Har bir hududning köpga ibrat bölgulik taniqli odamlari böladi. Taʼbir joiz bölsa, Ibrohim ota Jumamurodov Qoraqalpoğiston Respublikasi Taxiatoş tumanining şunday hurmatli nuroniylaridan. Ibrohim ota asalari, tovuq, qöy, buzoq, xullas, odamzotga naf keltiruvçi tilsiz jonzotu mevali daraxtlarga ğamxörlik qilib, mehriyu mehnatini bergan tadbirkorlardan hisoblanadi.

—  Qoraqalpoğistonni  köpçilik şimoliy hudud, Orol dengizining qumlari soçilgan tuproq, deb qiyin mintaqaga yöyadi, — deydi Ibrohim ota. — Ammo men unday öylamayman,  inson  özi yaşayotgan Vatanini sevsa, uni  jannatmakon hududga aylantira oladi. Yaqinda biznikiga Farğona vodiysining Quva tumanidan kelgan döstlarim ham mevalari pişib, közni quvontirib turgan boğimizni körib, fikrimni maʼqullaşdi. Ularning aytişiça, bu yil bahordagi qorli sovuq tufayli ayrim joylarda köp örik daraxtlari meva qilmabdi. Ular ikki yarim gektarli ming tupga yaqin mevali daraxtlari bor boğimizdagi  sara nav öriklarimizdan şartnoma bilan birdaniga uç tonna xarid qildilar.

Ha, Ibrohim otaning ikki yarim gektar joyni egallagan boğida yetti-sakkiz xil mevali daraxtlar bor. Yiliga ön tonnagaça hosil beradigan bu boğni  yaratiş oson bölmagan. Ammo ota aytganidek, kişida mehru mehnat mujassam bölsa, niyatlar ijobat bölaveradi.

Ibrohim otaning boğdorçilikdan taşqari, asalari boqiş böyiça ham tadbirkorligi  bor. Tabiatşunos bölib ketgan, desak mubolağa bölmaydi. Qaysi giyoh qaçon gullaydi, uning şifobaxşligi qay darajada, asalarilar uçun qaysi davr “sayr”ga maʼqul, barini sohaga oid kitoblardan mustaqil öqib örgangan.

Hazrat Navoiyning “Hunarni asrabon netgumdir oxir, olib tufroqqamu ketgumdir oxir” degan hikmatiga amal qilgan “toza asalçi otaxon”ning  Taxiatoşdan 150 kilometr uzoqdagi Qoraözak tumanida, 100 kilometr olisdagi Qönğirot tumanida ham şogirdlari bor. Ular asalari boqiş böyiça donği ketgan Ibrohim ota huzuriga bir neça bor kelib, bu sohaning öziga xos sirlarini örganib olişgan. Birinçi şogirdi — sinfdoşi  Murod Ubaydullayev  bölgan bölsa, hozirgaça yigirma nafardan köproq şogirdlari asalari boqib, el dasturxonini şifobaxş asal bilan taʼminlamoqda.

Ibrohim Jumamurodov “Qora şahzoda” nomli zotdor qora tovuq boqişni ham yölga qöygan. Otaxon dastlab Andijondan  60 dona jöja olib kelgan. Hozirda ular özidan köpayib, qora tovuqlar soni 100 tadan ortib ketgan. Ibrohim ota qişloqdoşlarini sara şifobaxş uy tovuği tuxumi bilan taʼminlaydi.

— Şogirdlarning eng avvali farzandlaringiz bölsa kerak, — söraymiz otaxondan.

— Albatta. Öşa 1000 tup daraxtdan iborat mevali boğimizga hozir kenja öğlim Şamsiddin  qarayapti. U sohaning ança mirişkori bölib qoldi. Mevalarning yaxşi navlarini ekib, parvarişlaşning hadisini oldi. Şu kunda  “Söx gözali” deb nomlangan ertapişar olma navini ekib, hosilga kiritdi. Şamsiddin Taxiatoşdagi nuroniylar sanatoriysiga har yili  sara nav örik mevalarini yetkazib beradi. Qişda esa örik qoqilari bilan sanatoriyga kelganlarni siylaydi.

