“Boy ota” degan atamaga köp duç kelganmiz, ammo Sirdaryoning Sayhunobod tumanidagi “Sintop” mahallasida bir “Boy ona” bor ekanlar.
— Olti qizning kattasi, singilga boy edim. Ikki ukam ham bor edi, — deydilar Izzatoy ona. — Olti öğilli, olti qizli oilaga tönğiç kelin bölib tuşdimu olti ovsinning kattasi, olti qaynisingilning kelinoyisi bölib yana boyidim. Öşa 18 yoşimdayoq özimning “boy ona” bölganimni sezganman. Mana, oltmiş yildirki, “boy ona”man.
— 18 yoşdan bu sizga oson bölmagandir?! — sörayman onaxondan.
— Rost gap, ança qiynalganman. U paytlar hozirgiday şaroit qayda?! Axir, dasturxonimizga 15-16 kosa ovqat keladi. Tongda turib non yopsak, bir tandir non bir kunga yetadi. Kir yuviş maşinasi bormidi unda, qozonni öçoqqa osib, suv isitardigu qölda kir yuvardik. Ammo qaynonam Saragul ona sabr bilan hamma narsani örgatganlar. Qayinsingillarim kiçik yordamçilarim bölgan. Muhimi, oilamizda baxt bor edi.
Oiladagi öşa baxt Izzatoy ona va Soyibnazar otani oradan 60 yil ötsa-da, hamon taşlab ketmagan. Bu orada qöşni Tojikistonning Xöjand şahridagi musiqa maktabi özbek çolğu sozlari bölimini tamomlab, Nov tuman teatrida biroz işlab qaytgan Soyibnazar Sayhunobod tumanidagi “Malik” sovxozi musiqa maktabida özbek çolğulari bölimini taşkil qildi. Özi yaxşi körgan sanʼat yölini umrbodlikka tanladi.
— Ilk qöşiğimni onam örgatganlar. Öşanda bor-yöği ikkinçi sinfda öqiyotgan bola ekanman, — deya eslaydi otaxon. — Sanʼat mehri tomiringda aylanadi, deganlari rost ekan. Ğijjak çalganimda dunyoni unutardim. Rohat qilardim. Ansambl tuzgim keldi, ammo öşa davrlarda bu sohaga elda unçayam xayrihohlik bölmagani bois, özimning uç singlim — Fotima, Zuhra, Zulayho, ikki ukam — Abdunazar va Komiljonlar bilan iş boşladim. Viloyat yo tuman emas, bor-yöği kolxozda taşkil qilingan “Sadbarg” ansamblimiz heç qança ötmay, ança maşxur bölib ketdi. Yoş havaskorlar dastasi sifatida respublikamizning aksariyat viloyatlarida, tuman va şaharlarda konsertlar berdik. Bolgariya va Çexoslovakiyadan laureatlik diplomlarini olib keldim.
Soyibnazar Sohibov taşkil qilgan “Sadbarg”ning isteʼdodli yoşlari köpayib, 1977 yilda Nazira Mamadaliyeva degan qiz “Kuylang, yoş xonandalar” respublika tanlovi ğolibi ham böldi. Keyinroq Soyibnazar Sohibov öz taşkilotçiligi bilan dramatik asarlarni ham sahnaga olib çiqa boşadi. “Zaharli hayot” spektakli namoyişi uçun “Özbek xalq teatri” degan şarafli nomga ega böldi.
Oilada esa “boy ona” — Izzatoyxonim ularni qöllab-quvvatlab turdi. Soyibnazar otaning aytişiça, Izzatoy ona uning “yuragini tuşungan ayol” böla oldi. Uç qizi, ikki öğlining tarbiyasida hamişa otasini ibrat qilib körsatdi. Uç qiziga uy yumuşlarini qanday bajariş, pazandalik, tikuvçilikdan boxabar böliş, ikki öğliga esa ilm va hunarli bölişni uqtirdi. “Siz yaxşi farzand bölmasangiz, otangizning obrösiga putur yetadi”, degan gapni köp aytardi. Otaning işdan kelişi uyda bayramdek kutib olinardi. Bugun bu oilaning beş farzandi, kuyov-kelinlari, nevara- evaralari “Yurtning yaxşi farzandlari” degan nomga sazovor bölib ulgurgan.
Soyibnazar Sohibov nafaqaga çiqqandan beri ham uyda ötirgani yöq. Uç yil mahalla raisi böldi, yaxşi taşkilotçi sifatida mahalla ahli ikki saylovda ham özini sayladi. Şu kunda esa mahallaning eng faol nuroniylar maslaxatçilaridan biriga aylangan. Yoş oilalarni ahillikka çorlab, ularning muammolarini hal etişda tajribali kömakçi bölib turibdi. Baxt topiş va boy yaşaşning sirlari totuvlikda, sabru qanoatda, halol mehnatda, deb köp aytadi otaxon. Yoşlarga bugungi farovon kunlar qadriga yetiş oilalarni asrab qolişdan boşlanadi deb uqtiradi.
— Izzatoy onangizdan bir umr rozi bölib yaşayapman, — deydi Soyibnazar ota. — 6 nafar singlim, uç nafar qizimning öz oilasida baxt topişi şu “boy ona”ning oqilaligi şarofatidan. Olti singlim hozirgaça kelinoyisidan minnatdor böladi. Beş ukamning ayollari — “boy ona”ning ovsinlari ham uning izidan ketişdi. Qisqasi, bizda hamma baxtli, Xudoga şukr! Bu baxt osmondan tuşgani yöq, albatta. Uni, avvalo, Yaratganning marhamati bilan öz mehr-muhabbatimiz, aql-idrokimiz evaziga bunyod etdik.
Şu kunda Soyibnazar ota va Izzatoy onalar ikki öğli, ikki kelini, ularga qöşimça yana ikki nabira, ikki nabira kelin parvarişi ila birga yaşaşadi. Özlarining aytişiça, 77 yoşga yetgan bu ikki qöşa qarigan nuroniy, rohat-faroğatda yaşaşmoqda. Erta tongdan hovlilariga suv sepilib, supurilgaç, körpaçalar solinib dasturxon yoziladi, tomorqadagi meva-çeva uzilib, dasturxonga qöyiladi. Kelinçaklar şirin taomlar bilan nonuşta tayyorlaydi va uyning uluğlariga salom berişadi. Bunday manzaradan rohatlangan “Boy ota va boy ona” özlarini qöşa qariş saodatiga yetgan çinakam baxtlilardan sanaydilar.
Yaqinda bu fayzli hovlida “Nuroniy” jamğarmasi Sayhunobod tumani bölimi rahbari Baxtiyorjon Mamatqulov, “Sintop” MFY raisi Aʼzam Jörayev, faol nuroniylar — Rustam Rahimov, Dodaxon Azizovlar taşabbusi bilan katta tadbir bölib ötdi. Mehmon degani yoğilib ketdi. Axir, qarindoşlarning özi ikki yuz nafardan köp bölsa, yana unga döstu yoronlar, yoşlar, qöşilsa, telejurnalistlar, muxbirlar ham kelişsa, şunday böladi-da.
Tadbirda yoşi uluğlarga özgaça ehtirom körsatildi.
Otaxonni 1-darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi bölgani bilan tabrikladilar. Ikki nuroniyni törga ötqazib gullar, sovğalar berdilar. Sayhunobodlik uşbu piri badavlatlarning yuz-közlariga boqar ekanmiz, ularda baxtu saodat, şukronalik va mamnuniyatning yorqin aksini köramiz. Ilohim, barçaga mana şunday baxt nasib etsin!
Zamira RÖZIYEVA,
“Nuroniy” muxbiri.