“Nuroniy” jamğarmasi Furqat tumani bölimi raisi Rustamjon Meliqöziyevdan faol nuroniylar haqida söraganimda, u kişi Xursanoy Yuldaşevani “Faol desam kamlik qiladi, eng faol” deb taniştirdi. Yetmiş yoşda bunday bölişning qanday karomatlariyu, şarofati bor ekan, degan xayol bilan boşladik suhbatni.
Aslida 30 yil davomida taʼlim sohasida işlagan Xursanoy onaning jonsaragu jonkuydiligi, taşabbuskorligi nuroniylar safida yanada jonlanib ketgandek körinadi. Hukumatimizning “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturi topşiriqlarini bajarişda Furqat tumani “Ingiçka” mahallasidagi uç faol nuroniyning biri sifatida u beş oilani otaliqqa olgan. “Buvijonlar maktabi” rahbari sifatida ham havas qilarli darajada faoliyat olib borayotgan ekan.
— “Buvijonlar maktabi” guruhida işlaş özimga juda yoqadi, — deydi suhbatdoşimiz. — Deyarli har kuni bitta tadbirim bor. Bir kun bolalar boğçasida, ertasiga maktabda, indiniga esa mahallada bölamiz. Yolğiz özim qilarmidim şunça işni?! Tumanimizdagi 34 ta mahalladan bittadan buvijonni kengaşga aʼzo qilganman. Bari zör buvijonlar. Mana, yaqinda 22-bolalar boğçasidagi tadbirimiz “Ertak ayting, buvijon, alla ayting, onajon!” şiori ostida ötdi. Mahalla kayvoniysi Xadiçaxon Akbarova allani kiçik bolalar guruhiga, ertakni esa katta bolalar guruhiga şunday mahorat bilan aytdiki, bolajonlar mazza qilişdi.
— Bu yaxşi, ammo har kuni boğçaga kelişning iloji yöq-ku, — söradim ösmoqçilab.
— Albatta. Şuning uçun ham tadbirga ikkala guruhning buvijonu onajonlarini taklif qildik. Ularga bu saboq böldi. Ayrimlari Xadiça buvining allasiyu ertaklarini yozib ham olişdi. Bolaning tarbiyasi uçun bularning ahamiyati katta ekani, şu orqali bolaga milliy ruh, vatanparvarlik, ezgulik tuşunçalarini singdiriş oson, — deydi Xursanoy ona. — “Çekçuvadak” mahallasidagi 26-maktabda ötgan tadbirimizni “Ilmu irfon şarafiga sazovorlar” deb nomladik. Taʼlim maskanining yuqori sinf öquvçilari Qöqon universiteti professori, tarix fanlari doktori Zarina Boytemirova bilan uçraşdilar. Olimamiz bolalarga ilm xosiyati va şarofati, ilm maşaqqati, uni yengib ötiş va el-yurtda obrö-eʼtibor topiş haqida gapirib berdi.
— Mahallalardagi buvijonlar bilan yiğilib ham turasizlarmi?
— Har ön beş kunda jamlanib, tadbirlarni rejalab olamiz. Mahallalardagi faol buvijonlar öz takliflari bilan kelişadi. Munavvarxon Ergaşeva boş buvijon bölgan “Jangketmon” mahallasida ötgan “Namunali oila” tanlovimizga doimgidek aksari qaynona- kelinlarning bir-birini tuşunmasliklari tufayli xonadonida notinçlik, kelişmovçilik, “araz-araz”lar röy berayotgan oila egalarini taklif etdik. “Namunali oila” sohiblarini rağbatlantiruvçi mukofotlar, taşakkurnomalar bilan taqdirladik. Bu kabi tadbirlardan kim saboq oladi, kim öz xatosini anglaydi, yana kimdir havas qiladi, albatta.
— Otaliqdagi oilalar bilan işlaş qanday keçmoqda?
— Keçga yaqin ularning işdan böşagan soatlarini möljallab boraman. Bir quvonganim şuki, “Ingiçka” mahallamizda yomon odam yöq. Kördimki, otaliğimdagilar faqat yöl topolmayotgan, tajribasi kamligi uçun reyestrga tuşib qolgan qişloqdoşlarim. Özbekning yeri — xazina. Bunday tomorqa bilan köp işlarni amalga oşirsa böladi. Oilalarga yerni umuman böş qoldirmaslik, tomorqadan kelgan meva-sabzavot uyning barakasi ekanini tuşuntirişga harakat qilaman. Bunga qöşimça ravişda imtiyozli kredit bilan hunarmandçilik sexlarini oçib, iş boşlaganlar tez orada kambağallik reyestridan çiqib olişi mumkinligini uqtirib, rasmiy iş taşkil etişlarida yordam beraman.
Suhbatdoşimizning samimiyligidan zavqlanib, ulardan ham hikmat, ham ibrat olarkanmiz, izlanuvçan, öz oilasidagi qadriyatlarni muqaddas sanagan har bir ayolning mana şunday saodat topişi muqarrar ekanligini könglimizdan ötkazdik. Opaning “Mehr-saxovat”, “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari bilan taqdirlanganligining öziyoq ularday mehridaryo, fidoyi onalarimizning hamişa eʼzozda ekanliklaridan dalolat, şubhasiz.
— Yolğiz farzand bölganim uçunmi, şundoqqina mahallaning öziga kelin bölib, baxt topganman. Faol ayol bölib, qanday yutuqqa erişgan bölsam, bari turmuş örtoğim Qosimjon Rahmonovning xayrixohligi, meni qöllab-quvvatlaşi tufayli deb bilaman. Uç öğlimiz, uç kelinimiz bor. Qarangki, 11 nabiramizning 10 nafari öğil bola. Bari odobli, tarbiyali. Ikki nafari Toşkentda, oliy öquv dargohida, yana bittasi mamlakatimizning yoş futbolçisi bölib, çempion jamoada töp surmoqda. Xonadonimiz tomorqasi gullar, meva-sabzavotlar bilan yaşnab turadi. Körib, dil quvonadi, köz yayraydi. Ayolga bundan ortiq baxt bormi?! — deydi Xursanoy Yuldaşeva şukronalik bilan.
Zamira XÖJAMBERDIYEVA,
“Nuroniy” muxbiri.