Oçiği, ezgulikni hayotining mazmuni deb bilgan, el-yurt ravnaqi, millat madaniyati va maʼrifati yölida astoydil kamarbasta böladigan fidoyi zamondoşlarimizning umr yöli va xayrli amallari barçaga birdek namunadir. Özbekiston qirğiz milliy madaniy markazi raisi, “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni sohibi Rahmatulla Jabbarov ham ana şunday hamyurtlarimizdan biridir. U tabarruk 75 yoşida ham jamiyatimizning faol aʼzosi sifatida barçaga örnak bölib kelmoqda.
Uni yurtimiz jamoatçiligi malakali iqtisodçi, mehnatsevar va fidoyi inson hamda ötkir qalam sohibi sifatida yaxşi taniydi va eʼzozlaydi. Raxmatulla Jabbarov 1951 yil 10 mayda Jizzax viloyatining sölim Zomin tumanida tavallud topgan. Padari buzrukvori Mamit Jabbarov hamda volidai muhtaramasi Jangil Qaroboş qizi uni yoşligidanoq mehnatsevarlik, halollik va haqiqatgöylik ruhida tarbiyaladilar. Ilmga bölgan iştiyoqi sabab, Rahmatulla aka 1967 yilda örta maktabni oltin medal bilan tamomladi va şu yilning özidayoq Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga (sobiq Xalq xöjaligi instituti) öqişga kirdi.
1971 yilda oliy dargohni muvaffaqiyatli bitirib, Mirzaçölning bepoyon kengliklarini özlaştiriş, voha obodligiga hissa qöşişdek şarafli va maşaqqatli yölga çiqdi. Rahmatulla Jabbarov 1971-1996 yillar davomida Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining Sardoba, Arnasoy, Döstlik va Paxtakor tumanlarida qariyb öttiz yil davomida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritdi. U qay bir xöjalikda işlamasin, avvalo, iqtisodiy barqarorlikni taʼminlaş va el duosini olişga intildi. Iqtisodçi sifatida töplagan boy tajribasi keyinçalik Moliya vazirligidagi masʼul vazifalarda ham qöl kelib, jamoatçilik örtasida yuksak obrö-eʼtibor qozonişiga zamin yaratdi.
Qahramonimiz 2006 yildan buyon Özbekiston qirğiz milliy madaniy markazi raisi sifatida köplab davlat va jamoat taşkilotlari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömita, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi, Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda MTRK bilan hamkorlikda olib borilayotgan işlar markaz faoliyatining samaradorligini taʼminlamoqda. Şuningdek, respublikadagi qozoq, tojik, turkman, uyğur, rus, ukrain, turk, yahudiy, tatar, arman, polyak va nemis milliy madaniy markazlari bilan mustahkam döstlik aloqalari örnatilgan. Uşbu hamkorlik doirasida Mustaqillik, Navröz, Konstitutsiya kuni, şuningdek, Xalqlar döstligi va Bağrikenglik kuni kabi ayyomlar “Özbekiston — umumiy uyimiz!” şiori ostida keng nişonlanib kelinmoqda.
Rahmatulla Jabbarov taşabbusi bilan nafaqat özbek mutafakkirlari — Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur, balki qardoş xalqlarning buyuk siymolari Abay, Maxtumquli, Abdurahmon Jomiy, Nizomiy Ganjaviy va A.Puşkin kabi ijodkorlarning xotira tadbirlari muntazam taşkil etilmoqda. Alohida qayd etiş joizki, Rahmatulla Jabbarov qirğiz xalqining zabardast farzandi Çingiz Aytmatov merosini tarğib qilişga katta eʼtibor qaratadi. U adib asarlarini özbek tiliga yuksak mahorat bilan ögirgan Asil Raşidov, Suyun Qorayev, Akmal Saidov, Ibrohim Ğafurov kabi tarjimon va olimlarning mehnatini hamişa yuksak qadrlab, eʼtirof etib keladi.
Inson qadri, avvalo, uning öz ustozlariga bölgan munosabatida namoyon böladi. Bu borada Rahmatulla Jabbarovning ustozlar xotirasini eʼzozlaş va ularning merosini tarğib qilişdagi jonbozligi alohida tahsinga loyiq. Ayniqsa, “Mirzaçölning afsonaviy qahramoni” deya nom qozongan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida köp yillar samarali rahbarlik qilgan Sattor Usmonov xotirasiga körsatilgan ehtirom yuksak maʼnaviy ibratdir. 2013 yilda Sattor Usmonov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan Zomin tumanida ötkazilgan xotira keçasiga boş-qoş böliş bilan birga, muallif ustozi haqida “Çöl loçinining sinovlarda keçgan umri” nomli salmoqli essesini naşr ettirdi. Uşbu xayrli işlarning uzviy davomi sifatida 2023 yilda ustozning 100 yillik yubileyi keng nişonlandi.
Sana munosabati bilan suratga olingan “Zomin burguti” hujjatli filmi va çop etilgan “Ikki el farzandi” nomli hujjatli qissa şogirdning ustoz oldidagi çin farzandlik va sadoqatli şogirdlik burçining yorqin ifodasi böldi. Şuningdek, Raxmatulla Jabbarov 2015 yilda taniqli olim va adib Suyun Qorayevning 90 yilligini taşkil etişda, 2019 yilda esa akademik Akmal Saidovning dunyoga maşhur adib Çingiz Aytmatovga bağişlangan “Fenomen Çingiz Aytmatova” kitobining Özbekiston qirğiz milliy madaniy markazi tomonidan naşr etilişida kamarbasta böldi. Raxmatulla Jabbarovning faoliyatida Özbekiston va Qirğiziston xalqlari örtasidagi adabiy-madaniy aloqalarni mustahkamlaş markaziy örin tutadi. Uning rahbarligida 2022 yilda Özbekiston qirğiz milliy madaniy markazi taşkil topganligining 30 yilligi yuqori saviyada nişonlandi.
Sönggi yillarda esa bu anʼana yangiça mazmun va kölam kasb etdi. Xususan, 2024 yilda Döstlik tumanidagi “Manas” qişloği, 2025 yilda Mirzaçöl tumanidagi Gagarin şahri, joriy yil 4 aprel kuni Toşkent şahridagi “Uluğbek” jamğarmasida qirğiz xalqining milliy ğururi bölmiş “Oq qalpoq” bayrami yuksak kötarinkilik bilan ötkazildi. Qirğiz milliy madaniyatini rivojlantiriş yölida Sirdaryoda “Jan-Janoy”, Jizzaxda “Marjon” ansambllarining taşkil etilişi, şuningdek, “Ayçuroq” telekörsatuvining yölga qöyilişi Rahmatulla akaning millatlararo totuvlik yölidagi ulkan xizmatlaridan. Muallifning ijodiy merosi ham xalqlar döstligi ğoyasi bilan suğorilgan.
Rahmatulla Jabbarov qirğiz xalqining zabardast farzandi Çingiz Aytmatov merosini tarğib qilişga katta eʼtibor qaratadi. U adib asarlarini özbek tiliga yuksak mahorat bilan ögirgan Asil Raşidov, Suyun Qorayev, Akmal Saidov, Ibrohim Ğafurov kabi tarjimon va olimlarning mehnatini hamişa yuksak qadrlab, eʼtirof etib keladi.
Uning Respublika baynalmilal madaniyat markazi qoşida naşr etilgan “Priznaniye” töplamida “Bratya” şeʼri, “Özbekiston — bağrikeng diyor” kitobida “Men ikki el farzandiman” nomli şeʼri, “Özbekiston — muqaddas Vatan” nomli maqolasi, “Özbekiston — tinçlik va totuvlik mamlakati” nomli kitobda “Ona Vatanim Özbekistondur” nomli maqolasi, “Yagona oilada” jurnalining 2013 yil sonida “Eng katta boylik, eng yuksak qadriyat” nomli maqolasi eʼlon qilingan va öz navbatida, bağrikenglikning öziga xos namunasiga aylangan. 2023 yilda “Madaniyat va maʼrifat” telekanali tomonidan Rahmatulla Jabbarov hayotiga bağişlangan “Bağrikeng diyor” nomli turkum hujjatli filmlarning suratga olinişi, qahramonimizning nafaqat jamoat arbobi, balki maʼnaviyat fidoyisi sifatidagi qiyofasini oçib berdi.
Rahmatulla Jabbarov özining “Hayot yölim” hujjatli qissasida şunday yozadi: Har qanday iş qiyinçiliklarsiz bölmagani kabi men ham ön yillik mehnat faoliyatim davomida turli qiyinçilik va muammolarga duç kelganman. Ularni birma-bir sanab ötişni lozim topmayman. Çunki bu kasbda işlagan har bir inson yaxşi biladiki, bu mehnat doimo oson keçavermaydi va har doim ham minnatdorçilik bilan baholanavermaydi. Buni şunday izohlaş mumkin: siz tekşiruv ötkazadigan taşkilot yoki korxona rahbari öz faoliyatidagi kamçiliklar yoki yöl qöyilgan qonunbuzarliklar oçiqlanişini heç qaçon mamnuniyat bilan qabul qilmaydi. Bu esa tabiiy holatdir. Şu sababli, tekşiruv jarayonida turli tuşunmovçiliklar, noroziliklar, hatto bosim va şikoyatlarga ham duç kelgan holatlar bölgan. Ayrim yirik korxona rahbarlari dastlab yaxşi munosabatda bölişga harakat qilar, keyinçalik esa turli darajadagi eʼtiroz va hatto pöpisalarga ham ötiş holatlari uçragan.
Nihoyat, tekşiruv yakuni böyiça tuzilgan dalolatnomaga imzo qöyişdan boş tortiş, şikoyat qiliş kabi holatlar ham kuzatilgan. Şuning uçun ham bu kasb öta nozik va juda katta masʼuliyat talab qiladigan sohalardan biri hisoblanadi. Mening katta otam — tajribali huquqşunos Manğit Jabbarov uzoq yillar huquqni muhofaza qiliş tizimida işlagan inson sifatida menga quyidagi mazmunda nasihat bergan edi: “Rahmatulla, sen tanlagan revizorlik kasbi öta masʼuliyatli va oğir kasblardan biridir. Çunki uçta kasb inson taqdiriga bevosita taʼsir qiladi. Birinçisi, şifokor, u inson hayotini saqlab qoladi yoki aksinça. Ikkinçisi, huquqni muhofaza qiluvçi organlar (prokuror, tergovçi, sud), ular inson taqdirini hal qiladi. Uçinçisi, revizor, uning tuzgan birgina dalolatnomasi ham inson taqdiriga taʼsir qilişi mumkin”.
Şuningdek, otam Mamit Jabbarov ham menga doimo quyidagiça nasihat qilar edi: “Rahmatulla, bolam, qaysi lavozimda işlasang ham, mansabingdan foydalanib insonlarga qöpol muomala qilmagin, döq-pöpisa bilan ularning şaʼniga tegmagin. Heç qaçon taʼmagirlikka yöl qöymagin, pora olma. Va har doim Xudoni unutmagin” . Men uşbu otam va katta otamdan olgan pand-nasihatlarga umr böyi amal qilib keldim. Bu esa mening şaxsiy va kasbiy hayotimda juda katta yordam berdi. Bejiz aytilmagan: “Otalar sözi — aqlning közi”.
Rahmatulla Jabbarov maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi fidokorona mehnatlari, millatlararo döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaş borasidagi xizmatlari uçun bir qator yuksak davlat mukofotlari, orden va kökrak nişonlari bilan taqdirlangan.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyuldagi Farmoniga binoan, “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni, Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi Vasiylik kengaşining Qaroriga asosan, I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni, 2021 yilda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasining “Xalqlar döstligi” kökrak nişoni, 2023 yilda Qirğiz Respublikasi oqsoqollar kengaşining buyruğiga asosan, “Çingiz Aytmatov” ordeni, Özbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazining “Maʼnaviyat fidoyisi”, Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömitasining “Diniy bağrikenglik”, “Özbekiston — Şanxay” hamkorlik taşkiloti Xalq diplomatiyasi markazining “Xalq diplomati”, 2024 yilda Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining buyruğiga asosan, “Madaniyat va sanʼat fidokori” kabi körak nişonlari bilan mukofotlangan.
Şubhasiz, umr mazmuni faqat yaşab ötilgan yillar soni bilan emas, balki qoldirilgan iz va erişilgan natijalar salmoği bilan belgilanadi. Bugun 75 yoşni qarşilayotgan Rahmatulla Jabbarovning bosib ötgan yöliga nazar taşlar ekanmiz, uning har bir bosqiçi aniq maqsad va samarali mehnatga yöğrilganiga guvoh bölamiz. Albatta, ortda qolgan yillar iqtisodiyot, millatlararo döstlik va ijod sohasidagi muhim yutuqlar, jamiyat uçun xizmat qilgan xayrli loyihalar bilan boyitilgan mazmunli bir tarixdir. Fursatdan foydalanib, taniqli iqtisodçi va ijodkorga bardavom kuç-ğayrat, uzoq umr, mustahkam soğliq, ijodiy izlanişlarida yangidan-yangi yutuqlar tilab qolamiz.
Şarof UBAYDULLAYEV,
“Nuroniy” jamğarmasi respublika
Boşqaruvi raisining 1-örinbosari,
faxriy jurnalist.