Universitetni tamomlab, diplom olgan öğliga ota 50 yillar avval işlab çiqarigan “Volkswagen Beetle” avtomaşinasi kalitini berar ekan, şunday dedi:
— Mana, öqişingni aʼlo baholarga tamomlading. Bu maşinani men köp yillar avval sotib olgan edim. Işlab çiqarilganiga 50 yildan oşgan. Lekin uni senga sovğa qilişimdan oldin, şahar markazidagi avtosalonga olib borib, bu maşina uçun qança narx taklif qilişlarini bilib kelişingni istayman.
Öğil avtosalonga borib, otasining yoniga qaytdi va dedi: “Ular menga 10000 dollar taklif qilişdi, çunki maşina juda eskirib ketgan”.
Şunda ota: “Endi uni lombardga olib borib körsat-çi, qançaga olişar ekan?” — dedi.
Öğil lombardga bordi va qaytib kelib: Maşina juda eskiligi uçun lombarddagilar 1000 dollarga narxlaşganini aytdi.
Ota öğlidan maşinani antikvar avtomobillar işqibozlari klubiga olib borib, u yerdagilarga körsatişini söradi. Öğil maşinani klubga haydab bordi va hayajon bilan qaytib kelib, şunday dedi: “Klubdagilar menga naqd 100000 dollar taklif qilişdi! Ularning aytişiça, bu juda noyob va kolleksionerlar örtasida eng köp qidirilayotgan model ekan!”
Şunda ota öğliga qarab dedi:
— Seni bir haqiqatni tuşunişingni xohlagan edim: faqat töğri tanlangan makon qadringga töğri baho bera oladi. Agar qayerdadir seni qadrlaşmasa, aslo ğazablanma, bu şunçaki sen notöğri joyda ekaningdan dalolatdir. Asl qiymatingni biladiganlar — bu seni çin yurakdan ardoqlaydiganlardir. Şunday ekan, qadringni tan olişmaydigan joyda heç qaçon qolib ketma!”