Bugungi kunda mamlakatimizda keçayotgan oqilona islohotlarni hayotga teran tatbiq etiş, ularning samaradorligini taʼminlaşda faol nuroniylarimizning hissalari katta bölmoqda.

“Nuroniy” jamğarmasining Surxondaryo viloyati Uzun tumani bölimi tomonidan ham keksa faxriylarning ijtimoiy faolligini oşiriş, salomatliklarini muhofaza qiliş, umrlariga umr qöşiş, aholi farovonligini taʼminlaş, yoş avlod taʼlim-tarbiyasida ularning oltinga teng tajribalaridan unumli foydalanişga ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.

Uzun tumanida 186311 nafar aholi istiqomat qiladi. Şundan, 96881 nafari erkaklar, 86430 nafari ayollarni taşkil qiladi. Yoşga doir keksa nuroniylar 15081 nafar, front orti mehnat faxriylari 36 nafar, 100 yoşdan oşganlar 10 nafar, yakka-yolğiz keksalar esa 29 nafardan iborat.

“Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyiliga köra, har yili tumandagi mavjud mahallalarning faol nuroniylariga 10 nafardan muammoli yoşlar  biriktirilib, ularning muammolariga yeçim topilmoqda. Bu yil ham 93 nafar nuroniyga 930 nafar muammoli yoş biriktirilgan bölib, amaliy saʼy-harakatlar natijasida ularning 222 nafari muammoli yoşlar toifasidan çiqarilgan. Şuningdek, “Nuroniy — har bir oilaga masʼul” tamoyili asosida 82 nafar nuroniyga 82 ta muammoli oila biriktirilib, hozirda işlar davom ettirilmoqda. 107 nafar faol nuroniyga kambağallik reyestrida turuvçi 472 ta oila biriktirilgan. Uşbu oilalarni kambağallikdan çiqariş böyiça çoralar körilib, xonadonlar bilan yaqin hamkorlikda iş olib borilmoqda.

Nuroniylarni jismoniy tarbiya va sport bilan qamrab oliş masalasi ham asosiy kun tartibidan joy olgan. “Soğlom hayot uçun 5 ming qadam” yuriş marafoni hamda ommaviy badantarbiya maşğulotlari muntazam taşkil etiladigan öziga xos sport anʼanasiga aylangan.

Tumanning “Ittifoq” mahallasida istiqomat qiluvçi faol nuroniylarning sport yönalişida erişgan natijalari nafaqat mahallada, balki butun viloyat va mamlakat miqyosida sport sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar mevasi sifatida qayd etilmoqda. 1964 yilda tuğilgan Muxtorjon Umarov  Osiyo çempionatlarida yuguriş böyiça qator natijalarga erişgan. Masalan, u Çimkent va Toşkent şaharlarida keçgan Osiyo çempionatida 4-örinni, Samarqand şahridagi Osiyo çempionatida 1-örinni, Andijon şahridagi çempionatda esa 1-örinni qölga kiritgan.
1960 yilda tuğilgan Şarofiddin Amanov ham sport böyiça öz yönalişida yuqori natijalarga erişgan. 2018 yilda Toşkentda bölib ötgan Osiyo çempionatida faxrli 3-örinni, 2021 yilda Toşkentdagi çempionatda
3-örinni qölga kiritgan. Bundan taşqari, 2023 yilda Toşkentda ötgan Osiyo çempionatida  yuguriş böyiça 2-örinni egallagan.

“Nuroniy” jamğarmasining tuman bölimi taşabbusi bilan hamkor idora va taşkilotlar bilan birgalikda ötkaziladigan “Uç avlod uçraşuvi”, “Qöşa qariş saodati”, “Faxriylar — faxrimiz”, “Yuz bilan yuzlaşganlar”, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” va yana qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, çinakam maʼnoda, yoşlarga insoniylik saboqlari bölib xizmat qilmoqda. Xususan, “Karaşik” mahallasidagi 12-sonli umumtaʼlim maktabida ötkazilgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbirida  “Nuroniy” jamğarmasi Uzun tumani bölimi raisi Böri Toşboyev iştirok etib, yoşlarning ongi va tafakkurini yuksaltiriş, intellektual, kasbiy salohiyatini oşiriş, Vatan himoyasi, uning hududiy daxlsizligini taʼminlaş, davlat va jamiyat xavfsizligi uçun hamişa şay turiş, vatanparvar, xalqparvar böliş lozimligini alohida taʼkidladi. Tadbirda keksa va örta avlod vakillaridan taşqari yoşlarning ham yutuqlari eʼtirof etildi. Jumladan, 2008 yilda tuğilgan Paralimpiya böyiça 3 karra jahon çempioni Hojiakbar Öroqov öz yutuqlari haqida gapirib, tengqurlarini, barça yoşlarni  asosiy maqsad yölida dadil harakat qilişga undadi.

“Keksalar uçun turizm” loyihasiga ham alohida eʼtibor qaratilgan. “Madaniy turmuş” mahallasining bir guruh otaxonu onaxonlari Söfi Olloyor bobo qadamjosini ziyorat qilib, uluğ alloma hayoti va faoliyatiga oid bilimlarini yanada boyitdilar. Şu kungaça tuman nuroniylari bilan qator ziyoratgohlar va diqqatga sazovor joylarga ziyorat hamda sayohat tadbirlari uyuştirildi. Ular uşbu eʼtibor uçun davlatimiz rahbariga öz minnatdorliklarini izhor qilgan holda, yurtimiz tinçligi, xalqimiz farovonligini sörab, duolarga qöl oçmoqdalar.

— Iş faoliyatimizda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 167-sonli, 2023 yilda 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 92-sonli qarorlari va yana qator hujjatlar dasturilamal bölib xizmat qilmoqda, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Uzun tumani bölimi raisi Böri Toşboyev. — Har bir işda sarhisob, tahlil va xulosalar bölişi kerak. Şu maqsadda, tumanimizdagi mavjud mahallalarda iş olib borayotgan nuroniylar faoliyatini doimiy tahlil qilib boramiz. Bu, albatta, tajriba almaşiş va işimiz samardorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Yaqinda “Yangi rözğor” mahallasida iş olib borayotgan faol nuroniylar bilan uçraşuv ötkazib, ularning faoliyatini örgandik. Mahallaning faol nuroniylari Öktam Rahmonov, Örmon Rahmonovlarning amalga oşirgan işlari, yani ularning “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul”, “Bir muammoli oilaga bir nuroniy masʼul”, “Kambağallikdan — farovonlik sari” tamoyillari böyiça işlaş tajribasi körib çiqildi. Örganiş va amaliy yordam körsatiş tadbirlari davomida ularning erişayotgan yutuqlari eʼtirof etilib, öz navbatida, amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar yuzasidan körsatma hamda tavsiyalar ham berildi.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, aytiş mumkinki, bugungi kunda Uzun tumanida faol nuroniylar işini taşkil etiş borasidagi tadbirlar aniq reja va dasturlar asosida olib borilmoqda. Bu esa amalda kutilgan samaralarni berib, nuroniylarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotimizdagi hal qiluvçi örnini yanada mustahkamlamoqda. Zero, amalga oşirayotgan bu kabi işlardan boş maqsadimiz, nuroniylarimizning faolligini oşirişdir.

Foziljon Toşquvvatov,

Uzun tumani.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan