Xalqimizga oid qaysi manba, qaysi qölyozmaga murojaat etmang, ona, ayol şu oilaning muqaddasligini taʼminlovçi, maʼnaviy-axloqiy muhitini yaratuvçi möʼtabar inson sifatida taʼriflanadi. Jumladan, Qurʼoni karim va hadisi şarifda ham onani uluğlaş lozimligi haqida köplab ibratli körsatmalar bor. Zotan, homilani yuragi ostida kötariş, dunyoga keltiriş va unga Yaratgan ato etgan birinçi rizqni beriş — emiziş, uni tarbiyalaş, voyaga yetkaziş, elga qöşiş onalar zimmasidagi şarafli va xayrli vazifadir.

Rivoyat qiladilarki, öğil onani uç marotaba hajga opiçlab olib borib kelgan taqdirda ham, ona farzand deb çekkan zahmatlarning uçquniçalik bölmas ekan. Deydilarki, onaning farzandni östirib voyaga yetkaziş yölida çekkan riyozati haqqini ado etiş uçun har qanday saʼy-harakat va xizmat kamlik qiladi.

Mehr tuyğusi gödak beşikligidayoq quloqlari ostida yangragan ona allasining orombaxş sadolari orqali bola qalbiga yöl topadi. Ona otaga nisbatan bolaga mehribonroq böladi, uni hamma vaqt köz qoraçiğiday asraydi, yuvib-taraydi. Unga özining butun vujudi, qalbi, mehri, vaqti, eʼtibori, mehnatini bağişlaydi.

Insonga xos şunday noyob fazilatlar borki, ularning barçasi bolaga onadan ötadi. Çunki bola eng köp vaqt onaning bağrida, yonida böladi, undan hayot saboqlarini oladi. Olam va odamlarga nisbatan mehrni örganadi.

Yana şuni ham aytiş kerakki, bola tarbiyasidagi eng maşaqqatli va masʼuliyatli davr — insonning inson bölib şakllanadigan vaqti ona bağrida keçadi. Şuning uçun inson erişgan hamma narsani ona qöynida berilgan tarbiyaning oziği deb bilmoq kerak. Ona heç qaçon farzandiga yomonlikni ravo körmaydi. U bolasining posboni, himoyaçisi, sirdoş dösti va qiblagohidir.

Ona öğil bolaga nisbatan qizlarga yaqinroq böladi, degan gapda jon bor. Çunki u qizini tarbiyalar ekan, uning timsolida bölajak onani köradi, şu bois, unda onalikka xos sifatlarni qaror toptiradi, uni turmuşga, oilaga tayyorlaydi. Uning baxtli bölişiga umid qiladi.

Ona qizini unaştirar ekan, uni yoniga çaqirib, şunday nasihat qiladi:  “Sevimli qizim, tez kunlar içida bizning qölimizdan ketib, bir insonga yor va bir umrlik yöldoş bölasan. Senga baxt-saodat tilovçi ona tomonidan berilgan uşbu nasihatlarni tingla, şu nasihatlarga imkoning boriça amal qil. Turmuş örtoğing öziga yöldoş, şodlik va qayğuli kunlarida birga şodlanuvçi va qayğuruvçi örtoq bölişingga umid qilib, seni tanladi. Zinhor uning umidini puçga çiqarma. U har vaqt: “Şukr, maqsadim hosil böldi”, deb sevinib sözlab yursin va sendan rozi bölsin. Eringning yaqin kişilarini, xususan, qaynota va qaynonangni hurmat qil, ularni öz otang va onang qatorida kör. Bolalarni aka, uka, opa-singillarining hukmida hisob qil.

Qaynotang va qaynonang nasihatlarini yaxşilab tinglab, ularga amal et. Oila aʼzolarining xulq va tabiatlarini yaxşi örganib, ularga muloyim muomalada böl. Ular bilan orang buzilişidan saqlan. Çunki buning oğirligi ering ustiga tuşadi. Seni desa, ularning köngillari qoladi. Ering ikki öt orasida qolib, juda qiynaladi, eringni azob içiga qöyma, uning oila aʼzolari bilan totuvlikda yaşa. Eringdan heç bir sirni yaşirma, eringdan boşqa heç kimga sir sözlama.

Turmuşning şod kunlari bölgani kabi, zaharli, tikanli kunlari ham böladi. Ering bilan orangga sovuqçilik tuşirma, özingni oğir tut, sovuqqonlik bilan sözlab, qizişma, yuzingni buriştirib, baqirib-çaqirib sözlama. Yaxşi muomala qil. Sözingda haqli bölsang, muloyim sözlab, yotiği bilan tuşuntir, ering bu gözal muomalangni körib, darrov ğazabdan tuşadi, muhabbati senga yana ham ziyoda böladi. Bolalaringni yaxşi tarbiyalab östir, yaxşi xulqlarga odatlantir. Bu hamma aytgan sözlarimni bajo keltiriş aqlli va tadbirli xotinlar uçun oğir iş emas. Kuç-quvvat bilan qilib bölmaydigan işlarni yaxşi xotinlar öz aqllari bilan qila oladilar”.

Onaning murakkab vazifalaridan yana biri öğlini bölajak ota sifatida kamol toptirişdan iborat. Qizlarda onalik tuyğusi tuğma böladi, öğil bolalarda esa otalik tuyğusi tuğilgandan keyin, oilada onaning otaga munosabati, muomalasi jarayonlarida şakllanadi. Ona öz hayoti timsolida  farzandlarida ayol kişiga qanday muomalada böliş, özaro hurmat, sadoqat va vafodorlik fazilatlarini tarbiyalaydi.

Ona tarbiyasini olgan öğil heç qaçon öz rafiqasiga, opa-singillariga bemehr bölmaydi, ularni hamişa ardoqlaydi, eʼzozlaydi. Buyuk yozuvçilar özlarining eng yaxşi asarlarini volidai muhtaramalari xotirasiga bağişlab yozganlari, donişmandlar esa özlaridagi eng ezgu fazilatlarni faqat onalaridan olganlarini taʼkidlaşgani bejiz emas.

Yuqoridagilardan xulosa şuki, ona — xonadon fariştasi. U bor uyda nur, fayz va baraka bor. Öqişdan, işdan, xizmatdan qaytgan farzand borki, ostona hatlab uyga kirişi bilan onasini söraydi. Ota ham, eng avvalo, “onasi” deb murojaat qiladi. Zero, ona — oilaning çaroğboni, ustuni, oiladagi hamma narsa u bilan boğlangan.

Hamro HAYITOV, 

Buxoro şahridagi “A.Ğijduvoniy” MFY “Keksalar maslahati”

guruhi raisi,

mehnat faxriysi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan