— deydi Olmaliqlik faol nuroniy Abdumajid ota Şodiyev

Hududlarda qizğin surʼatlarda davom etayotgan “Yaşil makon” loyihasi bugun umumxalq taşabbusiga aylangan. Bu bejiz emas. Çunki ölkamiz tabiatida yaşil makonlar qançalik kengaysa, atrof-muhit şunçalik toza hamda musaffo böladi.  

Ayni amaliy saʼy-harakatlarda yurtimiz nuroniylari ham faol iştirok etmoqdalar. Ular kelajak vorislarini öz ortlaridan ergaştirib, ezgu anʼanani munosib davom ettirmoqdalar.

Toşkent viloyatining Olmaliq şahrida istiqomat qilayotgan  “El-yurt hurmati” ordeni hamda 2-darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi Abdumajid ota Şodiyev ana şunday faol nuroniylarimizdan biri. Otaxon uzoq yillar içki işlar tizimlarida xizmat qilib, nafaqaga çiqqan. Mahallada faxriy nuroniy sifatida köp yillardan beri jamoatçilik asosida faoliyat olib boradilar. Öz hududlarida kam taʼminlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni örganib, davlat tomonidan ajratilgan nafaqa va yordamlarning öz egalariga yetib borişini taʼminlaşga munosib hissa qöşmoqdalar.

Abdumajid ota aholini öz tomorqasidan unumli foydalanişga doimo daʼvat etib, yoş köçatlar orasiga rözğor uçun kerak böladigan sabzavot ekinlarini ekiş, bir qariç ham böş joy qoldirmasdan yerdan töğri foydalanişni tarğib qilib keladilar. 78 yoşni qarşilagan bölsalar ham  qöllaridan ketmon tuşmaydi. Otaxonning tomorqasida tartib bilan ekilgan daraxtlar, uzum toklari, anor, anjir kabi mevali daraxtlar parvarişi töliq öz zimmasida. Bundan taşqari, erta ekilgan sabzavotlar — kartoşka, sabzi hosili boşqalarnikidan köra tezroq yetiliş arafasida. Pomidor köçatlari, bulğor qalampirlari gulga kirgan. Kuzda yerga suqib qöyilgan sarimsoqpiyoz, boş piyozlar isteʼmol qilişga yaraydigan holga kelgan. Bodring, handalak palaklari puştalarga çözilgan. Gul, rayhon köçatlari böy çözib qolgan. Xullas, hovli deganlari firdavsmonand köriniş kasb etgan.

— Prezidentimiz taşabbuslari bilan Orol dengizining qurigan tubida   yaşil qoplamalarni barpo etiş uçun issiq iqlim va suvsizlikka çidamli saksovulga öxşaş buta köçatlari ekilmoqda, — deya gap boşlaydilar otaxon “Yaşil makon” loyihasiga töxtalar ekanlar. —  Daştu sahroda mana şunday möʼjizalar yaratilayotgan bir vaqtda biz nega öz tomorqamizni gullatib-yaşnatib qöya olmaymiz?! Nega mamlakatimiz böylab qanot yozgan “Yaşil makon” loyihasida qatnaşib, öz hududlarimizga daraxtlar ekmaymiz?! Şu kabi savollarni özimga takror-takror berişni yaxşi köraman. Bu savolning javobi ölaroq, tomorqamga va hokimlik tarafidan ajratib berilgan yigirma sotix maydonga saralangan mevali köçatlar ekib, boğ yaratdim. Mana, hovlimda jami yuz tupdan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekkanman. Darvozadan kiraverişda ekilgan yapon sakurasi juda çiroyli gullab, erta bahordan kişining dilini yayratadi. Işkomlardagi oltmiş tup tokni ataylab Samarqandning Qöşrabotidan olib kelganman. Mevasi yirik-yirik, mayizi bozorning oldi böladigan uzum navidan. 10 tup bodom har yili şiğil meva beradi. 10 tup boboyonğoqning hosili oilamiz, qarindoş-uruğlar isteʼmolidan ortib, bozorga ham çiqadi. 20 tup olma daraxtining mevasi ğöraligidan boşlab, pişgunça nevaralarimga ermak böladi. Daraxt ekişda, albatta, kam suv içadigan, suvsizlikka çidamli turlarini tanlaşga harakat qilaman. Çunki bizning hududda oqar suv muammo. Ekilgan köçatlarni ham özini tutib olgunça suv taşib suğoraman, plastik idişlar yordamida tomçilatib suğoriş orqali asrab qolaman. Boğ qilaman degan odam, albatta, imkon topadi. Şunça mehnat, şunça harakatni kim uçun qilyapman, şunça daraxt mevasini bir özim yeymanmi?! Albatta, buni bolalarim, nevaralarim, kelajak avlodlar uçun qilyapman. Daraxtlar köpaysa, yurtimiz yam-yaşil makonga aylansa, havo toza, kislorodga boy böladi. Yozning jaziramasida salqinlik beradi. Mevasidan beminnat yegan avlodlarning iligi töq böladi, vitamin taqçilligi bölmaydi. Buni yaxşi anglagan har bir vatandoşimiz “Yaşil makon” loyihasida faol bölib, jonbozlik körsatişi lozim, deb öylayman. Çunki bu harakatlarimizdan maqsad, kelajak avlodlarga osmoni musaffo, toza havoli, boğ-roğlarga burkangan Vatan qoldiriş.

Abdumajid ota Şodiyevning gaplaridan xulosa qilgan holda, aytiş kerakki, barçamiz — kasbimiz va yoşimizdan qatʼi nazar, yurtimiz obodligi, xalqimiz farovonligi yölida özaro hamfikr va hamqadam bölib, közlangan marralar sari borar ekanmiz, Yangi Özbekistonimizning gullab-yaşnaşi muqarrardir.

Asolat AHMADQULOVA tayyorladi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan