Yurtimizdan yetişib çiqqan maşhur davlat va jamoat arboblari öz faoliyatlari davomida, çinakam maʼnoda, fidoyilik, mardlik va matonat namunalarini körsatib el-yurt farovonligi, vatanimiz taraqqiyoti uçun beqiyos hissa qöşganlar. Ana şunday olijanob insonlardan biri — atoqli davlat arbobi Usmon ota Yusupovdir.
Odatda uluğlar haqida gapiramiz, biroq ularni tarbiyalab, yurt xizmatiga safarbar qilgan ota-onalari haqida kam sözlaymiz. Aslida mana şunday oqil farzandni röyi zaminga tuhfa qilganligi uçun ularning porloq xotiralarini tez-tez yodga olişimiz, hurmat-ehtirom körsatişimiz lozim.
Nuroniylar taşabbusi bilan Qurbon hayiti bayrami arafasida Usmon Yusupovning ota-onalari — Yusuf ota va Oyniso momolarning qabrlari ustiga xotira yodgorligi — marmar toş örnatilib, ularning ruhlariga duoi fotiha qilindi.
Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanidagi “Qovunçitepa” mahallasida joylaşgan qabristonda ötkazilgan xotira marosimida “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev, poytaxtimiz va Toşkent viloyatidan taşrif buyurgan ilm-fan va madaniyat namoyandalari, jamğarmaning Yangiyöl tumani bölimi mutasaddilari, faol nuroniylar, Usmon ota Yusupovning jiyani Komila Sadikova va OAV vakillari iştirok etdilar.
Marosimda söz olganlar Usmon Yusupov, ularning ota-onalari — Yusuf ota va Oyniso momolar haqida öz xotiralaridan sözlab, bu kabi uluğ insonlarning pok ruhlarini şod etiş muqaddas insoniy burç ekanligini taʼkidladilar.
Uçraşuv davomida faxriy jurnalist Şarof Ubaydullayev “Nuroniy” jamğarmasi taşabbusi bilan çop etilgan akademik Aziz Qayumov qalamiga mansub “Usmon ota” kitobini taqdim etib, undagi qimmatli materiallarga töxtalib ötdi. Öz navbatida, uşbu asar Usmon Yusupov şaxsini örganişda noyob manbalardan biri bölib xizmat qilişini alohida qayd etdi.
— Biz tarixda yaşab ötgan mana şunday uluğ davlat va jamoat arboblarining hayoti, faoliyatini puxta örganişimiz, ularni yoş avlodga yetkazişimiz, yoşlarni kamol toptirişda ularning uluğvor ğoyalaridan foydalanişimiz, xotiralariga hamişa yuksak hurmat-ehtirom körsatişimiz zarur, — dedi Şarof Ubaydullayev öz sözida. — Negaki, el-yurt tinçligi, xalq farovonligi, kelajak avlodlarning baxt-saodati uçun butun umri, kuçini sarflagan fidoyi yurt farzandlari hamişa qadrlaşga, eʼzozlaşga munosibdirlar…
Marosim davomida Yusuf ota va Oyniso momolarning porloq xotiralariga hurmat bajo keltirilib, qabrlari ustiga gulçambarlar qöyildi.
Şuningdek, uçraşuvda atoqli davlat arbobi Usmon Yusupov hayoti va faoliyatini çuqur örganiş, uning nomini yanada abadiylaştiriş, tarixdagi ulkan xizmatlarini eʼtirof etiş bilan boğliq vazifalar yuzasidan özaro kelişib olindi.
Maʼlumot örnida: Usmon Yusupoviç Yusupov 1900 yili 1 martda Farğona viloyati Kaptarxona qişloğida oddiy dehqon — Yusuf ota va Oyniso aya xonadonida tuğilgan. Yoşligidanoq dehqonçilik işlarida otasiga kömaklaşgan. Ança vaqtgaça öqiy olmagan. Eski maktabga qatnagan. Ön tört-ön beş yoşlarida oilasi bilan avvalgi Eski qovunçi, hozirgi Yangiyöl şahriga köçib kelgan.
Ön olti yoşli Usmon Yusupov Kaufman (hozirgi Yangiyöl) paxta tozalaş zavodiga işga kiradi. Jamoada tajriba orttiradi.
1925-1934 yillarda Usmon Yusupov öz iş faoliyatida ulkan taşkilotçilik qobiliyatini namoyiş qiladi.
Usmon Yusupov 1966 yil 7 mayda Yangiyöldagi uyida vafot etgan.
Katta Farğona kanali, bir qança qişloqlar, tuğilgan joyi Kaptarxonadagi maktab, Toşkent va boşqa şaharlardagi köçalar uning nomi bilan atalgan.
1974 yil 24 iyunda Özbekiston Fanlar akademiyasi Özbekiston xalqlari tarixi muzeyining qoşida Usmon Yusupov uy-muzeyi taşkil etiladi.
Ayni paytda muzey fondida 4 mingga yaqin noyob buyumlar saqlanayapti. Muzey joylaşgan manzilda bu inson 20 yil umrguzaronlik qilgan. Mazkur dargohdan 1937-1950 yillarda respublikamizning birinçi rahbari bölib işlagan Usmon Yusupovning hayoti va faoliyatidan taşqari, yaqin ötmişimiz haqida ham qiziqarli maʼlumotlar joy olgan.
Maysara Nazarova.