— “Nuroniy” jamğarmasi Taxiatoş tumani bölimi raisi Aminjon Ersayidov sizni “ilmi yetuk otaxon, bizning faollarimizdan”, deb gapirgandi.

— Islom ilmiga, tarixiy kitoblarga, mumtoz şoirlar asarlariga  ixlos qöyganman. Ogahiy va Avaz Ötarning şeʼrlarini sevib öqiyman. Uzoq yillar qişloğimizdagi Muhammad Murod masjidida xizmat qildim. Hozirda nafaqadaman. Boğ aylanaman,  asalarilarimdan xabar olaman. Qora tovuqlarimizning ahvolini nazorat qilaman. “Kenagas” mahallamizning faoli sifatida  kambağallik reyestriga tuşib qolgan beşta oilani oyoqqa turib olişi uçun otaliqqa olganman. Ulardan xabar olganimda, boğimizdagi mevalardan, şifobaxş asalimizdan sovğaga olib boraman. Bu neʼmatlar mehnatimiz, harakatimiz samarasi ekanini tuşuntiraman. Ularning tomorqalariga ekiş uçun daraxt nihollarimizdan berib, qanday parvarişlaş yölini ham örgatib kelaman. Axir bizning Xudo yorlaqagan tuproğimiz bor. U bilan tillaşgan odam qaşşoq bölmaydi, deb uqtiraman. Tuman faol nuroniysi sifatida Samarqanddagi Imom Buxoriy  majmuasining oçiliş marosimida iştirok etdim. Dunyoga maşhur bu majmuani ziyorat qilarkanmiz,  hayratim oşdi. Uluğvor majmuaning dunyo miqyosida ovoza bölayotganligi, muhaddis bobomizning ruhi şodlanayotganligidan mamnunman… Axir dunyo ahli  hayratlanib ziyorat qilayotgan bu beqiyos majmuada ziyoratçilar  uçun 65 ming örinli mehmonxonalar, zarur şaroitlar yaratilgan. Yana bir hayratimni oşirgan obida — Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi böldi. Bunday jasoratli taşabbus ijodkori bölgan Yurtboşimizdan hamma minnatdor. Nuroniylar, örta va yoş avlod vakillari bilan uçraşuvlarda  hayratu taassurotlarimni barçaga sözlab beryapman. Aminjon (“Nuroniy” jamğarmasi Taxiatoş tumani bölimi raisi Aminjon Ersayidov) taşkillaştiradigan uçraşuvlarga jon deb boraman. Axir tinç Vatanda,  taʼlim islohotlari olib borilayotgan,  yangiliklari bisyor şaroitlarda yaşayapmiz. Yoşlarimiz bu yuksalişlarning qadriga yetişi, bilim olib, çinakam vatanparvar bölib ulğayişi zarurligini  bir nuroniy sifatida yoşlarga uqtirişimiz kerak. Kezi kelganda, özbekça, örni bölsa, qoraqalpoq tilida, zarur bölganda, turkman tilida sözlayman. Özim öqigan kitoblardagi rivoyatlar, hadislardan misollar keltiraman. “Ardoqli nuroniy” medali bilan taqdirlanganim ham inson qadrining yuksakligidan, deb bilaman. Beş farzandimni ayolim Robiyaxon bilan birga tarbiyalab voyaga yetkazdik. Bari öqimişli, mehnatkaş bölişdi. 9 nafar nevaram, 2 nafar çevaram bor. Agar men haqda yozsangiz, “Şukronasi köp otaxon” deb yozing.

Darhaqiqat, otaxon özlari aytganlaridek, u kişining har nafasda, har qadamda şukrona bilan yaşayotganligiga guvoh bölar ekanmiz, mamlakatimizda Ibrohim ota Jumamurodovdek Vatani, xalqini sevadigan, uning taqdirini öz taqdiri deb biladigan insonlar, fidoyi nuroniylar köpayaversin, deb qolamiz.

Zamira RÖZIYEVA,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan