Insonga keksalikdagi saodatli hayot öz-özidan tuhfa etilmaydi. Unga xolis niyat, töğri yöl, halol mehnat orqali erişiladi. Bugun yuzlaridan nur yoğiLIb, ötgan umridan, bugunidan mamnunlik tuyayotgan, dillari şukronaligu kaftlari oltindan qimmat duolarga tölgan nuroniylarning qay biri bilan suhbatlaşmang, ayni şu haqiqat bilan yuzlaşasiz. Ular kabilar göyoki yuragida oftob yaşayotgan insonlardir!

Buxoro şahridagi “Gulçorboğ” mahallasining “Keksalar maslahati” guruhi rahbari, “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibasi, Xalq taʼlimi aʼloçisi  Mavjudaxon Röziyeva ana şunday onaxonlardan biri.

Mavjudaxon ona 1954 yilda şu mahallada tuğildi. Bolalikdan eng eʼzozli kasblardan biri — öqituvçilikka mehr qöydi va şu istakda Buxoro davlat universitetining matematika fakultetida tahsil oldi. 1975 yilda özi tahsil olgan Buxoro şahridagi 25-umumiy örta taʼlim maktabida pedagoglik faoliyatini boşladi va nafaqaga çiqquniga qadar işiga bor mehrini baxşida qildi. Muallimalik hayotining mazmuniga aylandi. Undagi kuç-şijoatga, intiliş va taşabbuskorlikka, hatto yoşlar ham havas qilişardi. Çunki yangiliklarni amalga tatbiq etişda, noanʼanaviy darslar taşkillab, ularni ommalaştirişda doim taşabbuskor böldi. Eng muhimi, minglab öquvçilar qalbidan eng yaxşi ustoz sifatida joy oldi. Bugun ham unga barça yoşlar “ustoz” deya hurmat körsatib, murojaat qilişadi.

Albatta, Mavjudaxon Röziyeva maktabdagi öquvçilarga matematikadek murakkab fan sirlarini örgatiş barobarida oiladagi masʼuliyat va vazifalarini ham bekamu köst uddalaşga harakat qildi.

— Bolalar qalbida ilmga, kitob öqişga iştiyoqni uyğotişga harakat qildik, bu farzandning yoruğ kelajagi uçun eng muhim şart ekanini anglagan holda, — deydi Mavjudaxon ona. — Şukrki, öğil-qizlarimizning barçasi öqimişli, hayotda, jamiyatda öz örniga ega insonlar bölib kamolga yetişdi. Öğlimiz Hamza telejurnalist va boşlovçi, Mavludaxon mening izimdan kelyapti, u boşlanğiç sinf öqituvçisi. Maşhura qizimiz hamşiralik kasbini tanlagan bölsa, Muqaddasxon şifokor böldi. Xursand bölamiz, ziyoga intiliş hissi xuddi oltin zanjirdek dilbandlar fitratida davom etayotir. Töqqiz nabiraning uç nafari oliy maʼlumotli bölib ulgurdi, bu yil yana ikki nabiramiz oliy taʼlim muassasalariga hujjat topşirişgan.

Darhaqiqat, oila hayoti ham bir öram uzun ipdek tuyuladi. Unda bir tugun yoki uziliş paydo bölsa, bu taqdirlarga daxl qiladi. Aslida bu noziklikni uşlab turişning özi oson emas…

— Bolaga faqat “öqi-öqi” deyaverganingiz bilan u kitobga mukkasidan şönğib ketmaydi, şu bilan bolangiz orzuingizdagidek inson bölib qolmaydi, — suhbatni davom ettiradi qahramonimiz. — Unga, avvalo, ota-ona, yaʼni özingiz namuna, ibrat bölişingiz kerak. Ustozlikning eng katta darsi oilada keçadi. Muomala-yu munosabatda, mehnatda-yu maʼnaviyat bobida siz murabbiy bölasiz. Hovlimizda ikki sotixlik issiqxonamiz bölardi, otasi bolalarning har biriga bir qatordan egatni bölib bergan. Bolalarning egatlardagi hosilni körib quvonişi öz yöliga, ertapişar pomidor, bodringlarni bozorga çiqarganimizda, rözğorimizga qöşimça daromad kirganida, ularning könglida odamlar dasturxoni tökinligiga, oila iqtisodiga hissa qöşişdek surur, huzur paydo bölgani — bizning maqsadga yetganimiz ifodasi edi. Mehnat bilan turmuş farovon bölişini ular bolalikdayoq tuşunib yetişdi. Mehnat bilan topilgan pulni qadrlaş, uni rejali sarflaş borasida otasi eng qimmatli ögitlarni berganidan ham bugun xursand bölaman.

Hamma havas qilarli baxt qörğonini yaratgan, tadbirkorlikda ham yuksak salohiyatga ega Hayot aka Jumayev bilan Mavjudaxon onaning umr yöllari boğlaganiga 48 yildan oşyapti. Yuqorida aytib ötganimizdek, bu yillar ularga uç qiz, bir öğilni ilmli, el-yurt işiga kamarbasta insonlar etib tarbiyalaş maşaqqati bilan birga, ularning rohati-yu kamolini körişdek huzurli onlarni ham taqdim etdi.

Qahramonimiz nafaqaga çiqqandan söng “qirq beş yilga yaqin maktabda dars berdim, endi oyoğimni uzatib, dam olsam ham böladi”, desa ham yaraşaverardi. Biroq u tanamda kuçim bor ekanki, el-yurtga nafim tegsin, dedi. Mahalla işi öqituvçilikdek soatli jarayon emasligidan, kunu tuni oilalar va odamlar muammosini hal etişga yöğrilib ötişidan çöçimadi. Mahalladagilar ham xursand bölişdi.

— “Gulçorboğ” deb atalgan mahallamiz öz nomiga munosib obod va körkam, unda 6030 dan ziyod aholi istiqomat qiladi, — deya közlari quvnab sözlaydi Mavjudaxon ona. — Yangi Özbekistonimizda keçayotgan yillar, asrlarga tatigulik özgarişlar bizning mahalla hayotida ham yaqqol aks etmoqda. Ayniqsa, sönggi ön yilda insonlarning yaşaşga, ertangi kunga bölgan işonçi kuçaydi. Har bir inson, har bir oila eʼtiborda tutilib, ulardagi muammolar endi qoğozlarda qolib ketmayapti. Barçasiga yeçim topilyapti. Bugun mahalladagi 1220 ta xonadonda yaşayotgan 1805 ta oilaning har biri bizga juda yaxşi taniş. Faollar, nuroniylar xonadonlarga biron sabab paydo bölganida emas, balki doimiy ravişda taşrif buyurişadi. Ilğangan ayrim vaziyatlar çuqurlaşmasdan hal etiladi, muammolar kattalaşmay turib barham topadi, rejalar röyobi yanada tezlaşadi. Hududlardagi taʼlim muassasalarida ötayotgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlari yoşlar bilan dildan suhbatlarga aylanib ketadi. Çunki unda keça va bugun yuzlaşadi, sinovlarni yengib ötmoqlik, qatʼiyat, yurtga sadoqat, maqsad sari kuraş, natijalarga erişiş yöllari haqida söz boradi.

Mavjudaxon ayaga bu katta mahallaning har bir oilasi taniş. Xonadonlarga kirib borişi bilan “xuş kelibsiz, ustoz” va yoki “keling, hoji ona” deya oçiq çehra bilan kutib olişadi. Qiz çiqarayotgan, öğil uylantirayotgan oilalarga u odatdagidan-da köproq taşrif buyuradi, köproq vaqt qolib ketadi. Erta turmuş, qarindoşlar nikohining oldini oliş maqsadida, töylarning kamxarj, tartibli ötişini taʼminlaş uçun qudalar, yoşlarning har biri bilan suhbatlaşişdan erinmaydi. Uning tuşuntirişlaridan söng qança qizlar erta oila quriş fikridan keçib, oliy taʼlim olişni istamadi deysiz. Qança qudalar töyni, u bilan boğliq marosimlarni qisqartirdi, özlariga yengillik bölganidan minnatdor ham bölişdi. Ötgan yili 11 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oila murosaga keltirildi. Bu bilan öşa oilalardagi öttizga yaqin norasidalarning peşonasiga tirik yetimlik qismati bitilişining oldi olindi, ular kemtik köngillikdan asrab qolindi demakdir. Haligaça bu oilalar hayoti nazoratda.

Sidqidildan qilingan mehnatlar, albatta, tan olinadi. Mavjudaxon Röziyevaning “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosidagi saʼy-harakatlari  eʼtirofga loyiq. Qahramonimiz xuddi şu yönalişdagi tanlovning şahar va tumanlar bosqiçida faxrli, viloyat bosqiçida esa sovrinli örinlarni egallab kelyapti. U yoşlar taʼlim-tarbiyasi, ularga kasb-hunar örgatiş bilan boğliq amaliy saʼy-harakatlarda Şarofatxon Nazarova, Rahmat Öroqov, Muyassarxon Jalolova, Şamsiya Aşurova kabi mahalla faollari kömagiga tayanadi. Safar Avezov, Sodiqjon Tursunov, Ozodaxon Zamonova, Muzaffar Hayitov kabi ibratli oila sohib va sohibalari bilan kengaşib, amalga oşirilgan işlarning natijasidan ham doim köngli yorişadi.

— Bugun yurtimizning jamiki keksa faxriylari eʼtibor, eʼzoz, ehtirom oğuşida, — deydi Mavjudaxon ona Röziyeva suhbatimiz nihoyasida. — Ularning salomatligidan tortib, köngilli dam olişlarigaça bölgan barça masalalar Yurtboşimiz, hukumatimiz va masʼullarning diqqat-markazida. Bizning mahallamiz nuroniylari ham hozirgaça Xorazm, Toşkent, Samarqand, Qarşi, Nukus, Namangan, Andijon, Farğona viloyatlari va şaharlariga sayohatlar qilişdi.

Ha, 72 yoşli Mavjudaxon ona uçun bugun “Gulçorboğ” katta bir oilaga aylangan. Aya mahalladagi har bir öğil-qiz taqdiriga özini daxldor sezadi. Heç bir minnat, manfaatsiz ular uçun qayğuradi. Şu yurtga keraklilik hissi unga kuç beradi.

Baxtimizga mana şunday nuroniylar omon bölişsin. Ular borki, heç qaçon farzandlar tarbiyasida oğiş bölmaydi. Ular borki, oilalarda soğlom muhit qaror topaveradi. Ular borki, piru badavlatlar duosi tongu şom qadar yangrayveradi. Bu duolar niholga quyilgan suvdek qudratli — elni yuksaklik, oydinlik, obodlik sari eltaveradi.

Şahlo Toşbekova,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan