“Soğlom avlod uçun” ordeni sohibi, jizzaxlik Isomiddin ota Normurodov uzoq yillar taʼlim sohasida mehnat qilgan.

— Ingliz tili fani muallimi sifatida qariyb 40 yilga yaqin öquvçilarga saboq berdim, — deydi Isomiddin ota Normurodov. — Maktab mening ikkinçi uyimdek edi. Işlab yurgan odam nafaqaga çiqqaç, uyda ötirolmas ekan. Özimiz yaşayotgan “Rovot” MFYga raislik qildim. Keyinçalik mahalla qoşidagi “Keksalar maslahati” guruhiga rahbar bölib, hozirda faoliyatimni davom ettirib kelmoqdaman.

— Sizni 80 yoşda ham “Nuroniy” jamğarmasi Zarbdor tumani bölimining  faollaridan deb aytişadi.

— 80 yoşga kirganim rost, ammo qarilikni tan olişim qiyin bölyapti, —  deydi otaxon kulib. — Tuman nuroniylari rahbari  Abdullajon Azimov juda işçan, taşabbuskor odam. Öziyam tinçimaydi, bizni ham tinçitmaydi. Tumanimizdagi “Nuroniylar maskani”  viloyatdagi eng zör maskanlardan biri, deb öylayman. Yonida qad rostlagan “Otalar çoyxonasi” ham biz kabi faxriylar bilan doimo gavjum. Bu yerda tengdoş, oşna-oğayni va nuroniylar özaro jam bölib, dildan gurunglaşamiz, rejalar xususida kelişib olamiz.

— Sizni Hayitgul momo bilan 52 yillik qöşa qariganlardan deyişdi.

— Şunaqa. Hayitgul momongiz bilan tört farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazdik. Turmuşning oğir-yengil, yöqlik, bemorlik  kunlarini birgalaşib yengdik. Şukr, ikki öğil, ikki qizimiz, ikki kelin, ikki kuyovimiz bilan sakkiz nafar bölişdi.  Nevaralar ham 12 nafarga yetdi-yov, 3 nafar çevaramiz bor.

— Turmuşda kelişmovçilik, araz-araz kunlar ham böladi. Bu borada nima deysiz?

— Bari bekorçilikdan, besabrlikdan paydo böladi. Men işdan, izlanişdan ortmasam. Hayitgul bolalarni oq yuvib, oq tarab, tarbiyalaşdan huzur topadigan ayol. Özi biror oliy öquv yurtida öqimagan bölsa-da,  köp kitob öqiydi. Hozirgaça şunday. Ovsinining kutubxonada işlaydigan  Nilufar kelini bor. Şu kelin bilan “dugona” bölib olgan. U kitob öqiydi, Nilufar kelin esa unga kitob taşiydi.  Işonavering, har hafta  yangi kitob turadi qölida.

Hayitgul momoning bu feʼli menga juda yoqib tuşdi. Onaxonning  şu kunlarda qaysi kitoblarni öqiyotgani bilan qiziqdim. Aytişiça, kutubxonaga kelgan barça yangi kitoblarni töxtatmay öqirkan, Çingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun”, Asad Mustafoyevning “Men izlagan odamlar”,  Habib Temurning “Quyoş botayotgan payt”, Vikas Svarupning “Xarobadan çiqqan millioner” kitoblarini  öqibdi şu kunlarda.

Darhaqiqat, ayolning  köp  kitob öqişi millatning ziyoli bölişiga xizmat qiladi. Normurodovlar oilasidagi ahillik, yuksak tarbiyani ayni nuroniy juftlikning kitobga hamdamligidan, deb bildim.

Hayitgul onadan baxt haqida söraganimda, “Özim bor-yöği törtinçi sinfni tamomlaganman, ammo taqdirim öqimişli, keng fikrli inson bilan boğlangani uçun ham  baxtliman”, — dedilar onaxon. Aytişlariça, farzandlari ham otasiga öxşab ilmni qadrlaydigan bölibdi. Tört bolasi ham tört hovlini otasidek ahillik, halollik, odamiylik, mehnatsevarlik bilan obod qilişyapti ekan.

Suhbatimiz qör olar ekan, “Soğlom avlod uçun” ordeni va I darajali “Mehnat faxriysi”  nişoni bilan taqdirlangan Isomiddin ota “Nuroniy” jamğarmasi Zarbdor tumani bölimi taşabbusi bilan Samarqanddagi Imom al-Buxoriy majmuasiga,  Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga uyuştirilgan sayohatlarga borgani, bu, öz navbatida, unga olam-olam quvonç bağişlaganini faxru iftixor bilan sözlab berdi.

Çindan ham, yurtimizdagi  keksa nuroniylar hamişa şukronalik bilan Prezidentimizning yuksak işonçlarini oqlaş yölida kamarbasta bölib turar ekanlar, mamlakatimizning ulkan taraqqiyot sari, xalqimizning esa farovonlikka erişuvi ayni haqiqatdir.

Zamira RÖZIYEVA,

“Nuroniy”  muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan