Insonning haqiqiy boyligi u qoldirgan ilmiy merosi, tarbiyalagan şogirdlari va xalq maʼnaviyatiga qöşgan hissasidir. Ana şunday umrini ilm-fan, taʼlim va maʼrifat taraqqiyotiga bağişlagan fidoyi ziyolilardan biri Guliston davlat universiteti professori, falsafa fanlari nomzodi, “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi hamda Respublika “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzosi, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Sirdaryo viloyati bölimi Faxriylar kengaşi raisi Ravşanbek Mahmudovdir.
Uning qariyb yarim asrlik mehnat faoliyatiga nazar taşlasangiz, ilm-fan, maʼnaviyat va jurnalistika bir-birini töldirgan yaxlit hayot yölini körasiz. Bu yölda bosilgan har bir qadam komil insonni tarbiyalaş, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş va jamiyat maʼnaviyatini yuksaltirişdek ezgu maqsadlarga xizmat qildi.
1955 yil 28 iyunda Farğona viloyatining Beşariq tumanidagi Rapqon qişloğida ziyoli oilasida tuğilgan Ravşanbek Mahmudov 1977 yilda Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini muvaffaqiyatli tamomladi. Ilk mehnat faoliyatini Muqimiy nomidagi Qöqon davlat pedagogika institutida boşlab, talabalarga “Nutq östiriş” fanidan saboq berdi.
1983-1984 yillarda “Sirdaryo haqiqati” gazetasida muxbir bölib işlaşi uning ijodiy kamolotida muhim bosqiç böldi. Bu davr unga hayot voqeligini tahlil qiliş, jamoatçilik fikrini şakllantiriş va qalam masʼuliyatini çuqur anglaş maktabi vazifasini ötadi.
1984 yildan boşlab esa uning butun mehnat faoliyati Sirdaryo oliy taʼlim tizimi bilan çambarças boğlandi. Ğafur Ğulom nomidagi Sirdaryo davlat pedagogika institutida öqituvçi, katta öqituvçi, kafedra mudiri, professor sifatida faoliyat yuritdi. Keyinçalik Guliston davlat universitetida kafedra mudiri, falsafa kafedrasi mudiri, tarbiyaviy işlar böyiça prorektor, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektor, yoşlar bilan işlaş böyiça prorektor, rektor maslahatçisi va matbuot kotibi kabi masʼul lavozimlarda samarali mehnat qildi.
22 yil davomida prorektor, 16 yil kafedra mudiri sifatida işlaş har qanday rahbar uçun yuksak işonç va katta masʼuliyat demakdir. Ana şu yillar mobaynida universitetda taʼlim sifatini oşiriş, maʼnaviy-maʼrifiy muhitni mustahkamlaş, yoşlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga qaratilgan köplab taşabbuslar amalga oşirildi.
Raqamlar olimning yuksak ilmiy salohiyatini ham yaqqol namoyon etadi. Uning muallifligi va hammuallifligida 74 dan ortiq kitob, 8 ta darslik, 12 ta öquv qöllanma, 15 ta monografiya, 19 ta risola, 10 ta fan dasturi hamda 20 dan ortiq metodik tavsiyanomalar naşr etildi. Şuningdek, respublika va xalqaro ilmiy jurnallar, töplamlar hamda ommaviy axborot vositalarida 478 ta ilmiy va 800 dan ziyod ilmiy-ommabop maqolalari eʼlon qilingan.
Bu raqamlar quruq statistika emas. Ular ortida yuzlab kunlik ilmiy izlanişlar, minglab auditoriya soatlari, yuksak masʼuliyat va Vatan taraqqiyotiga xizmat qilişga bağişlangan fidokorona mehnat mujassam.
