18 may — Muzeylar kuni

Yurtimiz tarixidan söylovçi maskan — zomin ölkaşunoslik muzeyidagi mavjud eksponatlarni kuzatar ekanmiz, yurtimiz tarixi,  ajdodlarimiz turmuş tarzi köz oldimizga keladi. 

Zomin qadimda Samarqand, Toşkent va Farğona kabi yirik şaharlarni bir-biri bilan boğlovçi savdo yölida joylaşgan, bu uning obod va farovon manzil sifatida yuksalişiga imkon tuğdirgan. Tuman hududidan topilib, hozirgi vaqtda Zomin tarixiy ölkaşunoslik muzeyida saqlanayotgan turli-tuman eksponatlar ham şuni körsatib turibdi. Madaniyat maskani dastlab Jizzax viloyati ölkaşunoslik muzeyining tarix bölimi sifatida taşkil etilgan. 1996 yil 18 mayda, yaʼni Xalqaro muzeylar kunida alohida dargoh sifatida öz eşiklarini oçgan. Muzey binosi madaniy meros obʼyekti sifatida davlat muhofazasiga olingan, binoning özi ham tarixiy ahamiyatga ega.

Dastlab 500 ta eksponat bilan iş boşlagan muzeyda hozir 5000 dan ortiq buyum saqlanmoqda. Amaliy sanʼat, arxeologiya, kandakorlik va etnografiya bölimlari bir-birini mazmunan töldiradi. Qadimiy kitoblar, kulollik va duradgorlik mahsulotlari, köhna Zomin köprigi va Zomin qalʼasi maketlari, kuvi, öğir, omoç, dazmol, fonus, egar, çarx va şunga öxşaş uy-rözğor buyumlari tomoşabinni qiziqtirib qöyadi. Arxeologik topilmalar sizni turli davrlarga yetaklaydi.

Muzey bir neça bölimdan iborat: arxeologiya, numizmatika, etnografiya va xalq amaliy sanʼati, tasviriy sanʼat, tabiat…

Ularning har birida ölka tarixidan sözlovçi eksponatlar joy olgan. Zomin vohasining ajoyib tabiati, madaniyati, öziga xos urf-odatlari, köp asrlik ötmişi moddiy va yozma manbalarda qayd etilgan.

Zomin vohasi qadimiy va buyuk davlatlardan biri Ustruşona tarkibidagi eng katta maskanlardan biri bölib, uşbu davlat IV-V asrlarda paydo bölgan. Ustruşonada davlat tili söğd tili bölib, aholi zarduştiylik diniga siğingan. Zomin qadimda Sarsanda, Susanda, Sabza nomlari bilan atalgan. Arab juğrofiy olimlari Havqal va Muqaddasning X asrdagi maʼlumotlariga köra, Zomin arablar Turonni istilo qilmasdan ilgari ham bölgan va öz ahamiyati jihatidan Ustruşonada eng yirik şaharlardan biri hisoblangan. Aholisi qadimdan savdo-sotiq, hunarmandçilik, kandakorlik, kaştaçilik, zardözlik, töquvçilik bilan şuğullangan.

Ekspozitsiya zalidagi asosiy qism eksponatlari  Samarqand arxeologiya instituti arxeologi Aleksey Gritsin tomonidan qazilma işlari natijasida topilgan. Bular V asrdan XII asrgaça bölgan davrlarga oid sopol buyumlar — közalar, xumça, çorvadorlar suv idişlari, piyola, murğobi, sopol tovoq, şamdon kabilardir. Bu buyumlarning har biri uy-rözğorda öz örniga ega bölgan va ularni aholining, asosan, quyi tabaqa vakillari işlatgan. Qadimda sopoldan yasalgan suv quvurlarini yer ostiga kömib, suvni bir joydan ikkinçi joyga toza va sof ötkaziş uçun foydalanilgan.

Şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” asarida bu zamin, uning kentlari, mulki va tabiati xususida bir qator maʼlumotlar keltirib ötgan. Abu Rayhon Beruniy “Qonuni Masʼudiy” asarida Zominni beşinçi iqlim şaharlari qatorida körsatgan. Ekspozitsiya zalida Arja qişloği hududida joylaşgan Törtköltepa şahristoni tasviri tuşirilgan stendlar joy olgan.

Numizmatika bölimida voha hududidan topilgan tangalar qöyilgan. Eksponatlarning asosiy qismi somoniylar, qoraxoniylar hamda temuriylar davriga oid tangalardir. Uşbu davr tangalari sanʼatkorona did bilan işlangan suratlari, yozuvlarning mohirona joylaştirilgani bilan ajralib turadi. Tangalarni közdan keçirib, Ustruşona ustalarining badiiy mahoratiga tahsinlar öqimay iloj yöq. Ular yumaloq şaklda, qaysi davrda, kim tomonidan zarb etilgani arab harflari bilan yozilgan. Etnografiya bölimida qadimgi ayollar kiyimlari, zeb-ziynatlari, uy-rözğor buyumlari jamlangan. Rangba-rang matoga işlangan naqş namunalari Zomin ayollariga xos bölgan çuqur madaniyat va maʼnaviyatdan söylaydi.

Eksponatlarga boy kandakorlik bölimi ham muzeyga taşrif buyuruvçilarning eʼtiboriga sazovor bölib kelmoqda. Bu bölimda misdan yasalgan buyumlar, XVII asrga oid oftoba va samovar, mis lagan, XV-XVII asrlarga oid temir çoynak, piyola, kosalar bor. Mis va bronzadan yasalgan idişlar qadimda öziga töq boy va zodagon oilalar xonadonlarida köproq işlatilgan bölib, oddiy xalq sopoldan yasalgan uy-rözğor buyumlaridan foydalangan.

Devorlarda maftunkor Zomin tabiati, “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob ösimliklar, parrandalar, sudralib yuruvçilar oilasiga mansub bölgan hayvonot olami aks etgan suratlar osilgan. Zomin vohasida uçraydigan dorivor giyohlar, gullar, ösimliklar dunyosi tomoşabinlarni tabiatni seviş va asrab-avaylaşga çorlaydi.

Muzeydagi osoriatiqalar bilan tanişar ekansiz, köngilni bir his toğlar kabi yuksaltiradi: bu bizning tariximiz, ötmişimiz, keçmişimiz. Bobolar, momolar, ajdodlarimiz tarixi. Ha, biz ana şunday — tomirlari toşlarni yorib, kelajakka böy körsatgan, asrlar silsilasi yengolmagan, yiqolmagan darajada kuçli, qadim va buyuk xalqmiz.

Asolat AHMADQULOVA tayyorladi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan