Mamlakatimizda oila institutlarini mustahkamlaş, ajrim va işsizlik muammolarini töğri yondaşuv asosida hal qiliş, aholining turmuş şaroitlarini yaxşilab, pirovardida jamiyat taraqqiyotiga erişiş maqsadida strategik vazifalar belgilab olingan. Ijtimoiy himoyani kuçaytiriş orqali oilalarni qöllab-quvvatlaş, jamoatçilik orasida soğlom va baxtli oila modellarini tarğib etiş, oilaviy nizo va janjallarni şaxsiy masala sifatida xaspöşlamasdan, jamoatçilik nazoratini muayyan darajada örnatiş (ayniqsa, muammoli oilalarda) samarali natija bermoqda.
Samarqand viloyatining Samarqand tumanida taşkil etilgan “Yangi Özbekistonning ibratli oilasi” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda ham ayni masalalar — oilalarni mustahkamlaş, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylaş, yoş oilalarga ğamxörliklar körsatiş, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini kuçaytiriş masalasi muhokamalar markazida böldi.
Tadbirda mazkur tumanning “Kösaxo” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan oilalar vakillari, mahalla imomlari va otinoyilari, özaro kelişmovçilik tufayli ajrim yoqasiga kelib qolgan juftlik hamda yoşlar qatnaşib, eng avval, uzoq yillar davomida tinç-totuv, baxtli turmuş keçirib kelayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarning mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. 60 yildan köproq vaqt davomida ahil yaşab, barçaga namuna bölib kelayotgan tumandagi ibratli oilalar sohib va sohibalari töplanganlarga öz umr yöli, hayot maşaqqatlari, uning totli va baxtli onlari haqida atrofliça gapirib berişdi. Ular turmuşida kuzatilgan yaxşi-yomon kunlarni doimo hamjihatlikda, sabru bardoş bilan yengib ötgani sabab, şunday baxtli kunlarga yetib kelganlarini taʼkidlaşdi.
Tadbir davomida mahalladagi ajrim yoqasida turgan yoş oila vakillarining ham fikrlari eşitilib, kelişmovçilikka sabab bölayotgan omillar örganildi hamda tahlil qilindi. Köpni körgan otaxon va onaxonlarning, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi hamda “Nuroniy” jamğarmasi Samarqand tumani bölimi faollarining zarur maslahatlari, bergan nasihatlari asosida er-xotin murosaga keltirilib, yaraştirildi.
Yakunda mustahkam oilani bunyod etiş yöllari, baxtga eltuvçi omillar haqida qimmatli maslahat va nasihatlar berib, tadbirni mazmunan boyitgan ibratli oilalar sohibu sohibalariga alohida minnatdorlik bildirildi. Ularning har biri taşkilotçilarning “Taşakkurnoma”lari hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Bahodir QILIÇEV,
Samarqand viloyati.