Jamiyatning tinç va farovonligi, şubhasizki, unda istiqomat qilayotgan insonlar örtasidagi mehr-oqibat hamda oilalardagi soğlom muhit bilan belgilanadi. Oilaviy xotirjamlik va osoyiştalik esa, avvalo, xonadon boşliqlari bölmiş ota va onaning maʼnaviy qiyofasi, maʼrifati hamda dunyoqaraşiga boğliq. Maʼnaviyatli va yuksak masʼuliyatli ota-ona öz bilimi, ibratli hayoti va xatti-harakatlari bilan farzandlariga çinakam namuna böla oladi.
Ğijduvonlik Aminjon Asrorov xonadoni ana şunday fayzli va ibratli oilalardan. Aminjon ota 1939 yilda Ğijduvon tumanidagi sobiq Sadriddin Ayniy nomli jamoa xöjaligida tavallud topgan. U endigina ikki yoşga tölganida Ikkinçi jahon uruşi boşlanib, yurtimizdagi minglab oilalar qatori ularning xonadoniga ham oğir sinovlar keldi.
— Otam gödaklik çoğlarimda uruşga ketganlari bois, u kişining siymosini faqat suratlarda körganman, — deya öşa suronli yillarni xotirlaydi Aminjon ota. — Uruşning uçinçi yili otamdan qoraxat kelgani va onamning bizni quçoqlab faryod çekkanlari hanuz köz oldimdan ketmaydi. Öşanda hali gödak bölsak-da, qalbimizda erta ulğayiş boşlangandi. Onamga suyanç böliş uçun qölimizdan kelgan barça işga sidqidildan kirişardik.
Uruşdan keyingi yillarda oila tuman markazidagi bobomeros xonadonga köçib ötadi. Aminjon ota 1948 yilda sobiq Uluğbek nomli maktabning 1-sinfiga boradi. Yuqori sinflarda öqib yurgan kezlarida rözğorga harna madad bölsin, deya darsdan böş vaqtlarida tuman markazidagi umumiy ovqatlaniş korxonasi oşxonasida oşpazga yordamçilik qila boşlaydi. Pazandalik sirlariga bölgan qiziqiş va mehr uning qalbida aynan öşa yillarda uyğongan edi.
Ustozlarining kömagi bilan u tez orada mustaqil ravişda turli tansiq taomlar tayyorlaşni özlaştiradi. Maktabni 1959 yilda tamomlagan yoş yigit bir yil davomida uşbu korxonada oşpaz bölib işlaydi va keyinçalik Buxoro şahridagi oşpazlik kursida sirtdan tahsil oladi. Iqtidori va mehnatkaşligi bilan ustozlari eʼtirofiga sazovor bölgan Aminjonga korxona rahbari bir kuni şunday nasihat qiladi:
“Öğlim, mahoratingni qadrlayman. Ammo bir yillik kurs bilan çeklanib qolma. Hali yoşsan, öqişing kerak. Maʼlumoting oliy yoki örta maxsus bölsa, hayotda aslo yutqazmaysan. Yigit kişi qirq hunarning egasi bölişi lozim, hunar esa seni heç qaçon yölda qoldirmaydi”.
Ustoz ögitiga amal qilgan Aminjon aka 1963-1965 yillarda Samarqand qişloq xöjaligi texnikumini sirtdan öqib tugatadi. Şu yilning özidayoq Samarqand kooperativ institutining muhandis-texnolog fakultetiga hujjat topşirib, 1971 yilda oliy taʼlim dargohini muvaffaqiyatli tamomlaydi va qadrdon göşasi — Ğijduvonga qaytadi.
Iş faoliyatini oşpazlikdan boşlagan qahramonimiz tez orada özining taşkilotçilik qobiliyati, mehnatkaşligi, odamlar dardiga quloq tuta biliş va murakkab vaziyatlarda töğri yeçim topiş kabi fazilatlari bilan rahbariyat va jamoa eʼtiborini qozonadi. Natijada u 1979 yilda umumiy ovqatlaniş korxonasiga direktor etib tayinlanadi. Lavozimi yuqorilagan bölsa-da, u öz kamtarligini yöqotmadi. Tizim rivoji, iş unumdorligini oşiriş va xodimlarning ijtimoiy şaroitlarini yaxşilaş yölida yanada köproq mehnat qildi.
El-yurt hurmati va orttirilgan ulkan obrö-eʼtibor sabab, 1980 yilda tumandoşlari Aminjon Asrorovni mahalliy Kengaşga deputat etib saylaşadi. Deputatlik faoliyati davrida u çinakamiga xalq va davlat örtasidagi işonçli köprikka aylandi. Saylovçilar manfaatlarini himoya qiliş, aholi muammolarini tinglaş va ularni ijobiy hal etiş, ijro hokimiyati bilan samarali muloqot örnatiş borasida sidqidildan faoliyat yuritdi.
Xalqimiz halol va vatanparvar insonlarni hamişa qadrlaydi. Şu bois, Aminjon Asrorov umumiy hisobda tört marotaba tuman hamda ikki marotaba viloyat Kengaşi deputati etib saylandi va öz faoliyati bilan xalq noibi degan şarafli nomga munosib ekanligini isbotladi. Bugungi kunda nuroniy otaxonning köksini “Şuhrat” medali, “Özbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” hamda “Özbekiston Respublikasi mustaqilligiga 30 yil” esdalik nişonlari bezab turibdi.
Aminjon ota nafaqat asosiy işi, balki jamoatçilik yumuşlarida ham faol böldi. Xalq boşiga iş tuşganda kömakka şay turuvçi bu inson, mahalladoşlarining xohiş-istaklariga binoan, korxona rahbarligi bilan bir qatorda 1991 yildan boşlab uç yil davomida jamoatçilik asosida “Çorsu” mahallasi raisi sifatida ham samarali faoliyat körsatdi.
Uzoq yillar davomida sevgan sohasida fidokorona mehnat qilgan Aminjon ota 1998 yilda nafaqaga çiqadi. Biroq jamiyat hayotiga daxldorlik tuyğusi uni uyda bekor ötirişga yöl qöymadi. 1999 yilda u “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisligi, oradan uç oy ötib esa “Mahalla” jamğarmasi tuman bölinmasi rahbarligiga tayinlanadi va har ikkala masʼuliyatli vazifani bir vaqtning özida muvaffaqiyatli boşqarib, mahallalar tizimini rivojlantirişga ulkan hissa qöşdi.
Asrorovlar oilasi bugungi kunda nafaqat mahalla, balki butun tumandagi eng namunali oilalardan biri sanaladi. Bu xonadonda özaro hurmat, hamjihatlik, keksalarga ehtirom, yoşlar tarbiyasi hamda muhtojlarga yordam qölini çöziş kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlar boş mezon etib belgilangan. Qahramonimiz umr yöldoşi Adolat aya (Alloh rahmatiga olgan bölsin) bilan birgalikda 4 qiz va 2 öğilni el havas qiladigan darajada tarbiyaladilar.
Farzandlarning barçasi oliy maʼlumotli, bugungi kunda xalq xöjaligining turli sohalarida yurtimiz ravnaqi yölida fidokorona mehnat qilib kelmoqda. Bugungi kunda piri badavlat otaxonning ardoğida 14 nafar nabira va 23 nafar abira uşbu şarafli va fayzli sulola anʼanalarini munosib davom ettirmoqda.
Azim daraxt panohida unib-ösayotgan nihollar bezavol kamol topganidek, bunday fayzli va barakali xonadonlardan ibrat olayotgan mahalladoşlar va yoş oilalar ham öz hayot yöllarini ezgulik bilan bezamoqda. Zero, havas va ibrat bilan yaşaş har bir xonadonga faqatgina qut-baraka va baxt olib keladi.
Dilfuza HAMIDOVA,
jurnalist,
Saʼdulla AMRULLOYEV,
mehnat faxriysi.