yoxud Uyçilik va Çortoqlik nuroniylar faoliyatiga bir nazar

“Uyçi tajribasi” bardavom…  

Şimoldan Tyan-Şan, janubdan Hisor — Oloy toğ tizmalari bilan öralgan Farğona vodiysida joylaşgan Namangan viloyati havosi musaffo, tabiati sölim göşalardan hisoblanadi. Viloyatning Uyçi hamda Çortoq tumanlariga bu galgi safarimiz Namangan şahrida ötkazilayotgan 65-Xalqaro gullar festivali kunlariga töğri keldi. Şaharga kirib borar ekanmiz, yöllarning gavjumligi, çor-atrofning gulga burkanganligidan hayratga tuşdik.

Safarimizning birinçi kuni Uyçi tumanida böldik. Tuman hokimligida  bizni “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi, viloyat Kengaşi deputati Tohirjon Ismatillayev kutib oldilar.

— Nuroniylarimiz juda faol, — deydi Tohirjon Ismatillayev mamnunlik bilan. — Ular hurmatli Yurtboşimizning ğamxörliklari va bildirgan yuksak işonçlaridan ruhlanib, bir lahza bölsa-da, bekor turmaydilar. Mahallalarda, xonadonlarda, muassasalarda bölib, el-yurt taşvişi bilan yaşamoqdalar. Tumanimiz hokimi, tuman Kengaşi deputati Muzaffar Abdullayevning biz, nuroniylarga hurmati juda baland. Nuroniylarimiz ham har bir sohada faol iştirok etib, yangi-yangi taşabbuslarni ilgari surişmoqda. Bu taşabbuslar, öz navbatida, “Uyçi tajribasi” sifatida eʼtirof etilmoqda.

“Nuroniylar maskani” hamda  “Nuroniylar çoyxonasi” şundoqqina hokimiyatning yonida joylaşgan ekan. Maskanda kattagina şinam zal. Zalning çap tarafida möʼjazgina kutubxona bölib, unda bugunning maşhur kitoblari, gazeta va jurnallar taxlamlari jamlangan. Maskandagi hamma xonalar gavjum. Bir-ikki nuroniy kitob varaqlab, mutolaa bilan maşğul. Uç-tört nuroniy şaxmat-şaşka öynayapti. Uç-törtta faxriylar trenajer zalida şuğullanişmoqda. Bir guruh nuroniylar çoyxona yonidagi sörida gurunglaşib,  amalga oşirilgan işlarni özaro muhokama qilib, tajriba almaşişmoqda.

Darvoqe, haş-paş degunça 2026 yilning 1-yarmi ham yakuniga yetdi. Ayni kunlarda faol nuroniylar öz hisobotlarini topşirayotgan ekanlar.

— Joriy yilning birinçi yarmi nuroniylarimiz uçun ança barakali böldi, — deydi Tohirjon Ismatillayev. — Tumanda 53 ta MFY faoliyat yuritadi. Aholi soni 242 ming nafardan ziyod. Şundan 20 ming  690 nafar mehnat faxriysi istiqomat qiladi. Nuroniylar islohotlar jarayonlarida faol iştirok etib, oilalarni kambağallikdan çiqariş, yoşlarni kasb-hunarga yönaltiriş, aholi farovonligini taʼminlaşda jonbozlik körsatib kelmoqdalar. Raqamlarga töxtaladigan bölsak, faol nuroniylarga biriktirilgan 723 ta kambağal oilaning 294 tasiga  2 kişilik 297 ta parta hamda 594 ta stul yetkazib berildi. Şu bilan birga, xonadonlarda istiqomat qilayotgan 567 nafar oila farzandlariga sport kiyim-boşlari tarqatilib, ularning taʼlim olişi va sport bilan şuğullanişi uçun munosib şaroitlar yaratildi.

Tumandagi “Qahramon” mahallasi Elatan köçasi 7-uyda yaşovçi Mirzaahmedovlar oilasida ötkazilgan “Qöşa qariş saodati” tadbiri yoşlarga çinakam   ibrat namunasi böldi. Mirzaahmedov Nurmuhammad ota hamda Mirzaahmedova Maʼsudaxon onalar ellik ikki yildirki, bir-birlariga yelkadoşu suyançiq bölib, oila atalmiş muqaddas qörğonni asrab-avaylab kelayotirlar. Ular tört qiz, ikki öğilni kamol toptirib, hozirda 19 nevara, 5 çevaraning buvasi va buvisiga aylanganlar. “Faxriylar — faxrimiz” mavzusida ötkaziladigan tadbirlar doirasida “Muborak” mahallasining “Nurli ziyo” köçasida istiqomat qiluvçi, tabarruk 96 yoşni qarşi olgan Santalat aya Jörayevaga ham ehtirom körsatildi. Onaxon 12 nafar farzandni mehr bilan tarbiyalab, ularni halollik, mehnatsevarlik va insonparvarlik ruhida kamolga yetkazgan. Bugungi kunda 50 nabira-yu 30 çevara, 16 nafar evaraning mehribon buvijonisi bölib, el-yurtni duo qilib kelmoqdalar.

“Soğlom jamiyat –— kuçli davlat” şiori ostida Özbekiston XDP Uyçi tuman kengaşi hamda “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi hamkorligida taşkil qilingan tadbirlar doirasida Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va tuman tibbiyot birlaşmasi tomonidan “Boğ köça” mahallasi hududidagi  31-oilaviy poliklinikada bir guruh nuroniylar bepul tibbiy körikdan ötkazildi.

Yoşlarni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va anʼanalarimizga hurmat ruhida tarbiyalaş maqsadida ötkazilayotgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlari  ham öziga xos ibrat, maʼno-mazmun kasb etmoqda. Bunday tadbirlarda mehnat faxriylari Abdulboqi ota Qozoqov, Marğubaxon aya Umrzoqova hamda Dilorom aya Töraboyeva kabi faxriylar yoşlarga, çin maʼnoda, ibrat va namuna bölişmoqda.

“Ğayrat” mahallasida yaşovçi 101 yoşli Halçaxon aya Ğoziyeva, “Şaftoli” mahallasida istiqomat qiluvçi 106 yoşli Fotimaxon aya Qöçqorova xonadoniga taşrif buyurgan mutasaddilar va yoş avlod vakillari onaxonlarning oltinga teng ögitlari va nurga tölgan duolaridan bahramand böldilar.

Payşanba — “Yoşlar kuni” tadbirlariga tumanning faol nuroniylari alohida eʼtibor qaratadilar. Eʼtiborlisi, navbatdagi “Zakovat” intellektual öyini bu safar noanʼanaviy keçdi. Yaʼni unda nuroniy va yoşlardan iborat jamoalar özaro bahsga kirişişdi. Masalan, bitta jamoada nuroniylar ham, yoşlar ham bor. Bundan anglaşiladiki, hamma joyda, har vaqt, hamma sohada, barça masalada keksa va yoş avlod vakillari özaro birlaşar ekan, har qanday ezgu maqsad va saʼy-harakat muvaffaqiyatli  amalga oşadi.

Tumandagi “Boğ köça” MFY “Keksalar maslahati” guruhi raisi, faol nuroniy, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” körik-tanlovining 2025 yil Respublika bosqiçi ğolibi Saidaxon aya Ubaydullayevani nafaqat tumanda, balki viloyatu respublikada ham yaxşi tanişadi. “Boğ köça” mahallasida 848 ta xonadon bölib, 4685 nafar aholi istiqomat qiladi. Muhtaram Yurtboşimizning 2023 yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 92-sonli qarori  ijrosini taʼminlaş maqsadida, mahallada  ibratli işlar amalga oşirib kelinmoqda. Saidaxon aya bunday taşabbuslarda oldingi saflarda bölib, nuroniylar bilan hamjihatlikda  ezgu işlarga kamarbasta bölmoqdalar.

Mahallada “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” loyihasi doirasida obrö-eʼtiborli, hayotiy tajribaga ega 15 nafardan iborat keksalar guruhi faoliyat olib bormoqda. Ular mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş, soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, tibbiy madaniyatni yuksaltiriş, aholi salomatligini mustahkamlaş, oilaviy ajrimlarning oldini oliş, qizlar tarbiyasi bilan şuğullaniş, ularni turmuşga tayyorlaş, yoşlarni iş bilan taʼminlaş, kambağallikni qisqartiriş va yana qator vazifalarni hamjihatlikda, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda hal etib kelişmoqda.

— Yoşlar bilan işlaş, bir qaraşda, oddiy va osondek tuyuladi, — deydi Saidaxon aya. — Ammo şuni ham unutmaslik kerakki, uşbu yönalişda yöl qöyilgan arzimas xato kelgusida ulkan yöqotişlarga olib keladi. Şu sababli har lahzada huşyor va ziyrak, eʼtiborli bölişimiz darkor. Bizga işonib topşirilgan yoşlarning kelajak taqdirini ezgulik sari buriş, ularni kasb-hunarli etib tarbiyalaş, mustaqil hayotga yöllab, saodatli oilaning sohib va sohibalariga aylanişlari uçun barça imkoniyatlarimizni işga solişimiz şart va zarur.

Ha, uyçilik faol nuroniylar ana şunday ezgu maqsad bilan oqilona saʼy-harakatlarda davom etmoqdalar.

 Yangilanib borayotgan Çortoq

Safarimizning ikkinçi kuni Çortoq tumanida böldik. “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Umrzoq ota Sattarov bilan Çortoq tumani markazini aylandik. Hamma joyda yangilaniş.

— Hali Çortoq tamomila yangiça qiyofa kasb etadi, körib, tanimay qolasiz! — deydi Umrzoq ota. —  Mamlakatimizda hududlarni obod qilişga yönaltirilgan islohotlar samarasi ölaroq, Jahon bankining “Şaharlarda yaşaş va unumdorlikni oşiriş uçun qulay şaroitlar yaratiş”  dasturi doirasida Çortoq şahrida ham juda katta bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda. Bank maʼlumotlariga köra, uşbu loyiha yöllar, suv taʼminoti, kanalizatsiya tizimlari, jamoat transporti, maktablar, poliklinikalar, boğlar va boşqa jamoat joylarini rivojlantirişni öz içiga oladi.

Umrzoq ota bilan tumanning “Laskidon” mahallasi “Nurli hayot” köçasidagi xonadonlarda bölib, aholi tomorqalarida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdik, mirişkorlar bilan suhbatda böldik. Adaşali ota Mirzaahmedov xonadoni tomorqasi, çin maʼnoda, ibrat olgulik.  Oila bekasi Mamlakat aya tomorqaga ekilgan kartoşka, pomidor, bodom köçatlariga mehr berib turgan ekanlar. Yonlarida öğil-qiz nabiralari yordamçi. Öğil nabira orada qöraga ötdi-da, qöylariga yem soldi.

— Tomorqada işlasam, rohat qilaman, — deydi Mamlakat aya. — Ham jismonan tetik bölaman, ham hovlimizdan çiqayotgan meva-sabzavotlar hosilini körib quvonaman. Aslida yerga mehr bersangiz, u sizdan marhamatini ayamaydi. Nabiralarimizga ham ekin-tikin sirlarini örgatamiz. Böş vaqtlarimizda kitobxonlik qilamiz.

Umarjon ota Abdurahmonov xonadoni ham obod. Tomorqada kartoşka, pomidor, karam mahsulotlari, rangba-rang gullar ekilgan. Sörining atrofi gullarga burkanib, ajoyib manzara kasb etgan. Sohibkor otaxonu onaxon  tomorqada quyoş sari dadil böy çözayotgan ekinlariga qalb qörlarini berişmoqda.

Mahmudjon ota Sattarovning issiqxonasiga qoyil qoldik. Içkari şu qadar issiqki, bir zumda havo yetmay qolayotganga öxşaydi göyo. Mana şunday şaroitda pomidorlariga bir-bir nazar taşlab çiqayotgan Mahmudjon ota va Pölatoy ayalarning sabru matonati, fidoyiligiga tan bermay böladimi?!

— Issiqxona 1 sotix maydonda joylaşgan. Pomidorning “Alamin” navini ekkanmiz. Juda serhosil. Mehnatingizni oqlaydi, — deydi Mahmudjon ota. — Issiqxonadan taşqari, tomorqamizda uzum, kartoşka, bulğor qalampiri, loviya ham yetiştiramiz. Kimki uyda bölsa, tomorqadagi ekinlar parvarişi bilan band böladi. Bu işga barçamiz örganib qolganmiz. Kundalik maşğulotimizga aylangan…

Mahallani aylanar ekanmiz, çortoqliklarning tabiat, gözallik şaydosi, ayni paytda saranjomu orasta ekanliklariga yaqqol guvoh böldik. Taşqaridan qaraşning özidayoq xonadon ostonalari ozoda, rangba-rang gullar oçilib, ajib gulzorlar hosil qilgan.

Navbatdagi manzil — Çortoq tumanidagi “Nuroniylar maskani” va “Nuroniylar çoyxonasi” böldi. Bu yerda ham xuddi Uyçi tumanidagi kabi şaroitlar yaratilgan. Kutubxona, maʼnaviyat va maʼrifat zali, trenajerlar xonasi nuroniylar uçun muntazir.

— Maskan hamişa oçiq. Nuroniylar bilan gavjum, — deydi Umrzoq ota. — Çoyxonamizda ham barça şaroitlar muhayyo. Bir-biridan şirin taomlar tayyorlanadi. Çoyxona balandda joylaşganligi uçun juda bahavo.  Bu joyda nuroniylarimiz bilan öz işlarimizni rejalaştiramiz, tadbirlarimizni tahlil qilib, galdagi vazifalar xususida özaro kelişib olamiz.

Çindan şunday, Çortoq tumanida ham nuroniy otaxonu onaxonlar mamlakatimizda el-yurt farovonligini oşiriş yölida olib borilayotgan ezgu islohotlarda yeng şimarib xizmatda bölmoqdalar.

— Tumanimizda 15 nafar Nuroniylar jamoatçilik kengaşi aʼzolarining namunaviy tarkibi şakllantirilgan bölib, nuroniy va faxriylar, özgalar parvarişiga muhtoj yolğiz keksalarning 2944 nafari “mahallabay” örganildi. Şundan 278 nafar  yordamga muhtoj muammosi bor nuroniylarga dori-darmon, oziq-ovqat, reabilitatsiya texnik vositalari tarqatilib, sanatoriylarda soğlomlaştiriş, bepul tibbiy köriklardan ötkaziş işlari amalga oşirildi, — deydi Umrzoq ota Sattarov. — “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili böyiça tumandagi 57 ta maxalladagi hayotiy tajribaga ega 171 nafar faol nuroniyga 1710 nafar muammoli yoş biriktirilgan. Ularning har biri yoşlar tarbiyasi yölidagi  masʼuliyatni his etib mehnat qilişmoqda. “Nuroniy — har bir oilaga masʼul” loyihasi asosida oilalarda ahillik, tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş maqsadida, 93 ta muammoli oilaning har biriga 93 nafar köpni körgan,  tajribali nuroniy onaxon va otaxonlar biriktirilib, 19 ta oilaning muammosi hal etildi. Şuningdek, tumanimizda 188 nafar özgalar parvarişiga muhtoj yakka-yolğiz  keksalar va yolğiz yaşaydigan keksalar, 35 nafar frontorti mehnat faxriylari  mavjud. Ulardan 6 nafari Farğona viloyati Beşariq tumanidagi “Beş çaşma” sihatgohida soğlomlaştirildi. Faol yoşlardan iborat volontyorlik guruhlari tomonidan 51 nafar  yakka-yolğizlar uylari va tomorqalarini tartibga keltiriş, uy yumuşlariga yordamlaşiş işlari taşkillaştirildi.

Tuman nuroniylari sardori taʼkidlaganidek, aholi, nuroniylar, ayniqsa, yoşlarni keng jalb etgan holda, “Qöşa qariş saodati”, “Uç avlod uçraşuvi”, “Faxriylar — faxrimiz”, “Yuz bilan yuzlaşganlar” kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, “Salomatlik uçun beş ming qadam”, “Ğayratli keksalar” kabi jismoniy tarbiya va sport tadbirlari muntazam ravişda taşkillaştirib kelinmoqda. “Keksalar uçun turizm” tadbirlari esa nuroniylarning eng sevgan loyihalaridan biri bölib, ular sayohatni rohat deb baholaydilar. Öz navbatida, mana şunday eʼtibor va ğamxörlik uçun muhtaram Yurtboşimizga ulkan minnatdorlik bildirib, duolarga qöl oçadilar, el-yurtimizga tinçlik, farovonlik söraydilar.

Bugungi yangilanişlar, bunyodkorliklar, islohotlar natijasida Çortoq tumani ham özgaça husnu tarovat kasb etib bormoqda. Uşbu saʼy-harakatlarda yoşlarga ibrat bölib, oldingi saflarda borayotgan piri badavlatlarimiz — qadrli nuroniy otaxonu onaxonlarimizga “Hormang! Baxtimizga hamişa soğ-omon böling!” — deya tilak bildirib qolamiz.

Bahodir Valiyev.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan