Insonning yaşab ötgan umri — şunçaki yillar sanoği emas. U mehr, sabr, sadoqat va turli sinovlar bilan bezalgan hayot yölidir. Şunday oilalar böladiki, ularning umr yöli nafaqat farzandlari, balki butun bir avlodga ibrat böladi. Çunki bunday xonadonlarda faqat birga yaşaş emas, balki qöşa qariş, birga quvoniş, qiyinçiliklarni yelkama-yelka yengib ötiş anʼanasi barqarordir.
Qöşa qariş — bu oddiy hol emas. Bu yillar davomida bir-biriga bölgan hurmatni saqlay biliş, işonçni yöqotmaslik, oğir kunlarda bir-biriga tayanç böliş, quvonçli lahzalarni hamjihatlikda qarşi olişdir. Zero, bunday baxt va saodat har kimga ham nasib etavermaydi.
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi “Mirzo Uluğbek” MFYda
50 yildan buyon ahil va inoq umr keçirib kelayotgan Şerqöziyevlar xonadonini fikrimizga yaqqol misol qilişimiz mumkin.
Fayzli va barakali umr sohiblari hisoblanmiş Abdurahmon ota hamda Zulayho ona 1976 yilda turmuş qurib, bugungi kunga qadar 50 yil davomida ahil-inoq hayot keçirib kelmoqdalar.
Ular nafaqat mustahkam oila qurdilar, balki munosib farzandlar tarbiyalab, jamiyatga kerakli insonlar etib voyaga yetkazdilar. Oilada 6 nafar farzand — 4 öğil va 2 qiz kamol topdi. Farzandlariga ilm-maʼrifat, halol mehnat, vatanparvarlik va insonparvarlik tuyğularini singdirib, tarbiya berdilar. Bugungi kunda farzandlari turli sohalarda samarali mehnat qilib kelmoqdalar.
Baxtli nuroniylarning 15 nafar nevarasi ham bilimli, odobli va mehnatsevar insonlar bölib ulğaymoqdalar. Ular xuddi bobo-buvilari kabi el içida ardoqli inson bölib, el-yurtga sadoqat bilan xizmat qilişni öz hayot şiorlariga aylantirganlar.
Oybek Esirgapov,
“Nuroniy” jamğarmasi
Sirdaryo viloyati bölimi mutaxassisi.