Olimning hammualliflikda yaratilgan “Maʼnaviyat yulduzlari”, “Buyuk siymolar va allomalar”, “Jahon falsafasi”, “Pedagogika tarixidan lavhalar”, “Özbekiston falsafasi tarixi”, “Kasbiy maʼnaviyat” kabi asarlari, şuningdek, “Notiqlik sanʼati va nutq madaniyati”, “Odamlar — mening kutubxonam”, “Maʼnaviyat tarğibotçisi” kitoblari bugun ham talabalar, tadqiqotçilar va maʼnaviyat tarğibotçilari uçun muhim manbalardan biri hisoblanadi.
Quvonarlisi, ustozning tavallud ayyomi arafasida uning ilmiy merosi yana bir muhim asar bilan boyidi. Pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronov, pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori, dotsent Şavkat Kenjayev hamda siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori, dotsent Nuriddin Saidqulov taqrizi ostida “Maʼnaviyatşunoslik” öquv qöllanmasi naşrdan çiqdi.
Mazkur qöllanma bakalavriat talabalari uçun möljallangan bölib, unda maʼnaviyatşunoslikning nazariy asoslari, milliy qadriyatlar, maʼrifiy tarbiya, fuqarolik masʼuliyati va kasbiy maʼnaviyat masalalari ilmiy yondaşuv asosida yoritilgan. Bu asar olimning köp yillik ilmiy izlanişlari va boy pedagogik tajribasining mantiqiy mahsuli bölib, uning muborak tavallud ayyomiga munosib maʼnaviy tuhfa böldi.
— Insonni yuksaltiruvçi kuç — ilm. Uni komillikka yetaklovçi mezon esa maʼnaviyatdir. Agar bu ikki tuşunça uyğun bölsa, jamiyat ham, davlat ham taraqqiy etadi. Şuning uçun biz yoşlarga faqat bilim emas, yuksak maʼnaviyat ham berişimiz kerak, — deydi olim.
Uning taʼkidlaşiça, kitob yoziş olim uçun şunçaki ijodiy maşğulot emas, balki yuksak masʼuliyatdir.
— Har bir kitobim orqali yoşlarni mustaqil fikrlaşga, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşga hissa qöşişni maqsad qilganman. Kitobning haqiqiy qadri uning qança nusxada çop etilganida emas, balki neçta insonning qalbi va tafakkuriga yöl topganida namoyon böladi, — deydi ustoz.
Bugun ham Ravşanbek Mahmudov faol jamoat arbobi sifatida el xizmatida. U Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Sirdaryo viloyati bölimining Faxriylar kengaşiga rahbarlik qilib, yoş jurnalistlarni qöllab-quvvatlaş, milliy jurnalistika anʼanalarini davom ettiriş hamda ijodkorlar örtasida ustoz-şogird maktabini mustahkamlaşga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Şuningdek, Sirdaryo viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşi hamda qator jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikda şahar va tumanlarda ötkazilayotgan yuzlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uçraşuvlar va davra suhbatlarida faol iştirok etib, yoşlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy ğurur va fuqarolik masʼuliyati tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Uning köp yillik samarali mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib eʼtirof etildi. U “Oliy taʼlim fidoyisi”, “Maʼnaviyat fidoyisi”, “Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişonlari, Özbekiston mustaqilligining yubiley nişonlari bilan taqdirlangan. 2022 yilda esa taʼlim, ilm-fan va maʼnaviyat rivojiga qöşgan salmoqli hissasi uçun “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.
Ravşanbek Mahmudovning hayot yöli bir haqiqatni yana bir bor tasdiqlaydi: haqiqiy ustozning boyligi lavozim yoki mukofotlarda emas, balki tarbiyalagan şogirdlari, yaratgan kitoblari va jamiyat maʼnaviyatiga qöşgan beqiyos hissasida namoyon böladi.
Zero, maʼnaviyatni umrining mazmuniga aylantirgan insonning nomi vaqt ötişi bilan unutilmaydi. Uning ezgu işlari, boy ilmiy merosi va hayot falsafasi kelajak avlod uçun hamişa ibrat maktabi bölib qolaveradi.
Ğulom Primov.