Otaxon kasbi tarixçi bölgani uçungina emas, kitobni yaxşi körgani, davr voqealariga munosabat bildirişga  qiziqqani uçun ham şunday hurmatga sazovor bölgan. Otaning Azimjon Xudoyqulov va Alişer Toşqulovlar bilan hammualliflikda naşr qilingan  “Yozyovon” nomli kitobi yoki “Markaziy Farğona” gazetasida çop etilgan Sohibqiron Amir Temur haqidagi maqolalari fikrimizning yorqin isboti desak, xato bölmaydi.

Ahmadjon otaning 300 tupdan köproq köçatdan iborat limonariysi borligi esa alohida mavzu. 57 yillik  rözğor hamdardi Mastura ona bilan keçgan hayoti ham gözal voqelarga boy yana bir mavzu böla oladi.

— Yozyovonimizda  endigina uruş tugab, el qaxatçilikdan çiqiş yölini izlab turgan paytda mahallamizdagi Sora kelinoyining qaynota-qaynonasi va turmuş örtoği ham  sovuq yurtlarga qatağon davr siyosati tufayli  surgun qilinib, yolğiz qoladi, — deya hikoya qiladilar otaxon. — Undan köpinça onam xabar olib turardi. Men ham  beş yoşli bolakay onamga ergaşib kirardim. Yaxşi eslayman,  Sora  opa meni yaxşi körib  erkalatar, haligaça farzandi yöqligidan öksinibmi, “Nasib bölsa, seni kuyov qilsam edi” deb köp aytardi. Keyinroq  u Yozyovondan ança olis  Marğilon şahriga turmuşga çiqibdi. Şu böyi uni körmay  ketdik, ammo u Marğilonda bir öğil, bir  qizli bölgani, baxtini topgani haqida eşitgandik… Taqdirni qarangki, uning “Sani kuyov  qilsam edi” degan orzusini eslagan  onam, men Farğona pedagogika institutini tugatib, tarix muallimi bölib  qaytgan yilim Marğilonga borib, Sora onani topadi va “Orzungizga yeting, deb sovçilikka keldim”, deydi. Xullas, oradan yigirma yil ötib, mahalladoşlik riştalari  boğlanib, men suluv Masturaxonimga uylanganman…

Qöşa qariş saodatiga yetiş uçun oilada erkak masʼuliyati ustuvorlik kasb etsa-da, köp jihatdan barqarorlik ayolning oqilaligiga, sabri- bardoşiga, fidoyiligiga boğliq böladi. Bu xususda Mastura ona bilan ham gaplaşdik:

— Töğri aytasiz, — deydilar aya. — Sözingizga qöşimça ravişda aytiş mumkinki, oilada milliy qadriyatlar, bir-birovga izzat-hurmat şakllansa, xonadon egalari, albatta, qöşa qariş saodatiga  erişadilar.

24 yoşli, oliy maʼlumotli muallim yigit bilan 17 yoşimda hayotimni boğladim. Oila, uy-rözğor yumuşlari… Bu   borada bilimim ham,  uquvim ham yöq edi öşanda. Hammasini rahmatli qaynonam — Tojixon onamdan örganganman. Supra yoyiş, un soliş, xamir qoriş, ovqat qiliş… Barça-barçasini örgatdilar. Oşxonasi sarişta bölmagan ayolning ovqatiga maza kirmasligi, uyi orasta bölmagan ayolning  eriga baraka kelmasligini ham qaynonajonimdan  örganganman. Bu qoidalarga hozirgaça amal qilaman.  Ikki kelinimga ham,  qizlarimga ham buni örgatib boraman.

— Turmuş örtoğingizning alohida fazilatlarini ayta olasizmi? — söraymiz suhbatdan zavq olib.

— Köp kitob öqiydilar. Loqaydlikni yoqtirmaydilar. Qolaversa, biror işga  kirişsalar, yakuniga yetkazmagunça qöymaydilar. Aniq esimda, 1977 yil edi. Betob bölib qoldilar.  Vujudida vahimami, tuşkunlikmi, röy berdi. Qon bosimlari kötarila boşladi. Şunda şifokorlar limon yeb yuriş, nimadir iş bilan çalğişini maslahat berişdi. Şu gapga binoan, tomorqamizga dastlab ön tup limon ekib, issiqxona qurdilar. Qiziqib ketib, betoblikni ham, qon bosimini ham unutdilar. Şundan buyon muallimlikka qöşimça limonçi ham bölib oldilar. Ikki öğlimiz, bir qizimiz ham bu işga astoydil kirişib ketişgan. Şu kunda salkam 30 sotixli joyda 300 tup daraxtni özida jamlagan limonariyimiz bor.  Keyinroq limon şarbati ham çiqara boşladik. Axir, bir yilda 15 tonna limon oliş hazilakam  işmi?! Özim ham issiqxonaga kirsam, yayrab ketaman. Ham huzur, ham daromad deymanu bolalarimning dadasiga rahmat aytgim kelaveradi.

— Sizni Mastura onamiz köp kitob öqiydi, dedilar. Şundaymi? — söraymiz atayin Ahmad otadan.

— Sizga aytsam, muallim odamning kam kitob öqişini keçirib bölmaydi. Qolaversa, biz, nuroniylarga körsatilayotgan işonç va hurmatga javoban uçraşuvlarda pand-nasihatimiz, bilimimiz bilan qatnaşsak, deyman. Axir, seni hurmatlab, katta yiğinda söz berişsayu dunyoqaraşing töpiğingdan oşmasa, xunuk-da… “Nuroniy ” jamğarmasi tuman bölimi raisi  Obidjon Isaqov juda yaxşi odam. Tumandagi 33 ta mahalladan  bittadan faol nuroniyni kengaş aʼzosi qilib olgan. Yiğilişga keç qolmanglar, deb bir bayramda hammamizga soat sovğa qildi. Buyam iş rivoji uçun taktika böldi, çoği. Öğli Şerzodbek katta bir sex egasi, tadbirkor. Nuroniylar katta yiğinlarga birga borasizlar deb, hammamizga bir xil  oq yaktak   hadya qildi. Baraka topsin, keksalarning duosida gap köpligini biladi bu işbilarmon bola.

— Şu kunlarda qanday kitob öqiyapsiz?

— Xabaringiz bor, Yurtboşimiz Sohibqiron Amir Temur faoliyatini yanada keng tarğib qiliş taşabbusini ilgari surmoqdalar. Uçraşuvlarda şu haqda sözlaş uçun adibimiz Pirimqul Qodirovning “Amir Temur siymosi” kitobini öqidim. Endi esa Hakim Sattoriyning “Hazrati Sohibqiron” asarini öqiyapman.

Yozyovonlik Ahmadjon ota Ismoilov va Mastura onaxonlar bilan gaplaşib, agar inson milliy qadriyatlarimizni hurmat qilsa, mehnatkaşlikdan erinmasa, samarasidan zavqlansa, kitob öqib bilimdonlikka erişaversa, oilada janjalu nizoga vaqt bölmasligi tabiiyligini yanada yaqqol his etdik. Bu ikki nuroniyning ikki öğil, uç qizi, 15 nabirasi, yana qança evaralaridan iborat katta bir barakotli oilaga havas bilan boqarkanmiz, yurtimizda ana şunday fayzli oilalar köpayaversin, deya tilak bildirdik.

Zamira RÖZIYEVA,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan