Andijon viloyati Xöjaobod tumanining fayzli xonadonlaridan biri. xonadonning piru badavlatlari 98 yoşli Abduvali bobo va 88 yoşli munavvar aya gurunglaşib ötirişibdi…
— Römolçaga tugib saqlaydigan pensiya pulingdan ança bor-a?! Yo biror kam-köstingga işlatdingmi? — deydi Abduvali bobo.
— Nima kamim bölardi-ya, otasi. Yetti farzandimizning bari kamu köstimizni töldirib turişsa. Hayit bayramida sovğaga kelgan kiyim- keçagu maxsi-kovuşlarimni kiyib ulgurolmayapman.
— Yaxşi. Mening pensiya pullarim ham yiğilib turibdi. Şu pullarimizni jamlab, köçamizdagi ariq atrofini betonlaşni boşlab bersak, nima deysan? Axir, suv nami uyimizga qarab uradi. Bundan taşqari, ariqdagi suv tuproqqa singmay töla oqsa, tomorqalar ham oson suğoriladi. Suv isrof bölmaydi.
Xullas, Abduvali ota va Munavvar onaning maslahati farzandlarga ham, qöni-qöşnilarga ham maʼqul keldi. Yoşi uluğlar boş mablaği va oq fotihasini berib, işni boşlaşdi. Abduvali boboning uç öğli — Adhamjon, Hasanboy va Uluğbekjonlarga uyidan ketmon, belkurak kötarib çiqqan qöni-qöşnilar ham qöşilib, iş çinakam haşarga aylandi.
— Bu qişloq, bu mahallaning begonasi yöq, — deydi bobo. — Men öttizinçi yillardagi kolxozlaştiriş davrida tuğilganman. Ikkinçi jahon uruşi davrida ham bizning odamlar bir-birlarini qöllab-quvvatlagan. Otam uruşga ketgan edi. Undan qora xat keldi. Laʼnati uruş meni yetim, onamni beva qildi. Front ortida ham hayot yengil emas edi. Ölmay yaşaş uçun nimalar qilmadik. Qişloğimiz atrofidagi toğ yon bağirlaridan teng-töşlarim bilan ötin terib kelib, ança olis şaharga piyoda olib borib sotardik. Har holda atala, qöğirmoçga yarardi topganimiz. Keyin kolxoz çorvasida işladim. Yilning mehnatsiz fasli yöq edi bizda. Qaxatçiligu qiyinçliklarning barini mehnat bilan yengganmiz.
— Munavvar ona-çi?
— Munavvar onangiz amakimning qizi edi. Ming şukr, amakim uruşdan qaytib kelib, kolxozning qöy-molini boqadigan çöpon böldi. Munavvarxon bolaligini toğu yaylovda ötkazib, maktabga ham borolmagan. Ön beş yoşigaça otasining yordamçisi bölgan. Otamdan keyin oilani boşqariş mening zimmamda bölgani uçun uylaniş vaqtim ham keçikkan. Munavvar onangiz bilan oila qurdik. Şundan buyon birgamiz.
— Kelinlik davringizda qiynalmaganmisiz? — söraymiz onaxondan.
— Qaynonam rahmatli yaxşi inson edilar. Men kelin emas, öyin bolasi bölib yuraverganman. El qatori ipak qurti boqardik. Ğöza çopiqmi, yaganami, paxta terişmi, keç kuzakda kösak çuvişmi, barida qatnaşardim. Onam ham, qaynonam ham öta mehnatkaş bölgani uçunmi, bizda ham şu xislat bor edi. Önta farzand kördim, şundan yettovlon ulğayib, elga qöşildi. Uç nafarini tuproqqa qöyib, yomon kuyganman. Önta bölsa, örni boşqa deyişadi-ku.
— Bugun nuroniy yoşimizda eldan, davlatimiz va hukumatimizdan izzat-hurmat köryapmiz, — deydi Abduvali bobo. — Bayramlarda yöqlaşadi, uçraşuvlarga çaqirib, xotiralarimizni söraşadi. “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi masʼullari sayohatlarga olib borişadi. Sihatgohlarga yöllanma berişadi. Şunga yaraşa biz ham kuç-quvvatimiz yetganiça, aqlu tajribamizga suyanib, elga kömak beray deymiz-da. Qişloğimiz odamlari juda ahil. Har yili ekin-tikin oldidan “Darveş oşi” degan tadbirimiz bor. Halpana qilib, masalliq töplanadi. Doşqozonda oş damlanib, birgalikda baham köramiz. Bizga hamroh qirğiz qöşnilarimiz ham öz milliy taomlaridan pişirib, davraga kelişadi. Yeb-içib, çaqçaqlaşib, köklam ekinlari uçun barakot tilab, biz, keksalar duo beramiz, yoşlar dalalarda, boğlarda iş boşlaydilar. Uruğ qadaladi, köçatlar ekiladi. Maşoyixlar yaxşilikdan yaxşi xirmon paydo böladi, deb bejiz aytmaganlar, axir.
Qişloqda Abduvali bobo Mamatxalilov, u kişining döstlari Mallavoy ota Isoqov, Toşboy ota Turdiyev kabi nuroniy oşnalari bilan davralar hamişa fayzli. Xöjaobodda “Qorabuloq” mahallasi kabi yana 39 ta fayzli mahalla bor. “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Zokirjon Mamadaliyev Abduvosit Xolmatov, Ahmadullo Roziqov, Ğanijon Hasanov kabi kengaşning faol aʼzolari bilan aniq dasturlar asosida iş olib borişadi. Tuman keksa faxriylari uçun “Nuroniylar boği”, obod guzarlar va çoyxonalar taşkil qilingan. Öz navbatida, faol nuroniylar ham “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturi doirasida maxsus reyestrga tuşgan noçor oilalarni otaliqqa olib, ularga kömak berib kelişmoqda.
Zokirjon Mamadaliyev mahallalarda istiqomat qiluvçi ön ming nafardan ortiq faxriy-nuroniyning qadrdoni bölib qolgan. Ular bilan maslahatlaşib, tadbirlar ötkazadi. “Qöşa qariş saodati” yiğinlarini uyuştiradi. Sayohatlarga olib çiqadi. Abduvali bobo ham ötgan yili qöşni Farğona viloyati şaharlariga qilingan sayohatga döstlari bilan birga bordi. Bir dunyo taassurotlarini esa farzandu nabiralar, mahalla yoşlari bilan bölişdi.
Otaxon “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlariga borganda, “Biz olimu allomasi, fozilu fuzalosi köp xalqning avlodlarimiz. Bugun osmonimiz musaffo, yurtimiz tinç. Bu tinçlik, farovon davr şukronasi uçun ham yoşlarimizning bilimli, tarbiyali bölişlari şart. Şunga harakat qilmasak bölmaydi”, — deya bot-bot takrorlaydi.
Otaxonning tört qizi, uç öğli ham ota nasihati bilan ilmli, hunarli bölib yetişdilar. Ikki nafari hamşira, biri muallim, yana biri zootexnik, ikki nafari esa qöli yengil şifokor.
Abduvali bobo va Munavvarxon ona endi 28 nevara, 47 çevaraga ham kasb-hunarli böliş, halol mehnat qiliş, elga asqotadigan inson bölib ulğayiş lozimligini uqtirib, odamiylik saboqlarini berib kelmoqdalar.
72 yildan buyon bir-birini tuşunib, izzat-hurmat bilan qöşa qariş saodatiga erişgan bu ikki piru badavlat bobo va buvi zurriyodlarining ham özlaridek oqil insonlar bölişiga şak-şubha yöq, albatta. Axir, elimizning “Olma daraxtidan olma tökiladi” degan naqli bejiz emas.
Zamira RÖZIYEVA,
“Nuroniy” muxbiri.