddatli töqlik va qoniqiş hissini bersa-da, vaqt ötgani sari organizmni iç-içdan yemirişini inobatga olsak, notöğri ovqatlaniş faqatgina ortiqça vazn muammosi bilan çegaralanib qolmaydi. Balki doimiy çarçoq, stress, xotira pasayişi va yurak-qon tomir tizimidagi jiddiy muammolarga olib keladi.
Inson organizmi öziga xos murakkab mexanizm bölib, u zarur vitaminlar, minerallar bilan boyitilişi lozim.
Aslini olganda, notöğri ovqatlaniş tuşunçasi ança keng. Soğlom turmuş tarziga muvofiq kelmaydigan isteʼmol mahsulotlaridan taşqari, ovqatlaniş tartibining yöqolişi, masalan, kun böyi oç yurib, keçqurun meʼyordan ortiq yeyiş; çoy, kofe yoki gazli içimliklarni oddiy toza suvdan ustun qöyiş, şuningdek, tez oziş maqsadida organizmni muhim ozuqalardan butunlay mahrum qiliş kabi notöğri yondaşuvlar salomatlikka jiddiy xavf tuğdiradi hamda kundalik hayotda noqulayliklarni keltirib çiqaradi.
Soğlom ovqatlaniş, bu —iqtisodiy barqarorlik va millat genofondi bilan bevosita boğliq keng qamrovli tuşunça. Yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va semizlik kabi muammolarning asosiy ildizi aynan notöğri ovqatlanişga borib taqaladi. Aholi soğlom ovqatlansa, davlat soğliqni saqlaş tizimi (şifoxonalar, bepul dorilar, operatsiyalar)ga ajratadigan milliardlab mablağlarini iqtisod qiladi. Mehnat unumdorligi oşadi, soğlom işçi kuçi köproq mahsulot yaratadi, kamroq kasallik taʼtiliga çiqadi. Şuningdek, aholi örtasida soğlom turmuş tarzining madaniyat darajasiga kötarilişi moliyaviy tomondangina emas, balki mamlakatlarning harbiy, ijtimoiy salohiyati bilan ham bevosita boğliqdir.
Mazkur muammoga yeçim sifatida soğlom ovqatlaniş, sport bilan şuğullaniş va muntazam jismoniy harakat qilişni katta-yu kiçikning odat tarziga aylantiriş, buning uçun muayyan loyihalar doirasida aholini rağbatlantiriş ijobiy natija beradi. Bugungi bozorda eng arzon kaloriya — fast-fud, gazli içimliklar tarkibidagi şakar, oq un va transyoğlardir. Soğlom mahsulotlar (baliq, sifatli göşt, toza zaytun yoği, mavsumdan taşqari mevalar) esa nisbatan qimmatroq.
Mazkur jihatlarni inobatga olgan holda mamlakatimizda aholi örtasida “Soğlom hayot sari 5000/10000 qadam” loyihalari yölga qöyilgan. Qişloq xöjaligi mahsulotlari narxlari muntazam nazorat qilib borilmoqda. Isteʼmol mahsulotlarining qiymati barobarida uning sifatiga ham — polizdan — dasturxongaça bölgan jarayon qatʼiy nazoratga olinişi, sifat darajasining oşib borişiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Biroq davlat har bir şaxsning isteʼmol madaniyatini şakllantirişni töliq nazoratga ololmaydi. Bu, avvalo, insonning şaxsiy tanlovi bölib, salomatligiga kişining şaxsan özi javobgar ekanini anglatadi.
Jahonda soğlom ovqatlaniş va aholi salomatligi böyiça bir neçta davlatlar yetakçilik qilsa-da, ular içida tizimli yondaşuvi bilan Yaponiya va Skandinaviya davlatlari (xususan, Finlandiya) ajralib turadi. Yaponiya dunyoda semizlik darajasi eng past — atigi 4 foiz va umr köriş darajasi eng yuqori davlatlardan biridir. Uning muvaffaqiyat siri şundaki, mamlakatda soğlom ovqatlaniş şunçaki tavsiya emas, balki boğçadan boşlab örgatiladigan majburiy fandir. Qolaversa, maktablarda şokuiku dasturi (ovqatlaniş madaniyati böyiça taʼlim) amalga tatbiq etilgan bölib, u muvozanatlaşgan, mavsumiy ingrediyentlardan tarkib topgan ovqatlarni, ongli ovqatlaniş odatlarini öz içiga oladi. Bolalarga yarim tayyor mahsulotlar berilmaydi. Taomlar mahalliy mahsulotlardan, yangi baliq va sabzavotlardan joyida tayyorlanadi. Yaponiyada “Metabo” qonuniga asosan, davlat kompaniyalar va mahalliy hokimiyatlarga 40 yoşdan 74 yoşgaça bölgan xodimlarning bel aylanasini yillik tibbiy körikdan ötkazişni majburiy qilib qöygan. Agar xodimlar örtasida semizlik köpayib ketsa, öşa kompaniya davlatga jarima (qöşimça soliq) tölaydi. Şuning uçun kompaniyalar xodimlarning sport bilan şuğullanişi va soğlom ovqatlanişiga şaroit yaratadi.
Finlandiya 1970 yillarda yurak kasalliklari böyiça dunyoda yetakçi edi. “Şimoliy Kareliya loyihasi” boşlangaç, tuz va sariyoğ isteʼmoli meʼyori qatʼiylaşdi. Non mahsulotlariga majburiy ravişda foydali donlar qöşiş talabi qöyildi. Natijada, mamlakatda yurak xastaliklaridan ölim darajasi 80 foizga kamaydi.
Körinadiki, soğlom ovqatlanişni tarğib qiliş, bu —kelajakka tikilgan investitsiyadir. Çunki bugun soğlom yegulikka ajratilgan mablağlar, ertaga tibbiyotdagi yirik xarajatlarning oldini olişi mumkin. Qolaversa, tanamiz bizga omonat. Uni sifatsiz, sunʼiy taomlar bilan töldirişga emas, balki soğlom va foydali mahsulotlar bilan quvvatlantirişga odatlanişimiz zarur. Zero, soğlom ovqatlaniş faqat jismnigina emas, balki ruhiy salomatlik, kognitiv faoliyat va fikrlar tiniqlaşuviga ham yordam beradi.
Janaroy Alimbayeva.