Bu olamda şarq gavharidek orolanib, jahon sahnida porlab turgan Yangi Özbekistonning adolatli prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning xalq dardi, mamlakatimiz taraqqiyoti, har bir oilaning farovonligi uçun qilayotgan ezgu işlari ulkan eʼtirofga loyiq.
Bugun butun dunyoga öz aqlu zakovati, öziga xos diplomatiyasi, bağrikengligi va umumbaşariy qadriyatlarni himoya qilişdek oliy fazilatlari bilan tanilib borayotgan muhtaram Yurtboşimizning xalqparvar taşabbuslari natijasi ölaroq, “Prezident hojisi” nomiga muyassar bölgan 100 nafar hojining kaftlaridan duolar nur bölib taralmoqda.
Oramizda umr böyi xizmat qilgan, yillar davomida mablağ töplab, şu kunlarga yetolmagan hojilarning çehrasidagi quvonçni körib, töğrisi, yuraklar junbuşga kelmoqda. Men ham şular qatorida ekanimdan nihoyatda şodman.
“Prezident hojilari” uçun yaratilgan şaroitlardan ğoyat minnatdormiz. Jannatiy dasturxonlar atrofida aytilgan duolar nur bölib, ijobatga aylansin, ilohim. Yurtimiz tinç, xalqimiz hamişa farovon, Yurtboşimiz soğ-omon bölsinlar!
Ibodatu ziyoratlarimiz davomida istaklari armonlarga aylanib ötib ketgan ajdodlarimiz uçun ham Qurʼon tilovat qilindi. Bu farahbaxş kunlarga şukronalar bölsin.
Prezidentimizning nafaqat biz, keksalar, balki Yangi Özbekistonning yoşlarini ham öz farzandlaridek bağriga bosib, bolam deya, erkalaşlari, ular uçun keng imkoniyatlar eşigini lang oçib qöyganlarining özi ham yoş yigit-qizlar uçun aytib ado qilib bölmaydigan baxt emasmi?!
Mamlakatimizda “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturi asosida amalga oşirilayotgan islohotlar natijasida oilalar kambağallikdan çiqib, farovon va xotirjam xonadonlarga aylanib bormoqda.
Yangi Özbekistonning yanada gullab-yaşnaşi uçun bunyod etilayotgan osmonöpar binolar, kaftdek ravon yöllar, qay bir sohani nazarda tutmaylik, öziga xos yutuq va samaralarni sanab, ado qilib bölmasligi bor gap.
Qadrli Yurtboşim! Işonç bilan aytamizki, “Prezident hojisi” degan nomga muşarraf bölganlar doimo Sizning atrofingizda jam bölib, Vatan tinçligi va osoyiştaligi, xalq farovonligi, yoş avlod kamolini taʼminlaşda kamarbasta bölamiz. Zero, mehr-muruvvatning javobi — sadoqat va fidoyilikdir. Ilohim, jannatmonand ölkamizga aslo köz tegmasin! Hamişa yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo bölsin!
“Prezident hojilari” nomidan Sizga yana bir bor taşakkur!
Ozoda Murodova,
faxriy jurnalist.